Qonun ijodkorlik (qonunni yaratish) jarayoni – davlat oliy vakillik
organining konstitutsiyada belgilangan tartibda yangi qonunlarni yaratishga, amaldagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga qaratilgan, shuning- dek eskirgan qonunlarni bekor qilish borasidagi harakatlari yig‘indisi bo‘lib, u qonun bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, qonun loyihasini tayyorlash, uni muhokama etish va qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Qonunchilik jarayoni muayyan tartib, tashkillashganlik ifodasi sifatida mam- lakatda qonunchilik hokimiyatini amalga oshirish shakli hisoblanadi. Qonun- ning oliyligi, jamiyat hayotidagi ustuvor mavqei qonunchilik jarayonining ilmiy
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida / Rasmiy nashr. – T.: «Аdolat», 2017. – 4-bet.
va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Zero, qonun yaratish jarayonining mu- kammal tartibga solinganligi sifatli va talab darajasidagi qonunning vujudga kelishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Qonun ijodkorlik jarayonining ta’rifi ikki ma’noga ega: birinchidan, bu
qonun loyihasining parlamentga kiritilishidan boshlab, u qabul qilingunga qa- dar davlat organlari tomonidan ro‘yobga chiqariladigan vakolatlar bo‘lsa; ik- kinchidan, qonunchilik hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etadigan turli subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi protsessual qoidalar ifodasi(shakli)dir. Qonunchilik jarayonining muhim xususiyati shundaki, uning mazmunini tashkil etuvchi harakatlar tartibi va ularni amalga oshirish tartibi konstitutsiyaviy tarzda belgilab qo‘yiladi.
Qonun ijodkorligida muayyan munosabatlarni huquq vositasida tartibga solish obyektiv zarurligini anglab yetish, shunga ijtimoiy ehtiyoj borligini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Qonun yaratishdan oldin jamiyatda shun- day qonun vujudga kelishga ehtiyoj bormi, degan savolga javob berish lozim. Qonun ishlab chiqishga kirishishdan avval mavjud ijtimoiy voqelik, hayot, muammoli vaziyat atroflicha o‘rganilishi talab etiladi. Bu borada ruminiyalik huquqshunos Anita Nashitsning fikri diqqatga sazovor. U huquq yaratishning birinchi bosqichida jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni anglash, psixologik va irodaviy omillarni baholash, huquqni shakllantiruvchi omillarni tahlil etish va shu asosda hukmron irodani ifodalash ro‘y beradi, deb ta’kidlaydi. Bu bosqich- da huquqni yaratish jarayoni o‘zining hayotga moslashuvchanligi bilan, turfa xilligi va dinamizmi bilan, qonunchilik sohasida tashabbus ko‘rsatishga imkon beruvchi tashkiliy shakllar miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. So‘ngra, huquqning ijtimoiy mansablari qonun yaratishning ikkinchi bosqichiga – huquqiy qarorni, ijobiy huquq normasini o‘rnatishga – o‘tilishini shart qilib qo‘yadi. Bu huquq normasini chiqarishga vakolatli bo‘lgan organlarning yuri- dik ahamiyatli faoliyati tufayli amalga oshadi1.
Shunday qilib, u yoki bu qonunning yaratilishiga bo‘lgan ehtiyojni
o‘rganish – qonunchilik jarayonining boshlang‘ich nuqtasidir. Bordi-yu, qonun- ga ehtiyoj bo‘lmasa, qonun chiqaruvchi «rejalashtirgan» huquqiy tartibga solish ro‘y bermaydi, qabul qilingan qonun ishlamaydi, u amaldagi huquqiy tizimga singishib ketolmaydi, pirovard natijada qonunning ijtimoiy obro‘sizlanishi kelib chiqadi.
Qonun yaratish ehtiyoji ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlari- ga muvofiq hayotning o‘zidan kelib chiqqani ma’qul. Masalan, bugungi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi tegishli huquqiy zamin vujudga
1 Qarang: А. Нашиц. Правотворчество: Теория и законодательная техника. М., Прогресс, 1974.
– 136-bet.
15–18-8
keltirilishini taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda bir qator yangi qonunlar, jumladan, «Tadbirkorlik to‘g‘risida», «Tad- birkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «O‘zbekistonda chet el investitsiyalari to‘g‘risida», «O‘zbekistonda investitsiya to‘g‘risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashti- rish to‘g‘risida», «Bandlik to‘g‘risida», «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»,
«Reklama to‘g‘risida», «Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida», «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunlar, Fuqarolik kodeksi va boshqa qo- nunlar qabul qilindi.
Qonun ijodkorligi jarayoni, an’anaga ko‘ra, ushbu jarayonning turli bosqichlarida ishtirok etuvchi organlar o‘rtasidagi vakolatlarni taqsimlash ma’nosida talqin etiladi. Garchand, qonun chiqarish faoliyatida u yoki bu mus- taqil subyektlar ishtirok etsalar-da, qonunchilik jarayoni asosan parlamentning qonun yaratish faoliyati tartibi bo‘lib qolaveradi.
Yuridik adabiyotlarda qonun ijodkorligi jarayoniga ma’no jihatidan yaqin turuvchi bir qator iboralar, ya’ni: «qonunchilik jarayoni», «qonun chiqarish jarayoni», «qonunchilik tartib-taomili» (zakonodatelnaya protsedura») kabi kategoriyalar keng qo‘llaniladi. Qonun chiqarish jarayonining mazmuni va bosqichlari asosan konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlansa, «qonunchilik tartib-taomili», odatda, parlament (uning palatalari) reglamentlarida, ichki ni- zomlarida batafsil belgilab qo‘yiladi. Qonunchilik tartib-taomili deganda, qo- nun loyihalarining parlament doirasida ko‘rib chiqilishi, muhokama etilishidan tortib to qabul qilinishi va kuchga kiritilishigacha bo‘lgan barcha xatti-harakat- larni amalga oshirish tartibi (ketma-ketligi) tushuniladi. Qonunchilik protse- durasi, – deydi professor M.N. Marchenko, – qonun loyihalarini tayyorlash va qabul qilish bilan bog‘liq yuridik mustahkamlangan qoidalarning bir butun majmuidan iborat1.
Yuqoridagi mulohazalarni umumlashtirib aytish mumkinki, qonun ijod- korligi qonunlarni tayyorlash, muhokama qilish va qabul qilish bosqichlari va harakatlari bilan bog‘liq qonunchilik jarayonidir.
Ikki palatali parlament sharoitida qonun ijodkorligi jarayoni quyidagi besh bosqichdan iborat bo‘ladi:
qonunchilik tashabbusi;
qonun loyihasini muhokama qilish;
qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi;
qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi;
qonunni imzolash va e’lon qilish.
1 Qarang: Марченко М.Н. Теория государства и права: учебник. – М.: «Проспект», 2008. – 552-bet.
Mazkur bosqichlarga alohida-alohida to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |