Qonun ijodkorligi
Jamiyat huquqiy rivojlanishining davr
5-§.sohasidagi huquqiy talablariga mos va tegishlicha yuksak savi-
siyosat
yada bo‘lishi ko‘p jihatdan davlat hokimi- yati yuritadigan huquqiy siyosatga bog‘liq.
Davlat hokimiyatining irodasi – siyosiy iroda. Ushbu iroda qonun ijodkorligi faoliyatiga impuls (turtki) beradi, natijada o‘zi shaklan – qonun, mazmunan – huquq tarzida rasmiylashadi, yuridik ma’no kasb etib, siyosiy-huquqiy hodisaga aylanadi. Ma’lumki, davlat belgilaydigan maqsad, bajaradigan vazifalar, amal- ga oshiradigan faoliyat siyosat sohasini tashkil etadi, boshqacha aytganda, ayni siyosatdir. Davlat faoliyati nihoyatda serqirra bo‘lganligi bois, u yurita- digan siyosat bir qancha turlarda, masalan, iqtisodiy siyosat, ijtimoiy siyosat, madaniy-ma’rifiy siyosat, huquqiy siyosat kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida adolatli demokratik davlatchilik qaror topayot- gan vaziyatda huquqiy siyosat mavzusini, bunday siyosatni shakllantirish va amalga oshirishning fundamental masalalarini ilmiy tadqiq etish o‘ta dolzarb vazifadir. Chunki, mamlakatda yuritilayotgan huquqiy siyosatning mazmun- mohiyatini chuqur anglab yetish huquqiy tizimni muvaffaqiyatli modernizatsiya qilish garovidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015-yil 23-yanvardagi qo‘shma majlisida asosiy e’tibor qonun ijodkorligi va qonunchilik faoliyatining sifat-samaradorligini oshirishga qaratilgan edi. Unda qonun ijodkorligini amalga oshirishda yangi, zamonaviy faoliyat shakllarini joriy etish, qonunni qo‘llash amaliyotini muntazam o‘rganish, qonun loyihala- rini davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish asosida muhokama qilish, tegishli xorijiy huquqiy amaliyotni tahlil qilish, qonunlarda ularning normalarini amalga oshirish mexanizmlarini puxta ishlab chiqish, qo- nun ijodkorligida siyosiy partiyalar, ularning fraksiyalari va deputatlar faolligi hamda tashabbuskorligiga erishish, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazora- tini yo‘lga qo‘yish, parlament palatalarining samarli hamkorligini ta’minlashga oid muhim vazifalar belgilandi1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev o‘zining 2017-yil 12-iyuldagi parlament palatalari qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida shunday dedi: «Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, amal- dagi qonunlarimizda bir-biriga zid o‘rinlar ham yo‘q emas»2. Davlat boshlig‘i yana bir chiqishida ta’kidladiki, «Afsuski, hozirgi kunda qonunlarning islohot- lar samarasiga ta’siri yetarlicha sezilmayapti. Ularning ijtimoiy munosabat-
1 Хalq so‘zi, 2015-yil 24-yanvar.
2 Mirziyoyev Sh. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak//Хalq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.
larni bevosita tartibga solishdagi roli pastligicha qolmoqda»1. Ushbu fikrlar hozirgi kunda qonun ijodkorligini rivojlantirish borasidagi huquqiy siyosatning o‘zagini, uning istiqbolli dasturini tashkil etadi, deyish mumkin.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda huquqiy siyosat mavzusiga alohida ahami- yat berilmoqda. Mazkur maqolada huquqiy siyosatning birgina jabhasi, ya’ni, uning qonun ijodkorligi vositasida shakllantirilishi, amalga oshirilishi, qolaver- sa, qonun ijodkorligining ko‘lami, yo‘nalishi, mazmun-mohiyatini belgilovchi muhim omil ekanligiga e’tibor qaratiladi.
Davlat hokimiyatining huquqiy tizim ravon harakatlanishini ta’minlash, huquqiy hayotni tashkillashtirish bobida yuritadigan siyosati huquqiy siyosat deb ataladi. Huquqiy siyosat – davlatning huquqiy mafkurasi, uning huquqiy hayot sohasida tutadigan yo‘l-yo‘rig‘i, ro‘yobga chiqaradigan amal va tadbir- lari, qo‘llaniladigan rahbariy g‘oyalari (prinsiplari) ifodasidir2. Shu bilan birga aytish joizki, huquqiy siyosat yuridik faoliyatdagi qadriyatlar, ustuvorliklar tizimida, huquqiy hayot voqeliklarida, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmunida hamda rasmiy huquqiy mafkurada namoyon bo‘ladi. O‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, huquqiy siyosat jamiyat tuzilmalari va davlat organlarini quyidagi dolzarb vazifalarni hal etishga yo‘naltiradi: mamlakat miqyosidagi muhim ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish, huquq subyektlari (jumladan, fuqarolar)ning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatla- rini muhofaza etish, yuridik hayotni ravon hamda izchil rivojlantirish, qonun- chilikni davr talablariga mutanosib takomillashtirib borish, ijtimoiy-huquqiy ong va madaniyatni barqaror yuksaltirish, umuman, huquqiy tizimni yalpi modernizatsiya qilish kabilar.
Ilmiy adabiyotlarda huquqiy siyosatning irodaviy hodisa ekanligiga e’tibor qaratiladi: «huquqiy siyosat davlatning huquqiy hayot sohasidagi tizimli ras- miylashtirilgan irodasi bo‘lib, u davlatning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ... maqsadida yuridik vositalardan oqilona foydalanish bora- sidagi muntazam faoliyatidir». Davlat hokimiyatining huquqiy siyosati, bir to- mondan, qonunchilik tizimida moddiylashadi (buning boisi qonun, qonunchilik hujjatlari huquqni ifodalashning asosiy shakli ekanligida), ikkinchi tomondan, qonun ijodkorlik faoliyatiga tatbiqan differensiatsiyalashadi (tarmoqlanadi).
Professor S.V. Poleninaning ta’kidlashicha, huquqiy siyosat uning ta’rif va tavsiflari xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, avvalo, huquq ijodkorligi sohasidagi siyosat tarzida tasavvur etiladi3. Keltirilgan iqtibos biz ta’kidlagan huquqiy
1 Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va хalq farovonligining garovi. – T., 2017. – 8-bet.
2 Qarang: Оdilqoriyev Х.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995. – 34-bet.
3 Qarang: Российская правовая политика. – М., 2003. – 180-bet.
16–18-8
siyosat qonun ijodkorligiga tatbiqan differensiatsiyalashadi, degan tezisni quv- vatlaydi. Mazkur tezisni davlatning «qonunchilik siyosati» yoki «qonun ijodkor- ligi borasidagi huquqiy siyosati» kategoriyalari yordamida talqin etish mumkin. Suveren davlat hokimiyati o‘zining mustaqil qonunchilik strategiyasiga, qo- nun ijodkorligiga doir huquqiy siyosatiga, ya’ni o‘z qonunchilik siyosatiga ega bo‘ladi. Qonun ijodkorligi borsidagi huquqiy siyosatni shakllantirish va rasmiy- lashtirishda qonunchilik strategiyasi instituti muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, qonunchilik strategiyasi qanday ma’noni anglatadi? Fikrimizcha, qonunchilik strategiyasi – bu mamlakat butun huquqiy tizimining, alohida tarkibiy qismlari, huquq hamda qonunchilik sohalari va institutlarining hozirgi va kelgusi taraqqiyoti yo‘nalishlarining belgilanishidir. Qonunchilik strategiya- si qonunlarni tayyorlashning, uni rejalashtirish va amalga oshirishning nazariy va amaliy masalalarini o‘z ichiga oladi. U davlat siyosati bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, qonunchilik strategiyasi siyosatni huquqiy munosabatlar mazmuniga singdirish, qonunlarni muntazam ravishda takomillashtirib borish vositasidir.
Davlat irodasining qonun ijodkorligi jarayoniga ta’siri qonunchilik siyo- sati orqali amalga oshadi. Shu bois, davlatning qonunchilik siyosatini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil etib, unga yuridik fan nuqtayi nazaridan tavsif berish alohida dolzarblik kasb etadi. Qonunchilik siyosati – davlat huquqiy siyosatining bir bo‘lagi bo‘lib, unda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o‘z ifodasini topadi1. Qonunlarni shakllantirish, qabul qilish va hayotga joriy etish maqsad- lariga yo‘naltirilgan maxsus siyosiy-yuridik ta’sir etish vositalari va choralari yig‘indisi qonunchilik siyosati voqeligini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, qonun ijodkorligi davlatning huquqiy (qonunchilik) siyosatini shakllantirish, ifodalash, rasmiylashtirish hamda amalga oshirishning muhim vositasi hisobla- nadi. Qonunchilik siyosati ijtimoiy boshqaruv san’atining maxsus turidir. Qonun- chilik siyosati qonun ijodkorligining bosh mazmunini, asosiy yo‘nalishlarini, tendensiyalarini, uni takomillashtirish strategiyasi hamda taktikasini va modernizatsiyalash mantig‘ini belgilaydi.
Qonunchilik siyosatining eng muhim sifati – qonunchilikni takomil- lashtirish maqsadiga yo‘naltirilganlik, huquq ijodkorligi va huquqni ijro etishni tashkil qilishning ratsional tizimini ishlab chiqishdir. O‘zbekiston mustaqil dav- lat sifatida hech kimga tobe bo‘lmagan qonunchilik siyosatini yuritadi. Yuksak nufuzli insonparvar, adolatli hamda demokratik qonunlar yaratish, qonunni inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash vositasiga aylantirish, jamiyat
1 Оdilqoriyev H.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995. – 33-bet.
uchun umumiy manfaatli barcha munosabatlarni qonun yordamida muhofaza etish kabilar ushbu siyosatning asosini hosil qiladi.
Alohida e’tirof etish joizki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya- si davlatimiz huquqiy siyosatining, shuningdek qonunchilik siyosatining ne- gizini tashkil etadi. U qonunchilik siyosatining asoslari, prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi. Darhaqiqat, Konstitutsiyada jamiyat rivojla- nishining bosh strategiyasi, ustuvor yo‘nalishlari, davlat umumiy va huquqiy siyosatining mazmun-mohiyati o‘zining qonuniy ifodasini topadi. Aslida Kons- titutsiya jamiyat siyosiy yetukligining, ma’rifiy-huquqiy saviyasining, turli ijti- moiy-siyosiy kuchlar muvozanati(murosaga kelishuvi)ning natijasi, mahsulidir. Konstitutsiya nafaqat sof ma’nodagi yuridik hujjat, balki davlat siyosatini oliy darajadagi qonun tarzida rasmiylashtiruvchi hujjatdir. Asosiy qonunimizda qonun ijodkorligi jarayoni va uning bosqichlari, qonunlarni yaratishning konstitutsiyaviy mexanizmi aniq hamda qat’iy mustahkamlangan (76, 78, 83, 84, 87, 93-moddaning 17-bandi va boshq.). Mazkur moddalarda belgilangan qoida, prinsip va normalar mamlakatimizda amalga oshiriladigan qonun ijod- korlik faoliyatining, shuningdek, qonunchilik siyosatining konstitutsiyaviy asoslarini tashkil etadi.
Davlatning Konstitutsiyada ifodlangan siyosatini, siyosiy mafkurasi va doktrinasini konstitutsiyaviy-huquqiy siyosat sifatida e’tirof etish mumkin. Tahlil etilayotgan mavzuga tatbiqan konstitutsiyaviy-huquqiy siyosat – davlat hokimiyatining Konstitutsiya asosida huquq yaratish, qonunlarni ijod qilish va uni amalga oshirish sohasida davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakolatlarini mustahkamlash, inson huquqlari ustu- vorligi tamoyili asosida qonun ijodkorligi strategiyasini belgilash, shuningdek, huquqiy vositalar bilan konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza etishga oid asosiy konseptual qoida va mezonlarni ishlab chiqish hamda jamiyat hayotiga tatbiq etishga yo‘naltirilgan faoliyatidir1.
Mamlakatning qonunchilik strategiyasi Konstitutsiyada mujassam ifodala- nadi. Ayni vaqtda, qonunchilik strategiyasi qonunchilik siyosatining mazmun- mohiyatini ijtimoiy munosabatlar tizimiga singdirishning muhim yo‘nalishlari sifatida maydonga chiqadi.
Davlatimizning qonun ijodkorligi sohasidagi zamonaviy huquqiy siyosa- ti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida bayon etgan «Mam- lakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jami- yatini rivojlantirish konsepsiyasi»da o‘zining aniq ifodasini topgan. Unda jami-
1 Qarang: Оdilqoriyev Х.T. Konstitutsiyaviy siyosat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish // Huquq-
Pravo-Law/ – 2002, № 4. – 4-bet.
yatimizning istiqbolli taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash barobarida bu boradagi muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini hamda saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, om- maviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Konsepsiyaning bosh maqsadi mus- taqillik yillari mobaynida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan yutuqlarga tanqidiy baho berish hamda istiqbolda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazi- falarni ilmiy-amaliy, nazariy jihatdan asoslashdan iborat.
Konsepsiyada 21 ta yangi qonun, 5 ta yangi tahrirdagi qonun, 2 ta milliy dastur va amaldagi qonunlarga 25 ta qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish, jami 50 dan ziyod qonunchilik tashabbusi ilgari surilgan.
Ko‘rinib turibdiki, «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» Oliy Maj- lis palatalari qonun ijodkorlik faoliyatining qat’iy dasturulamali sifatida maz- kur faoliyatga yangicha ruh, ma’no-mazmun, jo‘shqinlik, izchillik va tizimlilik baxsh etdi. Eng muhimi, barcha qonunlarimizni demokratik fuqarolik jamiyati qurish ehtiyojlari va talablariga javob beradigan sifat hamda saviyaga ega bo‘lishiga ko‘maklashmoqda.
Qonunchilik siyosatini shakllashtirishda O‘zbekiston Respub- likasi Prezidenti alohida o‘rin tutadi. Prezident davlat boshlig‘i sifatida o‘z farmon va qarorlari vositasida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotining barcha sohalariga oid huquqiy siyosat asosla- rini belgilab beradi. Shuningdek, u parlament minbaridan turib mam- lakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan qilgan ma’ruzalarida, parlamentga murojaatlarida, alohida konsepsiyalarida qonun ijodkorligi borasidagi siyosatning asosiy ustuvorliklarini ifoda etadi.
Mustaqil taraqiyotimizning dastlabki davrlarida qonun ijodkorligida shun- day tajriba shakllandiki, masalan, qator muhim sohalar bo‘yicha, xususan, dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, xususiy mulkchilikni rivojlanti- rishni rag‘batlantirish, bank va banklar faoliyati, qimmatli qog‘ozlar bozori va fond birjasini shakllantirish, birjalar va birja faoliyatini tashkil qilish, tadbirkor- lik faoliyatini rivojlantirish kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha dastlab Prezident farmonlari qabul qilindi. Tegishli huquqiy mexanizmlar hayot sinovidan o‘tib, ijtimoiy munosabatlar ruhiga singgach, shu masalalarga oid alohida-alohida qonunlar qabul qilingan edi.
Keyingi yillarda qonun chiqarish tizimining o‘zigina emas, balki qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish mexanizmi ham vu- judga keldi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi – qonun chiqaruvchi hokimi- yatni amalga oshiruvchi oliy davlat vakillik organi sifatida qonunchilik siyo- satini shakllantirish va hayotga joriy etishda salmoqli rol o‘ynaydi. Qonun ijodkorligi jarayoni qabul qilinadigan qonunlarda davlat siyosatini, xususan huquqiy siyosatni ifodalash, rasmiylashtirishning alohida tartibi (protsedurasi) hisoblanadi. Qonun chiqarish jarayonida huquqiy siyosatni shakllantirishda jamiyatning umumiy manfaatlarini, turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlarini aniqlash va murosaga keltirish amalga oshiriladi. Parlament qonun ijodkorligi jarayonini samarali tashkil etish, izchil qonunchilik tizimini shakllantirish, si- fatli qonunlar qabul qilinishini ta’minlash, qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq katta hajmdagi ishlarni bajaradi. Parla- ment mamlakat taraqqiyotining tegishli bosqichlarida muhim qonunlarni ish- lab chiqish va qabul qilish bo‘yicha qonun ijodkorlik ishlari rejalarini qabul qiladi, mazkur faoliyatning konseptual va tashkiliy jihatlarini muhokama etib, o‘z strategik vazifalarini belgilaydi.
Oliy Majlis qonunchilik siyosatini shakllantirish va amalga oshirish jarayo- niga Konstitutsiyaning 83-moddasida nazarda tutilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarini, siyosiy partiyalarni (ularning parlamentdagi fraksiyala- rini), fuqarolik jamiyatining barcha institutlarini, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarini keng jalb etadi. Mazkur siyosatning asosiy prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlari mazmunida mamlakatda o‘tkazilgan referendumlar, qonun loyi- halarining umumxalq muhokamalari yakunlari, xalq ijtimoiy fikrini va fuqa- rolarning huquq tashabbuskorligini aks ettirish ta’minlanmoqda. Qonun ijod- korlik jarayonida xalq ommasining, fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash parlament sobitlik bilan rioya etadigan demokratik konstitutsiyaviy prinsipdir. Hukumat darajasida qabul qilinadigan qarorlar qonun va farmonlar ijro-
sini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular ham davlat tomonidan yuritilayot- gan qonunchilik sohasidagi huquqiy siyosatning amaliy jihatlarini aks ettiradi. Qonunchilik siyosatining ayrim yuridik va tashkiliy masalalarini ishlab chiqishda, hayotga tatbiq etish va qonunchilik hujjatlarini loyihalashtirish, amaldagi qonunchilikni yangi qabul qilingan qonunlarga muvofiqlashtirishda Adliya vazirligi, qonunlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etishda prokuratura, qonunlar ijrosini tahlil etish bo‘yicha Prezident huzuridagi amaldagi qonun huj- jatlari monitoringi instituti va boshqalar muhim rol o‘ynaydi.
Davlatning qonun ijodkorligi sohasidagi huquqiy siyosatini shakllanti- rishda sud hokimiyati subyektlari ham faol qatnashadilar. Konstitutsiyaviy sud,
umumiy yurisdiksiya va xo‘jalik sudlarining oliy organlari qonunlarni qo‘llash amaliyotini tahlil etish asosida qonunchilik tashabbusi tartibida parlament e’tiboriga muntazzam ravishda tegishli takliflarni kiritadilar. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquqiy islohotlarining konsepsiyasi, shuningdek jinoyat qonunchiligi va jinoiy jazo tayinlash tizimini liberallashtirish konsep- siyasi ham ushbu demokratik o‘zgarishlarning huquqiy bazasini shakllashti- rish borasidagi qonunchilik siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilishi mumkin. Xususan, mazkur siyosatning qator ustuvorliklari «Sud- lar to‘g‘risida»gi qonunda, Prezident farmonlarida, ayniqsa, «Sud qonunchi- ligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarorida (2008-yil 23-iyun) rasmiy tarzda mustahkamlandi1. Mazkur hujjatda sudlarga oid qonunchilik siyosatining quyidagi mantig‘i ifoda etilgan: mustaqil, xolis, demokratik sud hokimiyati va insonparvar sud tizimini vujudga keltirish pirovardida inson manfaatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli muhofaza etishga xizmat qiladi.
Shu o‘rinda huquqiy siyosatning alohida turi sifatida sud-huquqiy siyosati mavjudligini ham ta’kidlab o‘tish mumkin. Fikrimizcha, sud huquqiy siyosati – davlat hokimiyatining, tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatdagi odil sudlovni tash- kil etish va amalga oshirishga oid huquqiy g‘oyalarni, prinsiplarni, sohani isloh etish mafkurasi hamda strategiyasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan maqsad- li, ilmiy asoslangan, izchil va tizimli faoliyatidir. Uning mohiyati jamiyat va davlat manfaatlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, odil sudlovni samarali tashkil etish va amalga oshirishga doir g‘oyalarni shakllan- tirish hamda vazifalarni belgilash, dasturlarni ishlab chiqish va hayotga joriy etishdan iborat.
Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» besh ustuvor yo‘nalishni belgiladi. Ular davlat qurilishi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyotni modernizatsi- yalash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik va tashqi siyosat jabhalari- da amalga oshiriladigan qonun ijodkorligining dasturulamali bo‘lib, tegishli huquqiy siyosatning o‘zagini tashkil etadi.
Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonlari davom etayotgan hozirgi sha- roitda davlatning qonun ijodkorlik faoliyatiga, umuman, qonunchilik siyosatining mazmuniga yanada yuqori yangi talablar qo‘yilishi tabiiy. Mazkur vaziyatda
1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2008-yil, 26–27-son, 248-modda.
qonun ijodkorligi sohasidagi davlat siyosatini davr ruhi va ehtiyojlariga mos holda takomillashtirishni ta’minlovchi, mustahkam metodologiyaga tayangan ilmiy konsepsiyani shakllantirish maqsadga muvofiq. Bu o‘rinda, qonunchilik siyosati qonunlar yaratish sohasidagi davlat faoliyatining ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasi sifatida maydonga chiqadi. Qonun ijodkorligi borasida- gi huquqiy siyosatni rivojlantirish konsepsiyasida, avvalo, qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatining va qonunchilik siyosatining bosh maqsadi, asosiy vazi- falari, ustuvor yo‘nalishlari, rivojlanish tendensiyalari, qo‘llaniladigan rahbariy prinsiplari, strukturasi va shakllari, ijtimoiy munosabatlarni qonun vositasida tartibga solishning yuridik vositalari va usullari o‘z aksini topishi zarur. Qo- nun ijodkorligiga oid siyosatning istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqishda qonun va qonunchilik hujjatlari tizimi rivojlanishini prognoz qilish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Shunday qilib, qonunchilik siyosati davlat huquqiy siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatning izchil huquqiy taraqqiyotini ta’minlash, huquqiy tizimni yaxlit voqelik tarzida sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, qonun ijodkorligi faoliyatini modernizatsiya qilish, uning ilmiy asoslarini mus- tahkamlash, eng muhimi, ijtimoiy munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solishning qonuniy mexanizmilarini yaratish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |