Ikkinchi shakl – majburiyatlarni bajarish. Bajarish huquqni amalga
oshirishning shunday bir shakliki, u huquqiy qoidaning bajarilishida ifodala- nadi. Amalga oshirishning mazkur shaklida subyektlar xulq-atvori faol xu- susiyatga ega bo‘ladi: ular yuridik normalar bilan belgilangan harakatlar sodir etadi, ya’ni o‘zlariga yuklangan faol harakat qilish majburiyatlarini bajaradilar. Mas’uliyatni nazarda tutuvchi majburiyat yuklovchi normalarni amalga oshirish uchun faol xulq-atvor, chunonchi: soliq to‘lash, xaridorga mahsulot yetkazib berish, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishni bajarish kabilar talab etiladi.
Uchinchi shakl – subyektiv huquqdan foydalanish. Dispozitsiyalarida
subyektiv huquqlar nazarda tutilgan vakolat beruvchi normalar shu shaklda amalga oshiriladi. Foydalanish amalga oshirishning shunday bir shakliki, u berilgan ruxsatlardan kelib chiquvchi imkoniyatlarni amalga oshirishda ifo- dalanadi. Subyektlarning faol xulq-atvori bu shaklga xos xususiyatdir. Ayni holda subyektiv huquqlar, o‘z faol xulq-atvori, huquq orqali berilgan yuridik imkoniyatlardan foydalanish huquqlari (masalan, himoyalanish huquqi, mulk obyektlarini yuridik jihatdan tasarruf etish huquqi, saylov huquqidan foydala- nish) to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi FKning 164-moddasida shunday deyilgan: «Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol- mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foy- dalanish va uni tasarruf etishdan iboratdir». Subyektiv huquq ham faol, ham passiv xulq-atvorni nazarda tutadi. Subyekt o‘z huquqidan foydalanishdan bosh tortsa, o‘zini passiv tutadi. Subyektiv huquq vakolatli shaxsning o‘z harakatlari orqali (ashyo egasi undan ashyoning bevosita vazifasiga ko‘ra foydalanadi), yuridik harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan (ashyoni garovga berish, uni hadya qilish, sotish va hokazo), majburiyat olgan shaxsga talab qo‘yish orqali (qarzdordan qarzni qaytarishni talab qilish) va da’vo shaklida, ya’ni vakolatli davlat organiga poymol etilgan huquqini himoya qilishni so‘rab murojaat etish yo‘li bilan (agar qarzdor qarzni qaytarishdan bosh tortsa, qarz beruvchi qarzini majburiy tarzda undirishni so‘rab sudga murojaat etadi) amalga oshirilishi mumkin.
To‘rtinchi shakl – huquqni qo‘llash. Huquqni qo‘llash uchun vakolatli
davlat organlari, mansabdor shaxslar, vakolat berilgan nodavlat-notijorat tash- kilotlar tomonidan huquq normasida, qonunda mujassamlangan imperativ ta- labni, yuridik qoidani hayotga joriy qilish lozim bo‘ladi. Huquqni qo‘llash alo- hida hokimiyat mazmuniga ega faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyat uyushtiruvchi, tashkil etuvchi xususiyatga ega. U faol xatti-harakat orqali sodir etiladi.
Huquqni amalga oshirish to‘g‘risida eng aniq ma’noda bajarish shakli bilan bog‘liq holda so‘z yuritish mumkin. Huquqni amalga oshirishning qolgan ikki shakli (foydalanish va rioya etish)ga kelsak, bu yerda huquqni amalga oshirish haqidagi umumiy qoidalar aniqlik kiritishga va hatto eslatmalarga, izohlarga muhtojdir. Avvalambor, ko‘rsatilgan bu ikki shaklga birlikda, uyg‘unlikda va tartibga solish turiga ko‘ra qaralishi lozim. Foydalanishda doim rioya etish ham bo‘ladi: umumiy ruxsat beruvchi huquqiy tartibga solishda – muayyan man etuvchi normalarni buzmaslik tarzida, ruxsat beruvchi tartibga solishda – sub- yektiv huquq belgilagan xulq-atvor chegarasiga qat’iy rioya qilish, bu chega- radan chetga chiquvchi harakatlar sodir etmaslik tarzida namoyon bo‘ladi.
Binobarin, eng muhimi bunda emas. Umumiy ruxsat beruvchi huquqiy tartibga solishda ham, aniq ruxsat beruvchi tartibga solishda ham vakolatli subyekt faol harakat qiladi. Bu faol xulq-atvorga faqat shartli ravishda huquqni amalga oshirish sifatida qaralishi mumkin. Subyektlarning faol xulq-atvorida asosan ijtimoiy hayotning obyektiv belgilangan ehtiyojlariga asoslangan mod- diy, siyosiy, ma’naviy va boshqa manfaatlar amalga oshadi. Tegishli – vakolat beruvchi va man etuvchi yuridik normalarni, shuningdek umumiy ruxsat va taqiqlarni amalga oshirish esa, amalda namunaviy konstruksiyalar, umumiy va mutlaq huquqiy munosabatlarning yaratilishi va subyektlarning ularga muvofiq ijtimoiy ehtiyojlari bilan belgilangan o‘z faol xulq-atvorini amalga oshirishidan iborat bo‘ladi.
Huquqni amalga oshirish aksariyat hollarda davlat va uning organlari ishtirokisiz yuz beradi. Fuqarolar va tashkilotlar o‘z ixtiyori bilan, majburlovsiz, o‘zaro kelishuvga ko‘ra huquqiy munosabatlarga kirishadilar va bu munosabat- lar doirasida subyektiv huquqlardan foydalanadilar, majburiyatlarni bajaradilar va qonunda belgilangan taqiqlarga rioya qiladilar. Shu bilan birga, ayrim hol- larda, davlatning aralashuviga zarurat tug‘iladi, bunday aralashuvsiz huquqni amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. Huquqiy tartibga solish jarayoniga uning yakunlovchi bosqichida huquqni qo‘llash maydonga chiqadi.
Huquqni qo‘llashning zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:
Birinchidan, ayrim normalarni amalga oshirish mexanizmida davlatning ishtiroki nazarda tutiladi. Bu, avvalo, moddiy ne’matlarni davlat tomonidan taqsimlash nazarda tutilgan normalardir. Masalan, pensiya huquqini amal- ga oshirish ijtimoiy ta’minot organi komissiyasining ayrim fuqaroga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qarorini zarur element sifatida o‘z ichiga oladi. Davlat yer fondidan yer uchastkasi ajratish tegishli davlat organining alohida hokimi- yat qarorini talab qiladi. Shu tartibda, ya’ni alohida hokimiyat qarori chiqarish yo‘li bilan fuqarolar va tashkilotlarga foydalanish uchun davlat mulkiga kiruv- chi yer uchastkalari ajratiladi.
24–18-8
Ikkinchidan, davlat apparati doirasida davlat organlari va mansabdor shaxslari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar asosan hokimiyat va bo‘ysunish xususi- yatiga ega bo‘ladi. Mazkur huquqiy munosabatlar zaruriy element sifatida ho- kimiyat qarorlarini, ya’ni huquqni qo‘llash hujjatlarini (masalan, Prezidentning vazirni lavozimdan olish to‘g‘risidagi farmonini) o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, huquq normasi huquq to‘g‘risida nizo chiqqan hollarda
qo‘llaniladi. Agar taraflar o‘zaro huquqlari va majburiyatlari xususida bir to‘xtamga kela olmasalar, ular nizoni hal qilishni so‘rab vakolatli davlat or- ganiga murojaat etadilar (masalan, tashkilotlar o‘rtasidagi nizolarni xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi).
To‘rtinchidan, huquqni qo‘llash sodir etilgan huquqbuzarlik uchun
yuridik javobgarlik chorasini aniqlash, shuningdek tarbiyaviy, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun zarur bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, huquqni qo‘llash – vakolatli organlar va shaxslarning
yuridik ish bo‘yicha yuridik faktlar va muayyan huquqiy normalar asosida alo- hida qarorni tayyorlash va qabul qilish borasidagi hokimiyat mazmuniga ega bo‘lgan faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |