Davlat va huquq nazariyasining predmetini ushbu fan o‘rganadigan ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Bunday masalalar jumlasiga – davlatning jamiyat bilan bo‘ladigan serqirra va murakkab aloqalari, davlat va huquqning jamiyat siyosiy tizimidagi roli va o‘rni, shuningdek ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga oid masalalar kiradi. Davlat va huquq nazariyasi nafaqat davlat-huquqiy mazmundagi voqea, hodisa va jarayonlarni, balki inson- larning davlat va huquq haqidagi tasavvurlarini, ya’ni huquqiy ong, huquqiy mafkura, huquqiy madaniyatni ham o‘rganadi. Demak, davlat va huquq nazari- yasi o‘rganadigan masalalar qatoriga aholining ijtimoiy, jamoaviy va individual huquqiy hamda siyosiy ongi, siyosiy-huquqiy madaniyati ham kiradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat va huquq nazariyasining predmetini davlat va huquq mavjud bo‘lishi va rivojlanishining eng umumiy qonuniyatla- rini o‘rganish tashkil etadi. «Qonuniyat» deganda voqea, hodisa va jarayon- larning mohiyatini ifodalovchi qat’iy, real aloqalar tushuniladi. Demak, davlat va huquq nazariyasi fani davlat va huquqning mohiyati, amal qilishi hamda namoyon bo‘lishini ifodalovchi eng qat’iy aloqalarni, xususiyat va omillarni o‘rganadi. Shu tarzda fanimiz davlat va huquqning mohiyatini anglab yetishga ko‘maklashadigan ilmiy ta’riflar va kategoriyalarni shakllantiradi, davlat va huquq rivojlanishining qonuniyatlarini ochadi.
Ma’lumki, davlat va huquqqa doir masalalar barcha sohaviy yuridik fan- lar, jumladan, boshqa ijtimoiy fanlar (tarix, falsafa, siyosatshunoslik va h.k.) tomonidan ham o‘rganiladi. Ularning barchasidan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi jamiyatda davlat va huquq amal qilishi va rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
Davlat va huquq o‘zaro bog‘liqlikda hamda alohida holda o‘rganiladi. Chunki, ular yuridik hayotning bir-biri bilan chambarchas bog‘liq qismlaridir. Buni quyidagi misol bilan tushuntiramiz. Ma’lumki, davlat organlari huquq normalarini yaratadi va ularning hayotga tatbiq etilishini ta’minlaydi; o‘z nav- batida, huquq davlat organlarining maqomini, vakolatlarini belgilaydi, ya’ni
2–18-8
davlat organlarining faoliyati huquqiy mezonlar, shakllar doirasida amalga oshadi.
Shunday bo‘lsa-da, fanda davlatni alohida, huquqni alohida ajratib o‘rganish an’anasi mavjud. Fanimiz bo‘yicha nashr etilgan ko‘pchilik darsliklarda ikki yirik bo‘lim: – davlat nazariyasi va huquq nazariyasi bo‘limlari mavjud. Dav- lat nazariyasi qismida «davlatning tushunchasi», «davlatning kelib chiqishi»,
«davlatning mohiyati», «davlat hokimiyati», «davlat funksiyasi», «davlatning shakli», «davlat apparati», «davlatning siyosiy tizimidagi o‘rni», davlatning «de- mokratiya» bilan nisbati kabi hodisalar (kategoriyalar) tahlil etiladi. Huquq nazariyasi qismida esa, «huquqning umumiy tushunchasi», «huquqning vu- judga kelishi», «huquqning mohiyati», «huquqning shakli», «huquqning funksi- yalari va prinsiplari», «huquq ijodkorligi», «huquq normalari», «huquqiy muno- sabatlar», «huquqni amalga oshirish», «huquqiy tizim va qonunchilik tizimi»,
«qonun ustuvorligi va qonuniylik», «huquq buzilishi va yuridik javobgarlik» va boshqa muammolar o‘rganiladi.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi predmetini ijtimoiy hayot-
ning muhim qismi hisoblangan davlat va huquq, ular vujudga kelishi va rivoj- lanishining asosiy qonuniyatlari, ularning mohiyati, ijtimoiy vazifasi, funksi- yalari, shuningdek siyosiy va huquqiy ongning namoyon bo‘lishi va huquqiy tartibga solishning xususiyatlari tashkil etadi.
Har bir fan o‘z predmetidan tashqari, muayyan o‘rganish obyektiga ega. Fan qaysi narsalar (hodisalar) haqida bilim yaratib, uni tizimga solsa, shu uning obyektini tashkil etadi. Yuridik bilimlar davlat va huquq xususida yara- tiladi. Demak, yurisprudensiyaning obyektini davlat va huquq tashkil qiladi. Biroq, fanning obyekti uning predmetidan farq qiladi. Aynan bir obyekt turli fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Masalan, davlat va huquq turli sohaviy yuridik fanlar (konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya huquqi, yer huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va h.k.) tomonidan o‘rganiladi. Ammo ularning har biri davlat va huquqni o‘z predmeti va metodi nuqtayi nazaridan o‘rganadi.
Fanning obyekti deganda, muayyan fan doirasida bilishning vosita va usullari yordamida ilmiy o‘rganish (tahlil) qamroviga olinadigan voqea va hodisalar tushuniladi. Ilmiy bilish jarayonida voqea va hodisalarning fikriy modeli (obrazi) hosil qilinadi, mohiyat – belgilari haqida tushunchalar tizimi vujudga keltiriladi. Xuddi mana shu mohiyatga oid xususiyatlarni ochish fan- ning predmetini tashkil etadi. Ushbu mulohazalar yuridik fanga ham taalluqli. Eng umumiy tarzda xulosa qiladigan bo‘lsak, yuridik fanlarning obyektini davlat va huquq, predmetini esa davlat va huquqning turli xususiyatlari,
mohiyatiga oid belgilari tashkil etadi1. Boshqacha aytganda, davlat va huquq nazariyasining predmeti davlat va huquqning mohiyatini, xususiyat – belgi- larini ochish, ular namoyon bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini aniqlash- dan iborat.
Davlat va huquq nazariyasining predmetidan kelib chiqib, uning tabiatini tavsiflash mumkin. Fanimizning tabiati serqirra va nihoyatda boy mazmunlidir. U ijtimoiy, yuridik, siyosiy, nazariy-metodologik, fundamental fan hisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasi avvalo ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi. Chunki, u ijtimoiy tuzumni, jamiyat hayotida davlat va huquqning o‘rni, aha- miyati va vazifalarini tahlil etadi. Eng asosiysi, davlat ham, huquq ham ijtimoiy hodisalardir.
Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi yuri- dik fandir. Ushbu fan davlat va huquqning mohiyatini, davlat boshqaruvining mazmunini, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barcha jarayonlarini, qonuniylik, huquq buzilishi va yuridik javobgarlik masalalarini umumnazariy jihatdan o‘rganadi.
Davlat va huquq nazariyasini siyosiy fan deb hisoblashga barcha asoslar bor. Sababi, davlat va huquq siyosat bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni, siyo- satni davlat yaratadi, huquq yordamida siyosat mustahkamlanadi, ifodalanadi va amalga oshiriladi. Fanimiz «siyosat», «siyosiy hokimiyat», «siyosiy tizim»,
«siyosiy demokratiya» kabi hodisalarni bevosita tahlil etadi, ushbu tushuncha- lar bilan ish yuritadi.
Davlat va huquq nazariyasi boshqa yuridik fanlarga nisbatan umumnazariy,
Do'stlaringiz bilan baham: |