Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet274/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Davlat va huquq
2-§.nazariyasining metodologik
muammolari

1. Mustaqillik yillarida davlat va huquq nazariyasining predmetiga yangi mavzular bilan qo‘shildi, xususan: «huquqiy davlat», «fuqarolik jamiyati», «inson huquqlari», «dav-

lat va huquqning sotsiologik hamda aksio-
logik talqini», «huquqiy siyosat», «yuridik konfliktologiya», «huquqiy jarayonlar va protseduralar», «sud presedentini huquqning manbayi» deb qabul qilish, «huquqiy nigilizm va idealizm», «huquqiy qadriyatlar va huquqda shaxs qadrqimmati», «huquqda imtiyoz va rag‘bat», «yuridik antropologiya» va boshqalar. Tabiiyki, mazkur mavzularni ilmiy tadqiq etish, «o‘zlashtirish» vazifasi dolzarb bo‘lib turibdi.

  1. Davlat va huquqni ijtimoiy institutlar sifatida, siyosiy tizim elementi, yuridik hayotning markaziy voqeligi tarzida, demokratik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar shaklida talqin etishga bag‘ishlangan sa’y-harakatlar, ilmiy izlanishlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Biroq, fikrimizcha, ularning jamiyat hayotidagi roli va mavqeini yanada chuqurroq anglashning kaliti davlat va huquqni falsafiy kategoriyalar va dialektika qonunlari vositasida tahlil etishdan iborat. Shubhasiz, davlat va huquq hodisalarining har birini, ya’ni davlatning mohiyati, davlat funksiyasi, davlat apparati, davlat siyosati, davlat hokimiyati, shuningdek huquqning mazmun-mohiyati, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy norma, huquqiy prinsiplar, huquqning funksiyalari, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquq buzilishi, qonuniylik, yuridik javobgarlik kabi va boshqa ko‘plab institutlar (kategoriyalar)ni falsafiy metodologik usul va vositalar yordamida talqin qilish, ilmiy tadqiq etish yanada keng ko‘lamli hamda boy bilimlar tizimini yaratishga ko‘maklashishi shubhasiz.

Masalan, davlat va huquq mohiyatini falsafaning «mohiyat» xususidagi yondashuv va ilmiy arsenalidan holi tarzda to‘la anglash mushkul. Yoki huquqda «mazmun» va «shakl» masalalari, huquqda «zaruriyat va tasodif» nisbati, normativ-huquqiy hujjatlar tizimida «inkorni inkor qonuni» qanday amal qilayotganligini, huquqiy munosabatlarning samarali amalga oshirilishida «voqelik va imkoniyat» ifodasi, huquq buzilishi va yuridik javobgarlikni talqin etishda «qarama-qarshiliklar birligi va kurashi» kabi falsafiy kategoriya hamda qonunlar qanday nomoyon bo‘lishini tadqiq etish nihoyatda dolzarb masaladir.

  1. Davlat va huquq nazariyasi fanining markaziy masalalaridan bo‘lmish huquq normalarini yaratish, qonun ijodkorligi metodologiyasini tahlil etish ham muhim nazariy va amaliy samara beradi. Huquq ijodkorligini, uning asosiy shakli bo‘lgan qonun ijodkorligini dialektik dunyoqarash, jumladan, miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishiga o‘tishi, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor qonunlari, shuningdek, yakkalik, xususiylik va umumiylik, mohiyat va hodisa, sistema (tuzilma) va qism, mazmun va shakl nisbati, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalari orqali talqin etish mazkur murakkab ijtimoiy hodisalar xususida teran va boy ilmiy bilim hosil qilish imkonini beradi. Xususan, huquq ijodkorligi sohasidagi ziddiyatlar huquq yaratuvchi organ bilan real voqelik o‘rtasida, siyosiy tizim demokratlashuvi bilan bozor iqtisodi munosabatlari shakllanishi o‘rtasida, yangicha iqtisodiy rivojlanish talablari bilan amaldagi huquqiy normalar o‘rtasida, davlat qurilishini modernizatsiyalash bilan yangi texnologiyalar sust joriy etilganligi o‘rtasida, huquqiy normalarning barqarorligi bilan huquq vositasida tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning dinamikasi (o‘zgaruvchanligi) o‘rtasida, huquq normasida modellashtirilgan xulqatvor qoidasi bilan fuqarolarning eski, nosog‘lom odatlari, yurish-turish stereotiplari o‘rtasida namoyon bo‘lishi kuzatiladi.

  2. Hozirgi zamonda ijtimoiy voqealar jo‘shqin rivojlanayotganligi, siyosiy va huquqiy jarayonlar esa, muttasil murakkablashib borayotganligi bois davlat va huquq hodisalarining ilmiy tahliliga tizimli (sistemali) yondashish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Tizimlilik, sistemalilik namoyon bo‘lishi jamiyatning tabiiy holati va mavjudligining zaruriy shartidir. Ijtimoiy tizimlarni tadqiq etganda ulardagi ichki ziddiyat va dialektik qarama-qarshilik xususiyatlarini inobatga olib ish tutish lozim1. Tizimli yondashuv ijtimoiy (huquqiy) tadqiqotlar metodologiyasini yaratishning eng istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Voqea va hodisalarni tizimli o‘rganish ilmiy haqiqatga erishish yo‘lini osonlashtiradi.

Davlat-huquqiy munosabatlar va barcha huquqiy voqeliklarni sistemali o‘rganish ularni yaxlit tizim sifatida tasavvur etish imkoniyatini beradi. Davlat va huquqni siyosiy tizim yoki huquqiy tizimning tarkibiy qismi, shuningdek, huquqiy tartibga solish mexanizmi (tizimi)ning tarkibiy bo‘g‘ini sifatida tahlil etish ularning ilgari anglab yetilmagan yangi, boy va serjilo qirralarini ochishga ko‘maklashadi. Masalan, davlat siyosiy tizimning bir elementi bo‘lib, bu tizimning boshqa elementlari bilan institutsional, iyerarxik, funksional va boshqa o‘zaro ta’sir hamda aloqadorlik munosabatlarida bo‘ladi. Аyni vaqtda, davlatning o‘zi ham turli organlar, muassasa va tashkilotlarning majmui sifatidagi yagona bir butun tizim (sistema) sifatida yagona va yaxlit holda harakatlanadi. Ushbu yondashuv huquqqa ham to‘la taalluqlidir. Tizimli tahlil vositasida davlat va huquq hodisalarini statik hamda dinamik holatlarda keng tavsiflash mumkin bo‘ladi.

  1. Davlat va huquq nazariyasining metodologik muammolari qatorida davlat va huquq voqeliklarini modellashtirish hamda zaruriyat tug‘ilganda siyosiy va huquqiy eksperimentlar o‘tkazish ham muhim o‘rin tutadi. Tabiiyki, qonun chiqaruvchi idora, huquq ijodkorligi subyekti huquqiy normalar vositasida ko‘zlanayotgan huquqiy xulq-atvorning modelini yaratadi, jumladan, huquqiy munosabatlar huquqiy xulq-atvorning modeli asosida kechadi, deb e’tirof etilishi mumkin. Shuningdek, huquqni qo‘llash jarayonida ham tegishli xulq-atvor va huquqiy tartibga solish mexanizmi modellashtiriladi. Аna shunday huquqiy modellashtirishning ilmiy va sotsiologik jihatlarini tadqiq etish va hayotga joriy etish amaliyotda salmoqli samaralar keltirishi mumkin. Keyingi yillarda huquqiy eksperiment o‘tkazishga e’tibor berilayotgani tahsinga loyiq1.

  2. Davlat va huquqning talqiniga funksional yondashuv hanuz o‘zbek huquqshunosligining e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. Аn’anaviy yondashuvga ko‘ra, davlatning ichki funksiyalari ijtimoiy hayotning asosiy sohalariga bog‘liq holda iqtisodiy funksiya, ijtimoiy funksiya, siyosiy funksiya, madaniytarbiyaviy funksiya, ekologiya funksiyasi kabilarga ajratiladi. Mustaqillik yillarida hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi konstitutsiyaviy darajada joriy etilganligi munosabati bilan davlatning qonun chiqarish funksiyasi, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish funksiyasi, odil sudlovni amalga oshirish funksiyasi tarzida tasniflash muayyan mantiq kasb etmoqda. Demak, fanimiz oldida davlat funksiyalarini tasniflash mezonlarini yanada chuqurroq tadqiq etish va aniqlash vazifasi turibdi.

Guvohi bo‘lganimizdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davlat va huquq funksiyalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini kun tartibiga qo‘ydi. Zero, davlatning bank, kredit, pul tizimi ustidan nazorat funksiyasini amalga oshirishning oqilona me’yorlarini aniqlash zarurati kelib chiqdi. Davlatning bu boradagi funksiyasini xususiy sektor ixtiyoriga o‘tkazishda ham muayyan chegara bo‘lishi lozim ekan. Shuningdek so‘nggi yillarda davlatning ta’lim funksiyasi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi, jamiyatni axborotlashtirish yoki zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish funksiyasi, transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishni tashkil etish funksiyasi kabi yangi funksiyalari namoyon bo‘lmoqda.
Huquqning funksiyasi ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning asosiy yo‘nalishi (uslubi) sifatida tushuniladi. Unga ko‘ra, huquqning dinamik, statik va qo‘riqlovchi funksiyalari farqlanadi. Аmmo, huquqiy tizimning funksiyasi, huquqiy siyosatning funksiyasi, huquqiy madaniyatning funksiyasi, huquqiy tartibga solish mexanizmining funksiyasi tarzida tasniflanganda yuqoridagi metodologik mezon o‘zgarib ketishi kuzatilmoqda. Huquqiy tizimning funksional jihatlari tahlil etilganda uning tarkibiy qismlarining ham funksional namoyon bo‘lish xususiyatlariga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Har bir huquqiy hodisa(institut)ning funksional namoyon bo‘lishi keng sotsiologik tadqiqotlar natijalari (ma’lumotlari) bilan asoslantirilishi ularning ilmiyligini ta’minlaydi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish