Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet71/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Davlat mexanizmining yagonaligi. Davlat mexanizmi – davlat organlari va muassasalarining yaxlit iyerarxik tizmidir. Uning yaxlitligi avvalo, davlat hokimiyati va uning irodasi yagonaligi bilan, davlat organlari va muassasalari faoliyati tamoyillari, vazifalari va maqsadlarining yagonaligi bilan ta’minlanadi. Davlat organlari o‘zaro farq qilishiga qaramay, bir butunning qismlari hisoblanadi va o‘zaro chambarchas bog‘liq. Masalan, parlament va hukumat turli vakolatlarga ega, har xil mazmundagi ishlarni bajaradi, lekin har ikkisi ham birgalikda yagona davlat hokimiyatini amalga oshiradi, ya’ni ikkalasining faoliyati ham fuqarolarning munosib hayot kechirishi uchun shartsharoit yaratib berishdan iborat. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda faoliyat yuritadi.
Maqsad va vazifalarning umumiyligi. Barcha davlat organlari umumiy maqsad va vazifalarni bajaradi, ya’ni davlat funksiyasini amalga oshirish uchun yagona tizimga birlashadi. Asosiy maqsad – jamiyat va xalq manfaatini qondirish. Demokratiya sharoitida davlat va davlat organlari xalq irodasini ifoda etadi, uning manfaatlari uchun xizmat qiladi.
Asosiy qonunimizda belgilanganidek, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Konstitutsiyaning 7-moddasida belgilab qo‘yilganidek, «O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi».
Ierarxik tizimga asoslanganligi. Davlat mexanizmi (apparati) piramida shaklida tuzilgan bo‘lib, unda yuqori turuvchi organlar quyi turuvchi organlarga nisbatan ko‘proq huquqiy vakolatlarga ega bo‘ladi va ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsata oladi, quyi turuvchi organlar esa, yuqori turuvchi organlarning qarorlarini bajarishga majburdirlar. Masalan, Vazirlar Mahkamasining qarorini vazirliklar va davlat qo‘mitalari, joylardagi mahalliy organlar, hokimliklar bajarishi majburiy hisoblanadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish