Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet14/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

«Davlat va huquq nazariyasi» fani yordamida o‘rganiladi.

Tahlilimiz avvalida «nazariya» so‘zining ma’nosi nimadan iborat ekanligi- ni oydinlashtirib olish lozim. «Nazariya» iborasi «ko‘rib chiqmoq», «tadqiq et- moq», «tahlil qilmoq» degan ma’nolarni anglatadi. «Nazariya» – keng ma’noda voqea-hodisalarning o‘zaro aloqasi va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvur hosil qiluvchi ilmiy bilim shaklidir. Tor ma’noda esa – u yoki bu sohadagi bilimning asosiy g‘oyalari, tushunchalari va qonunlari tizimidir. Nazariya ilmiy bilimning voqea va hodisalarning jiddiy aloqalari hamda qonuniyatlari haqida mukammal tafakkur asosidagi hosilasidir. Nihoyat, nazariya – g‘oya, fikr va bilimlarning tafakkur vositasida tizimli ifodalanishidir. «Nazariy ta’limot» va «konsepsiya» iboralari aynan bir ma’noni anglatadi.

Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida fundamental mavqe va nufuzga ega. U, bir tomondan, ijtimoiy yo‘nalish va mazmunga, ikkinchi tomondan, yuridik voqelikni, davlat va huquq hodisalarini ilmiy, nazariy jihat- dan tahlil etish xususiyatiga ega. Fanimiz o‘z tadqiqotlari natijasida yaratadi- gan nazariy bilimlar, xulosa va tavsiyalar barcha sohaviy yuridik fanlar uchun umumnazariy, metodologik ahamiyat kasb etadi. Yuridik voqelikni aks ettiruv- chi umumiy tushuncha va kategoriyalarni bilmay turib, yurisprudensiyaning biron-bir masalasini, sohaviy yuridik fanlarning mavzularini o‘rganib bo‘lmaydi.



Masalan, «davlat», «davlat apparati», «davlat organi», «huquq», «huquq tizimi»,

«huquqiy munosabat», «normativ-huquqiy hujjat», «huquqbuzarlik», «yuridik ja- vobgarlik» degan tushunchalarning ta’rifini anglamay turib, maxsus fanlarning predmetini o‘zlashtirib bo‘lmaydi.

Davlat va huquq nazariyasi asosiy, yetakchi yuridik o‘quv fani sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:

birinchidan, o‘zining aniq predmetiga, o‘rganadigan mavzulari doirasiga ega;

ikkinchidan, davlat va huquq haqida yaxlit umumiy nazariy bilim beradi, davlat va huquqning mohiyati, taraqqiyot bosqichlari va qonuniyatlarini ochib beradi;

uchinchidan, davlat va huquq sohasida to‘plangan bilimlarni «davlat»,

«huquq», «qonun», «hokimiyat», «demokratiya» va boshqa kategoriyalarda (tushunchalarda) ifoda etadi;



to‘rtinchidan, davlat va huquqning ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanishi-

dagi obyektiv jarayonlarni, dialektikasi va taraqqiyot qonuniyatlarini aks ettiradi.

Xullas, davlat va huquq nazariyasi yuridik ta’lim tizimidagi o‘quv fanlari orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Bu fan bo‘lajak huquqshunoslarda huquqiy ta- fakkur va dunyoqarashni, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish- da alohida ahamiyatga ega. Davlat va huquq nazariyasini huquqshunoslikning alifbosi deyish mumkin. U umumyuridik fan sifatida sohaviy huquq fanlari uchun poydevor bo‘luvchi ilmiy kategoriyalar tavsifini shakllantirib beradi.

Davlat va huquq nazariyasining quyidagi jihatlariga alohida e’tibor qaratish lozim:


  • davlat va huquq nazariyasi jamiyatdagi muhim ijtimoiy hodisalar – davlat va huquqni o‘rganadi;

  • davlat va huquq inson hayotining asosiy hamrohi va tartibga soluvchi mezoni hisoblanadi;

  • davlat va huquq bir necha asrlik tarixiy davrni bosib o‘tgan va bugun- gi qiyofaga erishguncha umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar hamda tajribani o‘z mazmuniga jo etgan;

  • inson o‘zi istiqomat qilayotgan zaminga, davlatga hamisha qiziqish bilan qaraydi, uni anglash va mushohada etishga intiladi;

  • inson o‘z faoliyati davomida muayyan qoida, norma, ya’ni huquqqa amal qilish barobarida uning mohiyatini anglashga ehtiyoj sezadi;

  • davlat va huquq jamiyat taraqqiyoti bilan aloqadorlikda hamda uyg‘unlikda rivojlanib boradi, shu bois, ijtimoiy tamaddun qonuniyatlariga bo‘ysunadi.



Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish