Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet228/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy tartibga solish – ijtimoiy munosabatlarga huquq yordamida ularni umummajburiy, normativ tarzda tartibga solish maqsadida ta’sir etish jarayonidir. Huquqiy tartibga solishning muhim xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining yuridik huquq va majburiyatlarini belgilaydi, huquqlar ro‘yobga chiqarilishini va majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.
Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish ijtimoiy tartibga solishning maxsus turi bo‘lib, o‘zining demokratik qadriyatlarga tayanganligi, maqsadga yo‘naltirilganligi va samaraliligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, huquqiy tartibga solish o‘ziga xos ta’sir etish vositalari (mexanizmi) orqali amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi idoraning yuridik normalar yaratishdan ko‘zlagan maqsadi xuddi ana shu huquqiy ta’sir etish vositalari yordamida ro‘yobga chiqariladi.
Huquqning ijtimoiy munosabatlar regulyatori ekanligi huquqshunoslik fanida uzil-kesil tan olingan. Huquqning asosiy vazifasi ham uning regulyatorlik (ya’ni, tartibga soluvchilik) tabiatidan kelib chiqadi. Huquq (qonun) hayotiy munosabatlarni tartibga solar ekan, ularning amal qilishi va rivojlanishi uchun aniq me’yor o‘rnatadi. Shu yo‘l bilan ularni jamiyat va davlat manfaatlari nuqtayi nazaridan tartibga soladi, me’yorlaydi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, jamiyatni tubdan yangilash, modernizatsiyalash, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy-ma’naviy sohada keng qamrovli islohotlar yo‘lini tutdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – ijtimoiy adolatni ta’minlovchi demokratik davlatni qaror toptirishdir.
Ana shu ustuvor maqsad mazmunidan kelib chiqib aytish mumkinki, demokratik islohotlar va huquqiy davlatchilik barpo etishning hozirgi bosqichida davlat hamda jamiyat hayotining qonuniy zaminini mustahkamlash, yangi tuzumga xos ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish – strategik yo‘nalishdir. Amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan huquqiy tartibga solishning holatiga bog‘liqdir. Islohotlar va modernizatsiyalash jarayonlari rivojlanib va chuqurlashib borgani sari, ularning huquqiy negizi takomillashtirilib boriladi, qabul qilingan qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. Bu hol qonunlarning ta’sirchanligi va samarasini oshirish imkonini beradi.
Davlat qonun, farmon va hukumat qarorlarini qabul qilish yo‘li bilan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarning borishini huquqiy jihatdan jadal va qat’iy tartibga solish, iqtisodiyotning hamda siyosiy tizimning muhim bo‘g‘inlari barcha jabhalarini takomillashtirishni amalga oshiradi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari infratuzilmasini shakllantirishning huquqiy poydevori yaratildi. Xususan, «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida», «Tadbirkorlik to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida», «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «Bankrotlik to‘g‘risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida», «Lizing to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunlar, Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona, Budjet kodeksi va boshqa normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Yuridik adabiyotda huquqning regulyatorlik funksiyasi turlicha talqin etiladi. Ba’zan yuridik shaklga ortiqcha o‘rin berilib, huquqiy tartibga solish mexanizmi tarkibiga huquq ijodkorlik jarayoni ham qo‘shib yuboriladi. Bu mantiqqa muvofiq emas. Chunki gap ikkita mustaqil huquqiy hodisa (institut) haqida bormoqda. Demak, xuddi «huquq normasi» ni «huquqiy tartibot» tushunchasiga qo‘shib bo‘lmaganidek, huquq yaratish jarayonini huquqiy tartibga solish mexanizmiga qo‘shish mumkin emas. Xulosa shuki, huquqning imkoniyatlarini, yuridik shaklning ahamiyatini haddan oshirib, obyektiv ijtimoiy munosabatlarning ustuvor belgilovchi rolini, ta’sischi xarakterini nazardan qochirish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Huquqiy tartibga solish ko‘lamini ta’riflashda olimlar ikki guruhga ajraladilar. Ba’zi olimlar huquqiy tartibga solishda yuridik normalar faqat huquqiy munosabatlar (shakli, modeli) orqali ta’sir etadi, deb hisoblaydilar. Bu fikr tarafdorlari subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarning mavjudligini mutlaq va nisbiy huquqiy munosabatlar mavjudligi bilan bog‘laydilar. Professorlar S.S. Alekseev va N.I. Matuzovlar huquqiy tartibga solish huquqiy munosabatlar orqali amalga oshadi, degan fikrni quvvatlab, ayni paytda, absolyut va nisbiy huquqiy munosabatlarga «umumiy huquqiy munosabatlar» ni ham qo‘shadilar. Biroq, huquqiy tartibga solish faqat huquqiy munosabatlar bilan chegaralab qo‘yilsa, uning tartibga solish doirasi toraytirib yuborilishi mumkin.
Ikkinchi guruh olimlar fikricha, huquqiy tartibga solish huquqiy muno sabatlar doirasidan tashqariga chiqadi, ancha kengroq ko‘lamda harakatlanadi. Bunday yondashuv so‘nggi yillarda yuridik ilmiy jamoatchilik tomonidan ustuvor nuqtayi nazar sifatida tan olinmoqda. Masalan, akademik Sh.Z. O‘razayev, professorlar Z.M. Islomov, M.M. Fayziyev, U. Tojixonov, S.N. Bratus, A.V. Mitskevich va boshqalar subyektiv huquq huquqiy munosabatdan tashqarida ham mavjudligini ishonarli tarzda isbot qiladilar.
Mazkur xulosa ilmiy jihatdan nihoyatda muhimdir. Birinchidan, bu xulosa barcha subyektiv huquqlarning (ayniqsa, konstitutsiyaviy huquqlarning) nafaqat huquqiy munosabat orqali, balki undan tashqari ham amalga oshishi va ulardan foydalanish mumkinligini himoya qiladi. Ikkinchidan, u huquq-tartibot huquqiy munosabatlar tizimidangina iborat emasligini, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy maqomini ham qamrab olishini ko‘rsatadi. Uchinchidan, masalaga bunday yondashish obyektiv va subyektiv huquqlarni amalga oshirishning hamma shakliga e’tiborni qaratadi, huquqiy tartibga solish mexanizmini to‘la izohlaydi1.
Shunday qilib, huquqiy tartibga solish ikki shaklda amalga oshadi:

  • huquqiy munosabat orqali;

  • huquqiy munosabatdan tashqarida.

Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning maxsus turi hamda huquqiy tartibga solishning alohida shaklidir.
Huquqiy tartibga solishning ushbu ikki shakli uchun umumiy jihat shundaki, ular faoliyatining asosiy predmeti – hamisha subyektiv huquq bo‘lishidir. Huquqiy tartibga solish faqat kishilarning harakatlariga (faoliyatiga), munosabatlariga qaratiladi. Huquqiy tartibga solish natijasida hamisha real munosabatlar muayyan tarzda me’yorlanadi, «qolip»ga solinadi, barqarorlik kasb etadi. Muhimi, bu munosabatlar davlat tomonidan muhofazalanadi.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish aniq usullar yordamida amalga oshiriladi. Huquqiy tartibga solish usuli huquqiy tartibga solish predmetiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning yo‘llari yig‘indisi huquqiy tartibga solish metodi (usuli) deb ataladi. Huquqiy tartibga solish metodining ikki turi, ya’ni: avtonomiya metodi va avtoritar (geteronomiya) metodlari mavjud.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish