funksiyalarni tasniflash davlat faoliyatining sohalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Boshqaruv shakllari yoki davlat qurilishidan qat’i nazar, har bir davlat bir qator asosiy iqtisodiy, ijtimoiy, muhofaza va nazorat qilish vazifalarini hal etadi.
Bun- dan tashqari, hozirgi vaqtda atrof-muhitni muhofaza qilish barcha davlatlarning eng muhim vazifasidir. Davlat faoliyatining mazkur sohalariga muvofiq uning ichki funksiyalari iqtisodiy, ijtimoiy,
moliyaviy nazorat, huquqiy tarti- botni ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish funksiyalariga bo‘linadi.
Iqtisodiy funksiya davlat tomonidan mamlakat iqtisodiyotini eng
maqbul sharoitda rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqilishi va muvofiqlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sha- roitida amal qiluvchi huquqiy davlatda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ma’muriy usullar vositasida emas, asosan iqtisodiy uslublarda amalga oshiriladi. Bunday davlat uchun mulkdorning erkinlik va mustaqillik huquqi xos bo‘lib, bu
huquqlar ijtimoiy boyliklarni, (moddiy ne’matlarni) yaratuvchi- larning ham, ularni iste’mol qiluvchilarning ham bir xilda tengligi va mustaqil- ligini ta’minlaydi.
Davlat tomonidan tartibga solishning ikki asosiy iqtisodiy uslubi mavjud:
muayyan va birmuncha qattiq soliq siyosati, bunday siyosat davlatga o‘z oldida turgan ijtimoiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish, shuningdek jami- yat ishlab chiqaruvchi kuchlarini yanada mutanosib rivojlantirish maqsadida milliy daromadning muayyan qismini qayta taqsimlash imkonini beradi;
iqtisodiyotning butun jamiyat uchun eng ko‘p foyda ko‘riladigan ustu- vor tarmoqlarini rivojlantirish orqali xo‘jalik yuritish uchun eng ma’qul shart- sharoitlarni yaratish.
Mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasida soliq solishning sekin-asta bir modelidan ikkinchisiga o‘tildi. 2008-yilning 1-yan- varidan e’tiboran yangi, ancha liberallashtirilgan Soliq kodeksining amalga kiritilganligi fikrimizga dalildir.
Hozirgi zamon demokratik davlatining iqtisodiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga ega:
Moliyaviy nazoratning o‘ziga xos funksiyalari soliq va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu organlar moddiy boyliklarning davlat chegarasidan olib o‘tilishi ustidan nazorat qiladilar hamda bojxona yig‘imlari va bojlarini, shuningdek soliqlar va boshqa umumiy majburiy to‘lovlarni undira- dilar. Davlat chegarasidan bojxona idoralarining nazorati ostida o‘tkaziladigan tovarlar va mol-mulkdan undirilgan pul yig‘imlari davlat daromadiga o‘tkaziladi. Samarali moliyaviy nazorat davlatga muayyan mablag‘ to‘plash imkonini beradi. Bunday mablag‘ to‘plashdan ko‘zlangan maqsad ulardan yana jamiyat