Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet233/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Yuridik majburiyat huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli

huquqiy normaga asosan o‘zlarining burchi (majburiyati) bo‘lgan harakatni amalga oshirishlari yoki ba’zi harakatni sodir etishdan o‘zlarini tiyishlaridir.

Shaxs yuridik majburiyatlarni o‘tash tufayli huquqiy munosabatning ikkinchi ishtirokchisi subyektiv huquqi amalga oshishini ta’minlaydi. Agar huquqimizga muqobil turuvchi majburiyat o‘tovchi shaxs bo‘lmasa va u sub- yekt qonun talab etgan xatti-harakatlarni sodir etmasa (yoki biron-bir hara- katdan o‘zini tiymasa), bizning huquqimiz quruq gapdan boshqa narsa emas.

Yuridik majburiyat qonunga muvofiq talab etiladigan, bajarilishi lozim bo‘lgan xatti-harakatdir. Agar subyektiv huquqdan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib, undan foydalanmaslik ham mumkin bo‘lsa, yuridik majburiyatni bajarmaslik mumkin emas.

G.F. Shershenevich yuridik majburiyat nima deb savol qo‘yadi va unga shunday javob beradi: bu eng avvalo, «o‘z irodang chegaralanganligini,




1 Qаrаng: Варламова Н.В. Правоотношения: философский и юридический подходы. – Правоведе-

ние. 1991, № 4. – 51-bet.


o‘zganing manfaati bilan bog‘langanligini anglashdir». Inson o‘z xulq – atvori- ni unga tashqaridan bo‘ladigan talablarga muvofiqlashtirishga majbur qilinadi. Majburiyatning mohiyati ana shundadir. Huquqning talabi kimga qaratilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsni yuridik majburiyat o‘tovchi deb hisoblash lozim. O‘z ta- biati va ta’biga ko‘ra harakat qilmoqchi bo‘lgan shaxsning irodasiga qonunda nazarda tutilgan omillar ta’sir etib, uni o‘z majburiyatini anglashga majbur qiladi1.

Subyektiv yuridik majburiyat quyidagilarda ifodalanadi:



  • taqiqlangan xatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish (bunda maj- buriyat o‘tovchi shaxs passiv bo‘lib, subyektiv huquq amalga oshishiga xalal bermaydi);

  • muayyan xatti-harakatlarni sodir etish (bunda majburiyat o‘tovchi shaxsdan faol harakat qilish talab etiladi, toki huquqiy munosabat boshqa ishtirokchisining subyektiv huquqi ro‘yobga chiqishi uchun sharoit yaratilsin).

Yuridik majburiyatni bajarmaslik oqibatida yuridik javobgarlik kelib chiqadi. Yuridik majburiyatni bajarmagan shaxsga nisbatan davlat majburlov chorasini qo‘llaydi, ya’ni jazoga duchor etadi.

Shunday qilib, subyektiv huquq va yuridik majburiyat o‘zaro chambar- chas bog‘liqdir. Huquq majburiyatsiz mavjud bo‘lmaydi. Va aksincha, biron-bir huquqqa mos kelmaydigan majburiyat bo‘lmaydi. Aynan bir faktik xulq-atvor, xatti-harakat bir vaqtning o‘zida bir tomon uchun – huquq, ikkinchi tomon uchun – majburiyat hisoblanadi. Masalan, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik tufayli oshirilgan haq to‘lash ma’muriyat uchun – majburiyat, xodim uchun – huquqdir.




5-§.Yuridik faktlar
Barcha ijtimoiy hayot hodisalari singari huquqiy munosabatlar ham taraqqiyot qo- nuniyatlariga itoat etadi. Insonlar o‘rtasidagi

aloqalarning yuridik shakli bo‘lmish son-sanoqsiz huquqiy munosabatlar muntazam ravishda paydo bo‘lib, o‘zgarib va barham topib turadi.

Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Biroq, huquqiy normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni paydo qilmaydi. Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlari- ni, holatlarini va chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjudligi yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan bog‘liq. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, aniq talabi sifatida maydonga chiqadi.






1 Qаrаng: Шершеневич Г.Ф. Общая теория права. Вып. 3.1911. – 619–620-betlar.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish