Odilqoriyev X. T


-§. Davlat mexanizmi- (apparati)ning tashkil etilishi va



Download 1,25 Mb.
bet106/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

2-§.
Davlat mexanizmi- (apparati)ning tashkil etilishi va


Davlat mexanizmi(apparati)ning tash- kil etilishi va faoliyat yuritishi muayyan rah- bariy g‘oyalar, qoidalar, ya’ni prinsiplar asosi-

faoliyati prinsiplari da amalga oshiriladi. Davlat mexanizmining

prinsiplari ularning to‘g‘ri faoliyat yuritishida

yo‘llanma beruvchi vazifani o‘taydi. Shuningdek, mazkur prinsiplar davlat ap- paratining harakat doirasi va mezonini belgilab beradi.

Davlat mexanizmi faoliyati va uni tashkil etishning asosiy prinsiplari:

Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlat hokimiyatining uch asosiy tarmog‘idir. Davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv tamoyillar asosida amalga oshadi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora etishning samaradorligini ta’minlash kafolati hisoblanadi. Qonun chiqarish va ijro etish vakolatlari ayni bir shaxs qo‘lida yoki ayni bir idora ixtiyorida jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjud bo‘lmaydi, zero, monarx yoki senat noto‘g‘ri qonunlar qabul qilishi va ulardan

johillarcha foydalanishi mumkin.

Hokimiyatlar taqsimlanishining yuridik ma’nosi buyuk fransuz ma’rifatparvari Sh.L. Monteskyening «Qonunlar ruhi haqida» asarida shunday izohlangan: adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha, bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo‘lishi shart. Ularning har qanday ko‘rinishda biron-bir organ yoki shaxs qo‘lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetka- zadi, suiiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo‘lda birlashtirilishi qonunning ustun bo‘lishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin1.

Hokimiyatlar taqsimlanishi uch jihat yoki uch darajada: funksional, in-



stitutsiyaviy va shaxsiy darajada namoyon bo‘ladi.

Hokimiyatning funksional bo‘linishi. Erkinlikni ta’minlash uchun majburlash (kuch ishlatish) to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish funksiyasini davlat majburlovini amalga oshirish funksiyasidan farqlay bilish kerak. Qonun chiqa- ruvchi hokimiyat kuch ishlatish qoidalarini o‘rnatadi, sud hokimiyati kuch ish- latishning aniq choralariga yo‘l qo‘yadi yoki ular yuzasidan farmoyish beradi. Shuning uchun ham ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri davlat majbur- lovini alohida amalga oshirmasligi kerak. Ijro etuvchi hokimiyat aynan shun- day kuchga ega, lekin u ham o‘z navbatida kuch ishlatish bo‘yicha normativ




1 Монтескье Ш.Л. Избранные произведения. – М., 1955. – 290-bet.

yoki individual qarorlar chiqarmasligi shart. Shundan kelib chiqqan holda ijro etuvchi hokimiyat qonunlar va sud qarorlari asosida va ularni bajarish yo‘lida harakat qilmog‘i lozim.



Hokimiyatning institutsional bo‘linishi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi

va sud funksiyalarini bajarish bir shaxs yoki muassasa qo‘lida jamlanmasligi kerak. Hokimiyatning bo‘linishi majburlov kuchiga ega bo‘lgan instansiyalarni kuch ishlatish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi instansiyalardan ajratishni, ya’ni kuch ishlatish vakolatiga ega bo‘lgan va kuch ishlatish haqida qaror qiladigan organlarni bo‘lib yuborishni bildiradi.

Shu ma’noda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarga bo‘linishi, bir tomondan, ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari birlamchi norma ijodkorligi bilan shug‘ullanish, normativ hujjatlar e’lon qilishga haqli emas- ligini, ikkinchi tomondan, qonun chiqaruvchi ijro etuvchi organlar faoliyatiga aralasha olmasligini, ijro etuvchi hokimiyat vakolatiga kiruvchi qarorlarni qa- bul qilishga haqqi yo‘qligini bildiradi. Aks holda, qonun chiqaruvchi bir vaqt- ning o‘zida kuch ishlatish qoidalarini o‘rnatadigan kuchga ham aylanib qoladi. Sud hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyat bilan qo‘shib yuborish-

ning mumkin emasligiga shubha yo‘q. Agar sudya o‘zi sud qiladigan qoidalarni o‘rnatib, o‘zi o‘zgartiradigan bo‘lsa, u holda noxolis sudga ega bo‘lamiz.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish