Qilmishning jazoga sazovorligi ma’lum huquqbuzarlik uchun uni
sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka torti- lishini anglatadi. Ushbu javobgarlik chorasi va chegarasi huquqiy normaning sanksiyasida ifodalanadi.
Huquqbuzarlik tarkibi: Huquqbuzarlik yuridik fakt bo‘lib hisoblanadi,
u o‘z navbatida, qo‘riqlovchi xarakterga ega bo‘lgan huquqiy munosabatlarni ham yuzaga keltiradi. Huquqbuzarlikning tarkibi muayyan huquq normasini sharhlash, uning mazmunini ochish hamda dunyoqarash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega. Huquqbuzarlik tarkibi to‘rtta elementni o‘z ichiga ola- di: huquqbuzarlikning obyekti, subyekti, obyektiv tomoni va subyektiv tomoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |