Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet138/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Gipoteza – huquq normasining dastlabki tarkibiy elementi bo‘lib, u ushbu huquqiy normaning qanday sharoitlarda harakatga kelishi va uning dispozitsiyasi qanday sharoitlarda amalga oshishini belgilovchi hayotiy shart-
17–18-8
sharoit va mavjud vaziyatni ko‘rsatadi, ya’ni huquq normasida belgilangan xatti-harakat qanday sharoitlarda bajarilishi mumkin va lozimligini bildiradi. Gipotezada huquq normasida belgilangan qoida qay sharoitda va qay holatda hamda kim tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Gipoteza huquqiy normaning bir qismi bo‘lib, unda dispozitsiyada ko‘rsatilgan qoidaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan aniq hayotiy holatlar (voqea, harakat, hodisalar), shart-sharoitlar o‘z ifodasini topadi. Masalan, fuqarolik huquqi normasi fuqarolarning muomala layoqati qaysi holda to‘la vujudga kelishini ko‘rsatadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasida «Fuqaroning to‘liq muomala layoqati u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga yetgach, to‘la hajmda vujudga keladi», degan qoida mustahkamlangan. Yana bir misol: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasida «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar», deb qayd etilgan. Birinchi misolda qonunlarning «voyaga yetgan», ikkinchi misolda esa, «voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar» deyilgan qismi ushbu huquq normalarining gipotezasidir, ya’ni «Qachon? Qay holatlarda qo‘llaniladi?» degan savolga javob ifodalangan. Normaning gipotezasida mustahkamlangan abstrakt ifodalangan har bir vaziyat xulq-atvor qoidasiga «hayotbaxsh» ta’sir etib, uni alohida darajaga ko‘taradi. Boshqacha aytganda, gipoteza yuridik normani harakatga keltirish sharti va omilidir.
Huquq normasining tarkibiy tuzilishi elementi sifatida gipoteza oddiy, murakkab va alternativ (muqobil) turlarga bo‘linadi. Agar gipotezada bironbir holatning mavjudligi yoki mavjud emasligi ko‘rsatilishi yuridik normaning harakati bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda bunday gipoteza oddiy gipoteza deb ataladi. Masalan, «Fuqarolik to‘g‘risida» gi qonunda bayon etilganidek, «Bola, agar uning ota-onasi u tug‘ilishi paytida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan bo‘lsalar (gipoteza), bola qayerda tug‘ilishidan qat’i nazar, O‘zbekiston fuqarosi bo‘ladi».
Agar gipoteza huquq normasining harakatini bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ko‘proq holatlarning bor-yo‘qligiga bog‘liq qilib qo‘ysa, u murakkab gipoteza deb ataladi.
Yuqorida fuqarolik to‘g‘risidagi qonunda bayon qilingan gipoteza aynan shundaydir: «O‘zbekiston hududida tug‘ilgan bola (birinchi holat), fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslardan tug‘ilgan bo‘lsa (ikkinchi holat), u O‘zbekiston fuqarosi bo‘ladi».
Yuridik normaning harakati qonunda sanab o‘tilgan bir necha holatlardan biriga (u yoki bunisiga) bog‘liq bo‘lsa, unda alternativ gipoteza deyiladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish