Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet245/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Yuridik ixtiloflarni Ijtimoiy hayotda sodir bo‘ladigan har 3-§.hal etish tartibi va qanday nizo huquqiy o‘zanga solinishi lozim. usullari Zero, mojaro yoki muammoli vaziyatga huquq vositasida yechim izlash doimo osh-
kora tartib-taomillardan foydalanish va eng oqilona qarorga kelish imkonini beradi. Bunday tartib-taomillarni ijtimoiy vazifasi va foydalanish o‘rniga ko‘ra ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: – kelishuv tartib-taomillari va sud tartibtaomillari (protseduralari). Birinchi guruh tartiblar kelishmovchiliklarni avtonom, mustaqil tarzda bartaraf etish, ikkinchi guruh tartiblar esa, tomonlar o‘rtasidagi nizoni vakolatli organ ishtirokida ko‘rib chiqish va hal etish uchun qo‘llaniladi. Dastlab kelishuv protseduralarini ko‘rib chiqamiz. Turmushda vujudga keluvchi ziddiyatlarni, mojarolarni bartaraf etishdagi birinchi qadam – tomonlar (sheriklar) o‘rtasida bitimga, kelishuvga erishish. Buning uchun turli kelishuv protseduralaridan foydalaniladi.
Kelishuv protsedurasi deganda, davlat hokimiyati organlari, boshqa subyektlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishning ixtiyoriy e’tirof etilgan huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan tartibi tushuniladi. Kelishuv protseduralarining quyidagi turlari mavjud.
Birinchidan, yuridik ixtiloflarni ko‘rib chiqish va bartaraf etish uchun davlat organlari tenglik (paritet) asosida kelishtiruv komissiyalarini tuzadilar. Kelishuv komissiyalarining ishlash tartibi va ular tomonidan kelishuv qarorlarini qabul qilish shartlari tomonlarning (tegishli davlat organlarining) imzosi bilan mustahkamlangan bayonnomada yoki ikki tomonlama shartnoma(bitim) da belgilanadi.
Ikkinchidan, parlament palatalari o‘rtasida ixtilof yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelganida kelishuv komissiyasini tuzish qonunchilikda nazarda tutilgan institutdir. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlarda, shuningdek palatalarning Reglamentlari to‘g‘risidagi qonunlarda kelishuv komissiyasiga bag‘ishlangan qoidalar mavjud. Masalan, quyi palata to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunda quyidagi qoida mustahkamlangan:
«Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Kelishuv komissiyasining har bir palatada ko‘rsatilgan a’zolari o‘z tarkibidan ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qonunning Senat e’tiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni o‘zgartirish to‘g‘risida, agar bunday o‘zgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan bo‘lsa, qaror qabul qilishga haqli. Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi. Kelishuv komissiyasini tuzish tartibi, komissiyaning tarkibi va ishi Reglamentda belgilanadi».
Uchinchidan, tashkilotlar o‘rtasida nizo kelib chiqqanda hakamlik surishtiruvlari o‘tkazish ham mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi Qonuni 2006-yil 8-fevralda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, shu yil 25-avgustda Senat tomonidan ma’qullangan. Mazkur qonunga binoan, hakamlik sudi fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi xo‘jalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organdir.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi va muvaqqat hakamlik sudlari tashkil etilishi mumkin. Doimiy hakamlik sudi yuridik shaxs tomonidan tashkil etilib, uning huzurida faoliyat ko‘rsatadi. Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo ko‘rib chiqilganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Hakamlik sudlari ma’muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi. Hakamlik sudining tarkibini shakllantirish tartibi, hakamlik sudyasiga qo‘yiladigan talablar, doimiy va muvaqqat hakamlik sudlari faoliyatini tugatish asoslari, hakamlik tartibida nizolarni hal etish tartib-taomillari qonunda mufassal belgilangan1.
Yuridik ixtiloflar, nizo va kelishmovchiliklarni hal etishda sud protseduralari ham muhim o‘rin tutadi. Xususan, umumiy yurisdiksiya sudlari Fuqarolik protsessual kodeksi asosida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoyasiga oid ishlarni ko‘rib, hal etadilar. Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartib-taomillar nafaqat fuqarolik-huquqiy munosabatlarga oid nizolarni, balki mehnat-huquqiy, oilaviy-huquqiy, ba’zi yer-huquqiy munosabatlarda, shuningdek xususiy huquq sohasiga oid boshqa munosabatlarda kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib, hal etish uchun qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas. Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buyruq tartibidagi ishlarni, da’vo tartibidagi ishlarni, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar bo‘yicha ishlarni hamda alohida tartibda yuritiladigan ishlarni ko‘rib chiqish va hal etish tartibini belgilaydi.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etishdan iboratdir (FPKning 4-m, I-q.).
Shu o‘rinda alohida e’tiborga molik yana bir institutga to‘xtalish lozim. Ya’ni, ishlarni sudda ko‘rish jarayonida kelishuv bitimiga erishish. Horijiy mamlakatlar amaliyotida sulhparvar sudlar («miroviye sudi») va ikki tomonning kelishuvi bilan bitimga erishish instituti mavjud. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ham kelishuv bitimi instituti mustahkamlangan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 100-moddasining 4-bandiga binoan taraflar kelishuv bitimi tuzgan bo‘lsalar va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa ish yuritishni tugatish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksida ham ish yuritishni tugatish asoslari to‘g‘risidagi moddada nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra «kelishuv bitimi tuzilib, u xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa», sud ishni ko‘rib chiqishni tugatadi (86-modda). O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 583-moddasida yarashilganligi munosabati bilan ish yuritishni to‘xtatish tartibi belgilangan.
Ommaviy huquq sohasida kelib chiqadigan nizolarni sud tartibida hal etish mexanizmida Konstitutsiyaviy sud muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 108, 109-moddalarida, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 1 va 2-moddalarida konstitutsiyaviy sud ko‘rib, hal etish huquqiga ega bo‘lgan ishlar ko‘lami belgilangan. Konstitutsiyaviy sud: O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan o‘zining vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. Konstitutsiyaviy sud faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga amal qilgan holda ishlarni hal etadi va xulosalar beradi.
Yuridik nizolarni hal etishda iqtisodiy sudlarning ham ahamiyati katta. O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksiga (1997-yil 30-avgust) muvofiq iqtisodiy sudda sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;

  2. iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish.

Iqtisodiy sud nizolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi. Iqtisodiy sud ishni ko‘rish chog‘ida davlat organi yoki boshqa organning hujjati qonunga to‘g‘ri kelmasligini, shu jumladan, u vakolat doirasidan chetga chiqqan holda chiqarilganini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari bo‘lmagan taqdirda, iqtisodiy sud shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini tatbiq etadi, bordi-yu, bunday normalar ham bo‘lmasa, qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib, nizoni hal qiladi. Iqtisodiy sud qonunga yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatlarning huquq normalarini qo‘llaydi.
Yuridik ixtiloflar xalqaro munosabatlarda va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Davlatlar o‘rtasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish vositalari orqali yechim topishi yagona huquqiy usul hisoblanadi. Bunday usullar ro‘yxati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 33-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, xalqaro nizolarni hal etishning sudlov tizimida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro sudi, Yevropa sudi, Yevropa Kengashining inson huquqlari bo‘yicha sudi faoliyat yuritadi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida arbitraj jarayonlari qo‘llaniladi. Bulardan tashqari, xalqaro kuzatuvchilar, tinchlikparvar kuchlar ham huquqiy makondagi nizolarni hal etishga hissa qo‘shadi.
Xalqaro xususiy huquq normalari, shartnomalar va bitimlar doirasida kelib chiquvchi iqtisodiy nizolar maxsus organlar tomonidan ko‘rib, hal etiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida «Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi haqidagi Kelishuv» imzolangan, shuningdek Iqtisodiy sud faoliyat yuritadi. Huquqiy sohadagi muayyan nizolarni hal etish ishiga xalqaro savdo arbitrajlari ham muhim hissa qo‘shadi.
Yuqorida bayon etilganlarga xulosa qilib, aytish lozimki, yuridik ixtiloflarni hal etish, odatda, quyidagi to‘rt turdagi qarorlarni qabul qilish bilan yakunlanadi: a) qonun buzilishini bartaraf etish va aybdorlarni tegishli javobgarlikka tortish; b) avvalgi yuridik holatni va huquq subyektining maqomini tiklash; d) yuridik rejimni, tuzilmani o‘zgartirish; e) yangi yuridik holatni va huquq subyektining maqomini o‘rnatish.
Yuridik ixtiloflarni hal etish usuli ham alohida ahamiyatga molik masaladir. Yuridik ixtiloflarni hal etish usuli deganda, nizo, ziddiyat va kelishmovchiliklarni bartaraf etishning muayyan vositalari, uslublari, mexanizmlari, taomil(protsedura)lari tushuniladi. Ixtilofning xususiyatlaridan kelib chiqib, ziddiyatni bartaraf etishning, boshi berk ko‘chadan chiqishning u yoki bu usuli, u yoki bu shakli, vositasi qo‘llanadi.
Yuridik ixtiloflarni hal etishning eng keng tarqalgan usullari quyidagilardan iborat: 1) sharhlash; 2) yangi huquqiy hujjatni qabul qilish; 3) eski hujjatni bekor qilish; 4) amaldagi huquqiy hujjatga o‘zgartish yoki aniqliklar kiritish; 5) ishlarni sud tartibida, ma’muriy protsedura vositasida ko‘rish; 6) qonunchilikni tizimlashtirish, yuridik normalarni o‘zaro muvofiqlashtirish; 7) muzokaralar olib borish, kelishuv komissiyalarini tuzish; 8) konstitutsiyaviy odil sudlov; 9) nazariya bilan amaliyotning oqilona aloqadorligini tashkil etish (ta’minlash); 10) xalqaro protseduralar.
Huquqni qo‘llash amaliyotida tegishli organlar va mansabdor shaxslar ixtilof, ziddiyatlarni aniqlagan taqdirda, odatda, quyidagi qoidalarga rioya qiladilar:

  1. basharti, bir organning turli vaqtlarda qabul qilgan bir necha hujjatlari o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud bo‘lsa, keyingi qabul qilingan hujjatga amal qilinadi;

  2. agar ixtilofli hujjatlar bir paytda bir necha organlar tomonidan chiqaril-

gan bo‘lsa, yuridik kuchi yuqori bo‘lgan hujjat qo‘llaniladi; bu yerda normativ hujjatlarning iyerarxiyasi prinsipi amal qiladi;
d) bir darajadagi (gorizontal) umumiy va maxsus hujjatlar o‘rtasida ixtilof chiqsa, maxsus hujjat qo‘llaniladi; turli darajadagi (vertikal) hujjatlar ziddiyatli bo‘lib qolsa – umumiy hujjat qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 93-moddasi 13-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti respublika boshqaruv organlari- ning, shuningdek hokimlarning qabul qilgan (Konstitutsiya va qonunlarga xilof bo‘lgan) hujjatlarini to‘xtatadi va bekor qiladi.
Yuridik ixtiloflarni bartaraf etishda sharhlashning o‘rniga alohida to‘xtalish lozim. Sharhlash rasmiy va malakali amalga oshirilgan taqdirda yaxshi samara beradi. Ammo, ba’zan sharhlash oqibatida yangi ixtiloflar paydo bo‘lishi mumkin. Chunki, sharhlash tegishli subyektlar tomonidan amalga oshirilib, bunda turli rasmiy va norasmiy tuzilmalar aynan bir hujjatni, hodisani, faktni turlicha talqin etishlari mumkin.
Shunday qilib, yuridik ixtiloflar, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nomutanosibliklar jamiyatdagi barqarorlik va huquqiy tartibotga putur yetkazadi, huquqiy ong buzilishiga olib keladi. Shu bois avvalo ularga yo‘l qo‘ymaslik, doimo ixtiloflarning oldini olish (profilaktika) choralarini ko‘rish lozim. Bordi-yu, ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, yuridik ixtiloflar yuz bersa, mavjud mexanizmlar va tartib-taomillar yordamida darhol ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rish zarur. Aks holda jamiyatda huquqiy loqaydlik, nigilizm, madaniyatsizlik holatlari avj oladi.
Yuridik ixtiloflar nisbatan kengroq muammo hisoblanmish konfliktologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy fanlarda, xususan, siyosatshunoslikda jamiyatdagi ziddiyat va kelishmovchiliklarni yechishga xizmat qiluvchi «mojarolar nazariyasi» degan ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Xuddi shunga o‘xshash huquqshunoslik sohasida yuridik konfliktologiya fani yoki ilmiy yo‘nalishini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. U, shubhasiz, jamiyatda huquqiy barqarorlikni, huquqiy tartibotni mustahkamlashga, huquqiy madaniyat va ma’rifiylikni yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish