Demokratik siyosiy rejim. Demokratiya (yunoncha demokratia «demos –
xalq, kratos – hokimiyat» – «xalq hokimiyati») siyosiy rejimi barcha insonlarning tengligi va erkinligini tan olishga, aholini turli jamoat tashkilotlariga birlashti- rish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, dav- lat hokimiyatining taqsimlanishi va xalqning davlatni boshqarishda ishtirok etishiga asoslanganligida aks etadi. Demokratik davlat o‘z fuqarolarining huquq va erkinliklarini rasmiy ravishda konstitutsiya va qonunlarda e’lon qila- di, ayni paytda, ularning iqtisodiy zaminini ta’minlaydi hamda kafolatlaydi. Demokratik tartib ikki shaklda amalga oshiriladi: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |