Ibtidoiy jamoa tuzumi – insoniyat tarixidagi eng birinchi ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumdir. Qadimgi jamiyat haqidagi ilmiy asoslantirilgan bilimlarni arxeologiya, etnografiya, tarix va boshqa fanlarning ma’lumotlari asosida olish
mumkin. Ibtidoiy jamiyatni o‘rganishga bag‘ishlangan dastlabki ishonchli man- balardan biri amerikalik qadimshunos, tarixchi va etnograf Luis Morganning 1877-yilda nashr etilgan «Qadimgi jamiyat» asaridir. Olim qariyb qirq yil mo- baynida shimoliy amerika hindu qabilalari orasida yashab, ularning ibtidoiy tu- zum bosqichidagi hayot tarzini kuzatadi, tadqiq etadi va shu asosda o‘z kitobini yaratadi. Morganning mazkur asarini chuqur o‘rganish va unga qat’iy tayanish asosida, shuningdek qadimgi grek, german, galliy va boshqa qabilalar tarixiga oid manbalarga suyanib F.Engels «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqi- shi» (1884-y.) asarini chop etadi. Ushbu va shu kabi boshqa manbalarda yozma tariximizdan burungi jamiyatning turmush tarzi, tabiati, xususiyatlari tiklandi va ochib berildi. Ularda ibtidoiy-jamoa tuzumi, kishilarning dastlabki uyushgan jamiyatining eng quyi bosqichidan yuqori bosqichigacha bo‘lgan harakatlanish jarayoni batafsil tahlil etilgan. Shuningdek, moddiy ne’matlarni yaratish, ishlab chiqarish usuli bu jamiyat rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi bayon qilinadi.
Moddiy noz-ne’matlar va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish har qanday kishilik jamiyati yashashining zaruriy shartidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqa- rish va ularni taqsimlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar yig‘indisi jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. Iqtisodiy tuzum esa jamiyatning boshqaruv tizimi mazmunini, dastlab ijtimoiy, keyinchalik siyosiy institutlar mohiyatini me’yoriy tartibga solish tabiatini belgilovchi asosiy omil sanaladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumining iqtisodiy munosabatlari asosini ishlab chiqarish qurol-vositalariga jamoaviy mulkchilik tashkil etgan. Yaratilgan, undirilgan, qo‘lga kiritilgan moddiy mahsulot va boyliklar teng taqsimlangan. Bunda, masalan, hayvon yoki baliq ovida jamoa a’zosining qanchalik shijoat ko‘rsatgani, hissa qo‘shgani taqsimot chog‘ida inobatga olinmagan. Bunday iqtisodiy zaminga qurilgan ibtidoiy jamiyatda kishilarning bir-birini talashi uchun, kamsitishi uchun o‘rin bo‘lmagan.
Mehnat va ov qurollari nihoyatda oddiy (primitiv) bo‘lgan. Odamlar te- varak tabiatni ham, o‘zlarining shu tabiatdagi o‘rnini ham anglab yetmaganlar. Tabiat injiqliklari, stixiyalari qarshisida ojiz bo‘lganlar, ularga qarshi turish, bunday vaziyatda yashab qolish, turmush kechirish qiyinchiliklarini yengish uchun faqat birgalashib hayot kechirish, kuchlarni birlashtirish, uyushgan hol- da mehnat qilish obyektiv zarurat bo‘lgan.
Qadimgi tarixni tadqiq qilgan mutaxassislar ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti jarayonini uch asosiy davrga: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizatsiya davrlariga bo‘ladilar.
Yovvoyilikning quyi bosqichi. Bu bosqichni «odamzotning go‘dakligi»,
deb ta’riflaydilar. Kishilar hali o‘zlarining dastlabki joylarida, tropik yoki sub- tropik o‘rmonlarda yashaganlar. Ularning ovqatlari mevalar, yong‘oqlar, o‘simlik
ildizlaridan iborat bo‘lgan. Bu davrning asosiy yutug‘i – ma’noli nutqning paydo bo‘lganligidir.
Yovvoyilikning o‘rta bosqichida ovqatlar qatoriga baliq qo‘shiladi va olov-
dan foydalanish boshlanadi. Toshdan qurol yasash paydo bo‘ladi. Odamlar iqlim va joyga bog‘liq bo‘lmay qoladilar va yer yuzining ko‘pgina qismiga joylasha boshlaydilar.
Yovvoyilikning yuqori bosqichi o‘q-yoy ixtiro qilingan vaqtdan boshla-
nadi. Ularning doimiy ovqati qatoriga parranda va hayvonlar kiradi. Ov esa mehnatning tarmoqlaridan biri bo‘lib qoladi. Guruh-guruh bo‘lib yashashning ba’zi alomatlari, yog‘och idishlar, uy anjomlari paydo bo‘la boshlaydi. Keyinchalik olov bilan bolta ro‘zg‘or ishlarida keng foydalaniladigan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |