Nazariy bilish (evristik) funksiyasi
|
Оntologik funksiyasi
|
Metodologik funksiyasi
|
Аmaliy tajriba funksiyasi
|
|
|
|
|
|
Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari
|
|
|
|
|
|
Mafkuraviy- tarbiyaviy funksiyasi
|
Siyosiy funksiyasi
|
Тashkilotchilik funksiyasi
|
Ilmiy bashorat qilish funksiyasi
|
II bob. DAVLAT VA HUQUQNING VUJUDGA KЕLISHI
1-§. Jamiyat tushunchasi, uning tuzilishi va davlat bilan aloqasi
Insoniyat o‘z ibtidosini anglashga uz- luksiz jiddiy qiziqish bildirib keladi. Oqil mutafakkirlar jamiyatning tub mohiyatini bilishga, insonning jamiyatdagi o‘rni va ro-
lini belgilashga, taraqqiyot mantig‘ini anglashga intilganlar. «Jamiyat» iborasi arabcha so‘z bo‘lib, jam bo‘lish, birlashish, umumiy (ijtimoiy) degan ma’nolarni ifodalaydi.
Yer yuzida odamlar paydo bo‘lib, ular jamiyat tarzida birlashgunlarigacha juda uzoq tarixiy davrlar o‘tgan. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yer sayyorasi bun- dan to‘rt milliard yetti yuz million yil muqaddam Quyosh prototizimida paydo bo‘lgan. Materiyaning qonuniyatli o‘zgarishi va rivojlanishi natijasida 3-3,5 mlrd. yillar muqaddam Yer yuzida hayot paydo bo‘lib, biosfera rivojlana boshlagan.Uzoq tarixiy-tadrijiy rivojlanish oqibatida bundan 2 mln. yilcha avval inson (homo habilis) paydo bo‘ldi; Dastlabki odam tipi – neoandertal odam edi. Bugungi kundan qariyb 250 ming yillar muqaddam odamzotning karamanyon (kromanon) – yovvoyi odam tipi kelib chiqdi va u hozirdan 35-40 ming avval yillargacha mavjud bo‘ldi. 40 ming yillarcha muqaddam hozirgi ko‘rinishdagi, fikrlovchi, ya’ni aql ato etilgan inson (homo sapiens) paydo bo‘lgan. Inson- lar birgalashib turmush kechiradigan, jamiyatni hosil qilgan vaziyat (muhit) tarixan ancha keyin yuzaga kelgan. Sayyoramizdagi dastlabki davlat tuzil- malari, ilk davlatlar (masalan, Misopotamiyada Shumerlar davlati 7-8 ming, Qadimgi Misrda – 5-6 ming, Qadimgi Xitoy va Hindistonda 4,5-5 ming yil- lar avval) 5-8 ming yil ilgari vujudga kelganligini dalillovchi arxeologiya ma’lumotlari mavjud.
Insonlarning onli hilqat ekanligi, mehnat qilishga qobilligi, ruhiy-fiziologik xususiyatlari va yuksak darajadagi uyushqoqligi tufayli jamiyatni hosil qiladi. Jamiyat insonlarning birlashuvi, ittifoqi, uyushmasi sifatida murakkab, serqirra ijtimoiy hodisadir. Jamiyat iborasi bir necha ma’nolarda qo‘llanadi: 1) kishilar- ning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsad hamda manfaatlari asosidagi birlashmalari, uyushmalari (mas., kitob sevarlar jamiyat, dehqon-so- hibkorlar jamiyati, bilim jamiyati, tabiat himoyachilari jamiyati, xususiy mulk- dorlar jamiyati va h.k.); 2) insoniyatning muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichi-
dagi yaxlit uyushmasi (ibtidoiy jamiyat, feodal jamiyat, inson va shaxslarning muayyan mamlakat ko‘lamidagi uyushmasi va h.k.); 3) tabiatning bir bo‘lagi, borliqning alohida olingan shakli, ijtimoiy turmush kechirishning ifodasi tarzi- dagi jamiyat.
Jamiyat mohiyatini ilmiy anglash, uning yaxlit ilmiy manzarasini yaratish insoniyat ma’naviy taraqqiyotining mislsiz yutug‘i hisoblanadi. Abu Ali ibn Sino jamiyatning paydo bo‘lishi kishilarning birdamlikka bo‘lgan tabiiy ehtiyo- jidan kelib chiqqanligini, ijtimoiy tengsizlik, tabiiy holat, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi jamiyat taraqqiyotining manbayi ekanligini ta’kidladi. Abu Nasr Forobiy ma’rifatli, mas’uliyatli, fozil jamiyat siymosini targ‘ib qilgan. Abu Ray- hon Beruniy jamiyat hayotida oila, mahalla, til va madaniyatning ahamiyatini ko‘rsatdi. Keyinchalik G‘arbiy Yevropalik G. Spenser, E. Dyurkgeym, M. Ve- ber, V. Perato singarilar jamiyatni tabiiy – tarixiy jarayon, murakkab ijtimoiy tizim (sistema) sifatida tadqiq etdilar. Jamiyat haqidagi turli tarixiy davrlarda yaratilgan ta’limotlarda davr ruhi, jamiyatning madaniy-ma’naviy salohiyati, rivojlanish qonuniyatlari o‘z aksini topadi.
Jamiyat o‘ta murakkab, ko‘p qatlamli ijtimoiy tuzulma, sistemadir. U kishilarning oddiy jamlamasi emas, balki umumiy ehtiyoj uchun moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, mahsulotlarni taqsimlash va ayirboshlash, iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli tuman mulkiy, iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy, huquqiy, oilaviy aloqalar, ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Demak, jamiyat – insonlarning oila, tabaqa, guruhlar o‘rtasidagi murakkab, jo‘shqin aloqalar, ijtimoiy ahamiyatga molik munosabatlar tizimi. Jamiyat odamlarning shunday uyushmasiki, unda irsiy qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar hukmronlik qiladi.
Falsafiy lug‘atlar talqiniga ko‘ra, jamiyat odamlar o‘rtasida vujudga keladigan axloqiy, diniy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa ijti- moiy munosabatlarning, tarixan qaror topgan oila, axloq, din, davlat va shu kabi ijtimoiy institutlarning majmuasidir. Jamiyat hayotining barcha yuqori- da sanalgan sohalari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ularni boshqarish va rivojlantirishda davlat, partiyalar, turli jamoat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqaruv organlari muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatning axloqiy-ma’naviy salo- hiyati, ijtimoiy-huquqiy saviyasiga muvofiq ravishda siyosiy boshqarish usuli shakllanadi va faoliyat yuritadi.
Umume’tirof etilgan ta’rifga ko‘ra, jamiyat – ijtimoiy taraqqiyot va ijti-
moiy munosabatlar mahsuli (mujmui). Uni bunday tahlil etish, birinchidan, unga tarixiy jihatdan yondashish (jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini farqlash); ikkinchidan, ijtimoiy hayot asosiy sohalarining o‘ziga xos (iqtisodiy, ma’naviy) xususiyatlarini aniqlash, uchinchidan, ijtimoiy munosabatlar subyektlari
(shaxs, oila, millat, davlat, sinflar va boshqalar)ning nomlarini ta’kidlash im- konini beradi1. Demak, jamiyat insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, hamkor- lik, ijtimoiy munosabatlar tizimi, umumiy turmush kechirishning muayyan tashkillashgan tarzi bo‘lib, uning mohiyati odamlar, ularning uyushmalari, birliklari o‘rtasidagi iqtisodiy, axloqiy, siyosiy, madaniy va boshqa turli-tuman munosabatlar mazmunidan iborat.
Davlat jamiyatdan ajralib chiqadigan uning bir bo‘lagi bo‘lib, jamiyatni boshqarish bilan mashg‘ul bo‘ladi. «Jamiyat va davlat nisbatini tavsiflagan hol- da aytish mumkinki, tarixiy ma’noda davlat paydo bo‘lishi bilan jamiyat bami- soli ikki qismga – davlat va boshqa, ya’ni nodavlat sohaga ajralgandek bo‘ladi, aynan shu ikkinchi qismni fuqarolik jamiyati deb atamoq lozim. Davlatni tarkib toptiruvchi jamiyatda, bir tomondan, davlat, ikkinchi tomondan, fuqarolik jami- yati ajralib tursa, davlat va jamiyat nisbati masalasi, aslida fuqarolik jamiyati va uning siyosiy hokimiyati nisbati muammosiga aylanadi»2.
Jamiyat o‘z hayotini turli-tuman ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy institutlar faoli- yatisiz tashkil etolmaydi. Bunday tashkilot (institut) va uyushmalarning mav- judligi ijtimoiy munosabatlar turiga va umuman tizimiga barqarorlik baxsh etadi. Masalan, davlat jamiyatning muhim siyosiy instituti bo‘lib, asosan, siyo- siy-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, zarur vaziyatlarda iqtisodiy muno- sabatlar ishtirokchisi sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat paydo bo‘lgunga qadar, ya’ni ibtidoiy jamiyatda ham o‘ziga xos institutlar, tashkiliy tuzilmalar bo‘lgan. Xususan, urug‘, qabila; ular tarkibida boshqaruv funksiyasini baja- ruvchi ijtimoiy hokimiyat institutlari bo‘lgan (urug‘ yoki qabila oqsoqoli, ja- moaning umumiy yig‘ini va h.k.). Jamiyat muayyan hokimiyatsiz boshqarilishi mumkin emas. Ijtimoiy hokimiyat shunday uyushgan (tashkillashgan) kuchki, u o‘z irodasiga o‘zgalarning, ya’ni urug‘, ijtimoiy guruh, jamoa ahlining iroda- sini bo‘ysundiradi. Iroda har qanday ijtimoiy hokimiyatning mag‘zini, markaziy elementini tashkil etadi. Hokimiyat munosabatlarida bir tomonda – hukmron, ustun iroda, ikkinchi tomonda – bo‘ysunuvchi, tobe iroda mavjud bo‘ladi.
Jamiyatni faqat iroda kuchi bilan birlashtirib, yo‘naltirib bo‘lmaydi. Kishilarni bir jamoaga, guruhga, qolaversa, yaxlit bir butun jamiyatga bir- lashishiga sabab bo‘luvchi omil – bu yagona maqsad va manfaatdir. Aynan manfaatlar umumiyligi, ehtiyojlar mushtarakligi kishilarni bir jamiyat bo‘lib maydonga chiqishini va birgalikda turmush kechirishini ta’minlaydi.
1 Qarang: Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 1998. – 27–28-betlar; Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007, 60-bet.
2 Qarang: Раянов Ф.М. Проблемы теории государства и права (юриспруденция). – М., «Право и государство», 2003, – 83-bet.
Davlat va huquq nazariyasi doirasida «jamiyat» fenomenini ilmiy o‘rganish va tahlil etishning o‘ziga xos ma’nosi va ahamiyati bor. Birinchidan, qadim jamiyatning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi sabablari hamda qonuniyatlarini ochish; ikkinchidan, hozirgi jamiyatning mohiyatini anglash, unda davlat va huquqning o‘rnini hamda rolini belgilash, zamonaviy jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va tendensiyalarini ochishdan iborat. Masalan, qadimgi jamiyat taraqqiyotida o‘zlashtiruvchi iqtisodiyotni va ne’mat yaratuvchi iqtisodiyotni farqlash mumkin. Davlatli uyushgan dastlabki jamiyat va zamonaviy jamiyatlar tahlilini industrial (sanoatlashgan) va postindustrial jamiyatlarga ajratib tahlil etish mumkin. Postindustrial jamiyat – ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichi. U fuqarolik jamiyati, axborotlashgan jamiyat tushunchalari bilan hamoxang. Ushbu ilmiy kategoriyalar mazmuni va xususiyatlarini keyingi boblarda bataf- sil bayon etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |