Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


partiyalarning saylovlarda oshkora kurashi natijasida hukumatning shakllanishi



Download 1,37 Mb.
bet82/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev


partiyalarning saylovlarda oshkora kurashi natijasida hukumatning shakllanishi;

  • hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga asoslanganligi.

    Avtoritar tipdagi siyosiy tizimlar esa yakka shaxs yoki muayyan guruh qo‘lida kuchli hokimiyatning to‘planganligi bilan ajralib turadi. Bunday tizimlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

    • fuqarolar demokratik huquq va erkinliklarining tugatilganligi yoki cheklanganligi;

    • muxolif partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarning mutlaqo yoki qisman taqiqlanganligi;

    • davlat organlarida saylovning cheklanishi va parlamentning ikkinchi darajali organga aylanib qolishi;

    • hukmron partiyaning davlat apparati bilan qo‘shilib ketishi;

    • muxolif matbuotning taqiqlanishi;

    • hokimiyat vakolatlari taqsimlanish tamoyilining buzilishi yoki umuman amalga oshmaganligi.

    Totalitar turdagi siyosiy tizimlar davlatning jamiyat hayoti barcha sohalarida to‘la (total) nazorat o‘rnatganligi bilan ajralib turadi yoki tavsiflanadi.
    Toalitar siyosiy rejimlarning asosiy belgilari quyidagilar:

    • fuqarolar huquq va erkinliklarining butkul kamsitilishi;

    • hokimiyatning barcha darajalarda nomenklaturaning yopiq kanallari

    orqali shakllantirilishi;

    • hokimiyat bo‘linishi prinsipining amalda bekor qilinganligi;

    • yagona hukmron partiyaning mavjudligi;

    • yagona rasmiy mafkuraviy doktrinaning jamiyat barcha a’zolariga singdirilishi.

    Totalitarizm ijtimoiy turg‘unlikka, fuqarolarning passivligiga, davlat va partiya apparatining izdan chiqishiga, ma’naviy tubanlashuvga olib borishini sobiq SSSRning tarixi yaqqol ko‘rsatdi.
    O‘tish holatidagi jamiyatlarda (totalitarizm yoki avtoritarizmdan demokratiyaga yoki aksincha) o‘tish davri siyosiy tizimlari shakllanadi. Bunday siyosiy tizimlar siyosiy institutlarning zaifligi, oxlokratiya, ya’ni, olomon hokimiyati xavfining namoyon bo‘lishi, siyosiy his-tuyg‘ularning jilovlanmaganligi, ijtimoiy guruhlarning o‘z g‘oyaviy-siyosiy yo‘llarini yo‘qotganliklari va boshqa holatlar bilan izohlanadi.
    Ayrim siyosatshunoslar siyosiy tizimlarni ulardagi markazlashuv darajasi, hurfikrlilik (plyuralizm) va siyosiy hayotning demokratlashganligi darajasiga ko‘ra ta’riflab, quyidagi turlarga ajratadilar:

    1. Marksistik siyosiy tizimlar (siyosiy tizimlarni bir-biriga keskin qarama-qarshi qo‘yadi).

    2. Demokratik siyosiy tizimlar (fuqarolarning davlat hokimiyati ustidan jamoat nazoratini ta’minlovchi mexanizm mavjud bo‘ladi).

    3. Modernizatsiyalashgan siyosiy tizimlar (rivojlangan fuqarolik jamiyati va ratsional hokimiyatni amalga oshirish mavjud bo‘ladi).

    4. An’anaviy siyosiy tizimlar (siyosiy an’analarga sodiqlik, hokimiyatning monarxiya shakli va hokazo).

    5. O‘tish davri siyosiy tizimlari (bunday tizim negizida rivojlanmagan fuqarolik jamiyati, siyosiy rollarning zaif tabaqalashtirilganligi, hokimiyatning xarizmatik usulga asoslanganligi, siyosiy institutlarning sust rivojlanganligi yotadi).

    Shu o‘rinda siyosiy tizimlar evolyutsiyasi va revolyutsiyasi to‘g‘risidagi ayrim nuqtayi nazarlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Jamiyatdagi ijtimoiy sinfiy kuchlar joylashuvidagi o‘zgarishlar oqibatida jamiyatning siyosiy tizimi ham o‘zgarishlarga yuz tutadi. Shu tufayli siyosiy jarayon – ijtimoiy subyektlarning siyosiy tizimni shakllantirish, o‘zgartirish, qayta tuzish va ro‘yobga chiqarish borasidagi barcha harakatlarining yig‘indisi, degan xulosaga kelish mumkin.

    Download 1,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   279




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish