Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet210/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Huquqiy madaniyat deganda, jamiyatning qonunchilik darajasi,

mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, fuqarolarning, man- sabdor shaxslarning huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lishi tushuniladi. Huquqiy madaniyat shartli ravishda jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatiga ajratiladi. Jamiyat- ning huquqiy madaniyati huquqiy ongning, qonuniylikning, qonunlarni ta-






1 Qаrаng: Fischer Hugo. Theori der Kultur. Das kulturelle Kraftsteld. Stuftgart, 1965; Боль А. Социология культуры. – М., 1973.

2 Kroeber A, Kluchonu C. Cullture // Anaeitical Review of Concepts and Debinifions. Cambride. – Mass., 1952.

3 Qаrаng: Сальников В.П. Социалистическая правовая культура. – Саратов, 1989. – 5–12-betlar.
komillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratgan butun boyliklarni qamrab oladi- gan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko‘riladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati shaxs erkinligi va xavfsizligi, inson huquqlarini ta’minlash, uning huquqiy himoya etilishi va ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun zamin bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat huquq sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxs va jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir bo‘ladi. Shubhasiz, shaxsning yuksak huquqiy madaniyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining deyarli barcha chiqishlarida huquqiy madaniyatning ahamiyatiga, uni yuksaltirish masalalariga e’tibor qaratadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi- ning 24 yilligiga bag‘ishlangan (2016-yil 7-dekabr) ma’ruzasida shunday dedi:

«Qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqaro- larni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi»1.

Sh. Mirziyoev «Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak» nomli ma’ruzasida siyosiy partiyalar, ularning parlamentdagi fraksiyalar va deputatlarning faoli- yatini tanqidiy tahlil qilib, quyidagi fikrlarni bayon etdi: «Deputatlarning ish uslubini takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar orqali «Markaz – viloyat – tuman» tartibida ishlaydigan yangi tizimni joriy etish ayni muddao bo‘lar edi»2.

«Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir. Shu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan hol- da, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli keng ko‘lamli chora- tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabat- da bo‘lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishini ta’minlaydi»3.






1 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T., 2017. – 10-bеt.

2 Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.

3 Kаrimоv I.А. Mаmlаkаtimizdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish vа fuqаrоlik jаmiyatini rivоjlаntirish kоnsеpsiyasi. – T.: 2010. – 27-bet.
Shunday qilib, shaxs va jamiyatning huquqiy madaniyati umuminsoniy qadriyatlar tushunchalari va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim natijasi hisoblanadi. Huquqiy madaniyat – huquqiy davlatning ajralmas qismidir. Huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlari quyidagi elementlardan tashkil topadi: birinchidan, yuridik normalar tizimi bo‘lmish huquq; ikkinchidan, huquqiy muno- sabatlar, ya’ni qonun bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar tizimi; uchin- chidan, huquqni muhofaza qilish va ta’minlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat va jamiyat institutlari tizimi bo‘lmish yuridik muassasalar; to‘rtinchidan, huquqiy ong, ya’ni huquqiy voqelikni ma’naviy jihatdan aks ettiruvchi tizim; beshinchidan, huquqiy xatti-harakat (ham qonuniy, ham qonunga xilof).

Qonunchilikda, davlat-huquqiy qurilishda, huquqiy tartibga solish va huquqiy madaniyat institutlari hamda mexanizmlarida ko‘z o‘ngimizda yuz berayotgan chuqur o‘zgarishlar, huquqiy rivojlanishning olamshumul, strategik istiqbollari va maqsadlari to‘g‘risida o‘ylash, mamlakatmizda yuz berayot- gan huquqiy islohotlarni jahondagi huquqiy rivojlanish jarayoni bilan «mu- vofiqlashtirish», unda O‘zbekistonning o‘rni hamda ushbu o‘ringa mos islo- hotchilik yo‘nalishlari va maqsadlarini aniqlash zarur. Bizning milliy huquqiy tizimimiz butunlay yangi asosda, jahon huquqiy jarayonining yutug‘i bo‘lgan demokratik prinsiplar negizida yangidan yaratilganligi shubhasiz. Konstitutsiyadan boshlab deyarli barcha qonunlarimiz tub o‘zgarishga uchradi. Qonunlarimizda huquq mustaqil demokratik davlatning huquqi bo‘lgan bugungi kun voqeligi hi- sobga olindi. O‘zbekiston qonunlarida halqaro huquqning jahonda tan olingan prinsiplari va normalari o‘z ifodasini topdi va mustahkamlandi. Ular rivojlan- gan mamlakatlar huquqiy tizimining ilg‘or yutuqlarini davom ettirdi, qadimiy mamlakatimizning tarixiy-huquqiy tajribasini qamrab oldi.

Huquqiy madaniyatning taraqqiyoti shaxs huquqlari va erkinliklari hajmining kengayishi, ularning himoyalanganlik darajasining kuchaytirilishi- dir. Huquqiy taraqqiyot markazida shaxs, uning huquqlari, erkinliklari va qo- nuniy manfaatlari hamda madaniyatida uning oliy qadriyatining, ya’ni «barcha narsalarning mezoni bo‘lgan inson»ning maqomini mustahkamlashga qara- tilgan barcha huquqiy vositalar, mexanizmlar va institutlar turadi. Huquqiy davlatni shakllantirish vazifasini yuksak huquqiy madaniyatsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, huquq o‘ziga munosib oliy qadriyat o‘rnini olmas ekan, demokratik fuqarolik jamiyatini yaratib bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda xalqaro huquqning jahonda tan olingan prinsiplari va normalarining milliy huquqdan ustunligi e’tirof etilmoqda, bu huquqiy madaniyatimizga barcha ilg‘or taraqqiyot o‘zgarishlari uchun yo‘l ochmoqda, xalqaro huquqda o‘z ifodasini topgan umuminsoniy qadriyatlar va ideallarni huquqiy madaniyatimiz rivojlanishi uchun mezon va yo‘nalish sifatida belgilamoqda.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, man- sabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni talab kiladi. Shuning uchun huquqiy davlatning muhim belgisi – huquqiy madaniyatdir. O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun keng ko‘lamli demokratik islo- hotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Jamiyatda kishilar qanchalik yuqo- ri madaniyatli bo‘lsa, huquq normalarini bilsa, qonunlarni yuridik adabiyotlarni o‘qib, ularga amal qilsa, huquq buzilishi ham shunchalik kam bo‘ladi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasida aholining huquqiy madaniyatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisi tomonidan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» qabul kilindi. Unda mamlakat miqyosida aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish va huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy tarbi- yani yaxshilash, ommabop yuridik adabiyotlarni ko‘paytirish, xalqning yuridik sohadagi bilimlarini oshirishga katta e’tibor qaratilib, jamiyat huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi.

Prezident Sh. Mirziyoev yuqoridagi Dasturning tarixiy ahamiyatiga mu- nosib baho berib, ayni vaqtda quyidagilarni ta’kidladi: «Yigirma yil avval bu borada qabul qilingan Milliy dasturni yangidan ishlab chiqishni davrning o‘zi taqozo etmoqda.

Parlamentimiz jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha yangi Milliy dasturni yaratishda bosh-qosh bo‘lishi maqsadga muvofiq, deb hisoblayman»1.

Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish- da muayyan maqsadlar ko‘zda tutiladi. Ushbu holatdan kelib chiqqan holda huquqiy madaniyat bir qancha funksiyalarni bajaradi. Huquqiy madaniyatning regulyativ (tartibga soluvchi), normativ, sotsiologik (ijtimoiy) huquqiy, kom- munikativ (aloqalar o‘rnatish), prognostik (bashoratlash) funksiyalari shular jumlasidandir.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish