Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet239/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Qonuniylik kafolatlari deganda huquqlardan foydalanish va yuridik majburiyatni amalga oshirishga imkon beruvchi ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv shart-sharoitlari va davlat hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan turli-tuman usul va vositalar tushuniladi. Qonuniylikni kafolatlash jamiyatda qabul qilingan qonunlarni ijtimoiy hayotga tatbiq etishning garovi hisoblanib, davlat ularni qo‘riqlash va mustahkamlashni ta’minlovchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, yuridik, ma’naviy va boshqa omillarga tayanadi. Agar qonunlar davlat tomonidan kafolatlanmasa, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda yuridik ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Qonuniylikni amalga oshirishning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, jamoatchilik, huquqiy kabi kafolatlari mavjud.
Iqtisodiy kafolatlar – jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, samarali soliq tizimi, yuqori darajadagi ishlab chiqarish, moddiy ne’matlarning adolatli taqsimoti tizimining mavjudligi, iqtisodiyotning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, qonuniylikning iqtisodiy kafolati xilma-xil mulk shakllarining mavjudligi, monopoliyaning cheklanganligi, ijtimoiy inqirozning yo‘qligi, fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy va moddiy ta’minlanganligi bilan ham tavsiflanadi.
Jamiyatda qabul qilingan har bir qonun o‘zining iqtisodiy negiziga ega bo‘lishi lozim, chunki huquqiy normalarning amaliyotga tatbiq etilishi uchun muayyan sarf-xarajatlar talab qilinadi. Agar qonun qabul qilinsa-yu, lekin u iqtisodiy jihatdan ta’minlanmasa, amaliyotga tatbiq etila olmaydi. Ayonki, qonun normalarini amalga oshirish bevosita iqtisodiy manbalarga tayanadi.
Siyosiy kafolatlar – davlat va uning faoliyatini yuqori darajada tashkil qilinganligi, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining joriy etilganligi, davlat organlarining Konstitutsiya asosida tuzilganligi, demokratik siyosiy tartibning mavjudligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Siyosiy kafolatlar mazmunini demokratiyaning mustahkamlanishi, davlat va jamiyat qurilishi, oshkoralik tarzida jamoatchilik tomonidan ma’muriy organlar faoliyatini nazorat qilishning kengayishi, adolatli siyosiy tizimning shakllanishi va rivojlanishiga erishish tashkil etadi. Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan siyosiy normalarni amalga oshirish uchun fuqarolarning erkin fikrlashiga sharoit yaratilishi, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga nisbatan senzuraning bekor qilinishi kabi talablar qo‘yiladi va ular bajarilishi lozim.
Mafkuraviy kafolatlar – jamiyatda hurfikrlilik, so‘z va fikr, ma’naviy rivojlanish erkinligi, diniy bag‘rikenglikning amal qilishi va insonlarning yuqori ma’naviyatga egaligida namoyon bo‘ladi. Aholi qonunlarni muqaddas bilib, uni hurmat qilishi hamda unga so‘zsiz bo‘ysunishiga huquqiy savodxonlik va huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, ommaning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali erishish mumkin.
Ijtimoiy kafolatlar – bunda qonunlar qabul qilishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining manfaatlari ustuvor inobatga olinishi lozim. Zero, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar oldida mamlakat barcha fuqarolari teng bo‘lib, qonun talablarini jamiyatning barcha a’zolari birday qabul qilishi shart. Shu bois qonun qabul qilish jarayonida uning normalarida jamiyatning barcha ijtimoiy qatlamlari manfaatlarining inobatga olinishi qonuniylikka erishishning garovidir. Shuningdek, qonuniylikka erishishda mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosatni, ya’ni aholining bandlik darajasi yuqori ligi, ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanganligi, aholi kam ta’minlangan qismining davlat tomonidan ijtimoiy himoyalanganligi katta ahamiyat kasb etadi.
Jamoatchilik kafolati – qonunlarni amalga oshirishda faqatgina davlatning tashabbusi yetarli emas. Qonunlarning ijrosini ta’minlashda davlat organlaridan tashqari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, keng jamoatchilik – mahalla, maktab va boshqa ta’lim muassasalari, xotin-qizlar kengashi, yoshlar ijtimoiy harakati, nodavlat tashkilotlar, kasaba uyushmalari muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun mazkur jamoat birlashmalari qonunlarning amalga oshirilishi hamda ular buzilishining oldini olishda faol ishtirok etishlari lozim. Fuqarolik jamiyati institutlari qanchalik faol va kuchli bo‘lsa, qonuniylikning jamoatchilik tomonidan kafolatlanishi shunchalik ta’sirchan bo‘ladi.
Yuridik kafolatlar – qonunchilik faoliyati va huquqiy tizimning mukammalligi, jamiyat, davlat va fuqarolarning yuqori darajada huquqiy ong va madaniyatga egaligi, yuridik amaliyot va yuridik fan (ta’lim) ning rivojlanganligi bilan belgilanadi. Yuridik kafolat qonuniylikni ta’minlovchi kafolatlarning boshqa turlaridan keskin farq qiladi hamda samaraliroqdir. Chunki, yuridik kafolat qonunlar amal qilishi uchun asosiy garov hisoblanadi. Bunda huquqiy normalarning takomillashuvi, ularning bekamu-ko‘st tatbiq etilishi, shuningdek huquqiy normalar buzilishining oldini olishda mansabdor shaxslarning faoliyati va mas’uliyati katta o‘rin egallaydi.
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash va qo‘riqlashda huquqiy kafolat ikki usulga, ya’ni: ishontirish va majburlash usullariga tayanadi. Ishontirish usuli keng xalq ommasiga qonunlar va huquqiy normalar mazmunini tushuntirish orqali, ular ongiga singdirish va boshqa tarbiyaviy choralar ko‘rish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda qonunlarga ixtiyoriy rioya qilinishiga erishiladi. Majburlash usulida qonunlar va boshqa huquqiy normalar buzilgan taqdirda, davlat organlari tomonidan majburiy choralar qo‘llash amalga oshiriladi. Shu tariqa qonunning bajarilishiga erishiladi. Umuman qonuniylikni ta’minlash va rivojlantirishda, avvalambor majburlash emas, balki ishontirish usuli asosiy o‘rin tutadi. Qachonki ishontirish ko‘zlangan natijani bermasa, huquqbuzar shaxs amaldagi huquqiy va ijtimoiy tartibotga qarshi o‘z harakatini davom ettirsa, shu vaqtdagina majburlash usuli qo‘llanilishi mumkin. Majburlash hamma vaqt ishontirishga asoslanadi. Ishontirish usuli huquqda mustahkamlangan yurish-turish qoidalarini ta’minlash maqsadida jamiyat a’zolari ongiga davlat va jamoat tashkilotlarining faol ta’sir qilishidir. Qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlashda jamoatchilikka tayanish huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ustuvor talabidir.
Konstitutsiyamiz – Asosiy qonun sifaQonuniylikni
tida, barcha qonunlarning, huquqiy tizimning ta’minlashda
o‘zagidir. U xalq manfaatini ifoda qiladi, xalq hokimiyatchiligini ta’minlaydi. Unda xalqning

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish