Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet60/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Avtoritar siyosiy rejim mamlakatda fuqarolarning huquq va erkinliklarining cheklanganligi, bekor qilinganligi yoki umuman yo‘qligi bilan ajralib turadi. Bu kabi siyosiy rejimga asoslangan davlatlarda davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati cheklangan, tugatilgan yoki umuman taqiqlangan bo‘ladi hamda davlat hokimiyati ustidan xalq nazoratining yo‘qligi, ularning yashirin usullar bilan shakllantirilishi namoyon bo‘ladi.
7–18-8
Avtoritar siyosiy rejimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, butun ho kimiyat yagona shaxs (bir organ yoki bir necha shaxs) qo‘lida to‘planib, davlat hokimiyatini amalga oshirishda ma’muriy-buyruqbozlik, ba’zan terrorchilik (o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik) usullari qo‘llaniladi hamda taraqqiyparvar siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari faoliyati taqiqlanadi, cheklanadi yoki tarqatib yuboriladi.
Ushbu rejimda siyosiy monizm – ya’ni yakka mafkuraning ustunligi, uning davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilganligi, fuqarolik jamiyatining mavjud emasligi, uning institutlarining cheklanganligi, ijtimoiy manfaatlarni ifodalash imkoniyatlarining taqiqlanganligi avj oladi.
Tiraniya rejimi yakka shaxs boshqaruviga asoslangan. Buning despotiyadan farqi shundaki, tiranning hokimiyati, odatda, zo‘ravonlik, bosib olish, ba’zan qonuniy hokimiyatni ag‘darib tashlash natijasida qaror topadi. Tiran hokimiyati o‘zboshimchalik, terror va genotsid asosida amalga oshirilib, demokratik tamoyillar tan olinmaydi, mamlakatda amalda bo‘lgan qonunlarga rioya qilinmay, ularni muntazam ravishda buzish hollari yuz beradi. Tiran hokimiyati shafqatsiz bo‘ladi hamda qo‘rquvga asoslanadi. Ushbu hokimiyatning yo‘liga g‘ov bo‘lgan guruh yoki jamoa shafqatsiz ravishda bostiriladi.
Despotiya (yunoncha «despoteia» – cheklanmagan hokimiyat) rejimi hokimiyatning faqat bir kishi tomonidan boshqariladigan mutlaq monarxiyaga xosligini anglatadi. Despotiyalar qadim zamonlarda paydo bo‘lib, boshqaruvda o‘ta o‘zboshimchalik, raiyatning to‘la huquqsizligi, boshqaruvda huquqiy va axloqiy qadriyatlarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Despotiya sharoitida mustaqillik, norozilik mumkin bo‘lmay, bunday hodisalar xuddi tiraniyadagi singari ayovsiz bostiriladi.
Bunday holatlarda ishlatiladigan chora-tadbirlar o‘ta ayovsiz va shafqatsiz bo‘lib, jazolash dahshatli tus oladi. Buning sababi xalqni qo‘rquvda saqlash hamda o‘rnatilgan hokimiyatning barqarorligini ushlab turishda namoyon bo‘ladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish