Davlatning ijtimoiy funksiyasi shaxsning ijtimoiy himoyalangan- ligi, moddiy boyliklar yaratishda bevosita ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi- dan qat’i nazar, jamiyatning barcha a’zolari uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratiladi.
Huquqiy davlatda moddiy boyliklarni ta’minlash ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi erkin ekvivalent almashuvdan tashqari ham amalga oshiriladi. Davlatning ijtimoiy siyosati, birinchidan, turli obyektiv sabablarga ko‘ra to‘laqonli mehnat qila olmaydiganlar (bemorlar, nogironlar, keksalar, ta- labalar, bolalar) uchun munosib turmush tarzini ta’minlash maqsadida ijtimoiy boyliklarni yaratishga qo‘shilgan mehnat ulushidan qat’i nazar uni taqsim- lashni taqozo etadi. Ikkinchidan, davlat sog‘liqni saqlash, madaniy dam olish, maorif, ta’lim, uy-joy qurilishi, transport va aloqaning benuqson ishlashi uchun zarur mablag‘lar ajratadi. Aynan shu orqali davlat fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, dam olish, uy-joyli bo‘lish, ta’lim olish, madaniyat yutuqlaridan foy- dalanishga bo‘lgan huquqlari, ya’ni ijtimoiy huquqlarini lozim darajada ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi. Bunday huquqlardan davlatning barcha fuqarolari imkon qadar to‘liq hajmda foydalanishlari kerak.
Demokratik davlat iqtisodiy jihatdan nochor ahvolda qolgan barcha kishilarning aniq ijtimoiy himoya qilinishini kafolatlaydi va mamlakat butun aholisining ijtimoiy ehtiyojlariga ajratiladigan mablag‘larni muttasil ko‘paytirib boradi. Moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchilar erkinlik hamda iqtisodiy mustaqillikka ega bo‘lsalargina, davlat mamlakat aholisiga nisbatan adolatli ijtimoiy siyosat o‘tkazishga qodir bo‘ladi.
Huquqiy tartibotni muhofaza qilish (huquqni muhofaza qilish)
funksiyasi – davlatning ijtimoiy munosabatlar barcha ishtirokchilari davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarni aniq va to‘la bajarishini ta’minlashga qara- tilgan faoliyatidir.
Jamiyat va davlat hayoti adolatli qonunlar negiziga qurilgan huquqiy dav- latda shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari har qanday noqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilinadi. Davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyati markazida,
birinchi navbatda, shaxsning fuqaro sifatidagi, jamiyat a’zosi sifatidagi, erkin individ sifatidagi shaxsi, shuningdek davlatning o‘zi va unga qarashli turli tuzilmalar turadi. Shuning uchun shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatla- rini muhofaza qilish bilan bir paytda davlat o‘zi hamda butun jamiyat manfaat- larini muhofaza qiladi.
Huquqbuzarliklarga qarshi kurash – davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyatining muhim tomoni, ammo bu boradagi faoliyatning asosiy yo‘nalishi emas. Davlat zimmasiga jamiyat hayotida erkinlik va adolat negizida yaratil- gan huquqiy normalar talablariga to‘liq javob beradigan tartibni saqlab turish hamda ularni maxsus organlar (sud, prokuratura, ichki ishlar organlari va boshqa shu kabilar) yordamida ta’minlash yuklatilgan. Mamlakatda barqaror huquqiy-tartibotni saqlash – butun davlat, uning jami organlari tizimining vazifasidir. Davlat faoliyatining majburlov tomoni fuqarolar va davlat o‘rtasida uyg‘un, obyektiv yuzaga kelgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va axloqiy munosa- batlar tarkib topgan sari sekin-asta o‘z ahamiyatini yo‘qotib boradi. Majburlov ma’rifiy taraqqiy etgan jamiyatning huquqiy tartibiga o‘z o‘rnini bo‘shatib be- radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |