Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet275/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Davlat va huquq
3-§.nazariyasining umumnazariy
muammolari

1. So‘nggi yillarda davlat va huquq nazariyasi fanining umumnazariy arsenali yangi kategoriyalar hisobiga boyimoqda. Jumladan, «huquqiy makon», «huquqiy

muhit», «huquqiy maydon», «huquqiy siyo-
sat», «huquqiy strategiya», «yuridik jarayon», «yuridik prognozlash», «yuridik amaliyot» kabi tushunchalar fanimiz tahlil doirasiga kirib, uning ilmiy apparatini yanada rivojlantirmoqda.

  1. Mamlakatimiz huquqiy tizimida ro‘y berayotgan liberallashtirish jarayonlari tendensiyalarini, uning qonuniyatlari va ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy tahlil qilish, shuningdek, huquq va qonunchilikning barcha sohalarini yanada liberallashtirish, insonparvarlashtirish sohasida hali foydalanilmagan salohiyat va yangi imkoniyatlarni izlab topish borasida tadqiqotlar olib borish lozim. Huquqiy islohotlar va huquqiy siyosatning ilmiy konsepsiyasini (Davlat dasturi) yaratish maqsadga muvofiq.

  2. Ijtimoiy hayotimizda huquqiy g‘oyalar va ideallar normativ tarzda rasmiylashtirilgan huquqiy prinsiplar sifatida namoyon bo‘ladi. Huquqiy prinsiplarning qaror topishi va hayotiy munosabatlar mazmuniga joriy etilishi, singdirilishi hamisha dolzarblik kasb etadi. Barcha huquqiy prinsiplarni tizimli, kompleks tadqiq etish bilan bir qatorda, biz uchun o‘ta muhim bo‘lgan «huquq ustuvorligi» va «qonunning ustunligi» prinsiplarining nisbatini ilmiy-nazariy isbotlash huquqiy tafakkurimizni yangi bosqichga ko‘taradi. Shu bilan birga, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashning yuridik, ijtimoiy, g‘oyaviy mexanizmlarini tahlil etish nihoyatda dolzarb bo‘lib, ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik.

  3. Puxta o‘ylangan, oqilona, barqaror huquqiy siyosat hamisha ilmiy asoslangan izchil yuridik prognozlashga asoslanadi. Mamlakatimizda yuritilayotgan huquqiy siyosatni tavsiflashda quyidagi muhim jihatlarni qayd etish mumkin. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiquvchi subyektlarning huquqiy siyosat izchilligiga oid ilmiy tavsiyalarga e’tiborini kuchaytirish va huquqiy siyosatni amalga oshirishda yuridik prognozlashdan samarali foydalanish zarur. Yuridik prognozlash (ayniqsa, huquq ijodkorligi sohasidagi prognoz) jarayonining tashkiliy-huquqiy negizi, huquqiy hodisalarga bashorat tarzida baho berish usullari va metodlarini takomillashtirish dolzarb vazifadir.

  4. Davlat qurilishi sohasini erkinlashtirish, siyosiy va huquqiy tizimlarni modernizatsiya qilish, shu jumladan sud-huquqiy tizimni liberallashtirishning ilmiy asoslangan oqilona mexanizmlarini, hayotiy shakl, usul va yo‘llarini izlash, tegishli ilmiy-nazariy hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish o‘ta ahamiyatli vazifadir. Shu bilan birga, davlat boshqaruvini yanada optimallashtirishga yo‘naltirilgan ma’muriy islohotlarning mohiyatini anglash, bunday islohotning ilmiy asoslangan istiqbolli dasturini yaratish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi” tasdiqlandi. Konsepsiyaga asosan, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, ijro etuvchi hokimiyat organlarini isloh qilishning 6 ta ustuvor yo‘nalishi belgilandi: birinchi yo‘nalish – ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; ikkinchi yo‘nalish – ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari(funksiyalari, vakolatlari)ni, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohasini aniqlashtirish, muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik jarayonlarini takomillashtirish; uchinchi yo‘nalish – iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish; to‘rtinchi yo‘nalish – vеrtikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mеxanizmlarini takomillashtirish; bеshinchi yo‘nalish – davlat boshqaruvi tizimiga stratеgik rеjalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va tеxnologiyalarni joriy etish; oltinchi yo‘nalish – profеssional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mеxanizmlarini joriy etish.
Mazkur yo‘nalishlardagi vazifalarni amalga oshirish natijasida ijroiya hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish va isloh qilishning aniq zamonaviy mеzonlari joriy etiladi; barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial yangi tizimi joriy etiladi; davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish amalga oshiriladi; iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirni qisqartirish va boshqaruvning bozor mеxanizmlarini kеngaytirishga erishiladi; aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillari optimallashtiriladi; ijroiya hokimiyat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ta’minlanadi.
Shubhasiz, ma’muriy islohotlar konsеpsiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, innovatsion rivojlanishning zamonaviy tеndеnsiyalari va jahon standartlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimini modеrnizatsiya qilishga yangi kuch bag‘ishlaydi.

  1. Milliy huquqshunosligimizda yangi huquq sohalari paydo bo‘layotganligi davrning muhim tendensiyasidir. Jumladan, so‘nggi vaqtlarda ekologiya huquqi, soliq huquqi, bojxona huquqi, tadbirkorlik huquqi, bank huquqi, korporativ huquq kabi qator yangi huquq sohalari «shakllantirilmoqda». Bunda ba’zan subyektivizm ustunlik qilib, har bir huquq sohasini ajratish va alohida rasmiylashtirishda zamindor mezon hisoblanmish «huquqiy tartibga solish predmeti» va «huquqiy tartibga solish usuli»ni «ajralib chiqayotgan» yangi huquq sohasiga tatbiqan aniqlashga yetarli e’tibor berilmayapti yoki tegishli nazariy malaka yetishmayapti.

Shuningdek, huquqshunosligimizda «huquq» bilan «qonun»ni bir-biridan farqlamaslik holatlari mavjud. Undan kelib chiqib ko‘pchilik tadqiqotchilar «huquq sohasi» va «qonunchilik sohasi» hodisalarini yetarlicha farqlamaydilar. Bu nazariy uquvsizlik oqibatida ba’zi olimlarimiz «huquqning kompleks sohasi» bor, deb da’vo qilmoqdalar. Аslida esa, kompleks sohalar faqat qonunchilikda mavjud bo‘lishi mumkin (masalan, transport qonunchiligi, kapital qurilish qonunchiligi va boshqalar).

  1. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida davlat va huquq hodisalariga aksiologik yondashuv, ya’ni qadriyatlar tizimi mezonlari asosida baho berish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Qadriyatli talqin tufayli davlat va huquqning yangi qirralarini, jamiyatni uyushtiruvchi, rivojlantiruvchi jihatlari, bunyodkorlik salohiyati ochiladi. Shu yo‘nalishda izlanishlar olib borib, fuqarolik jamiyatiga mos huquqiy qadriyatlar tizimini shakllantirish, huquqning (qonunning) yuksak nufuzli ijtimoiy qadriyat ekanligini ilmiy jihatdan isbotlash, shuningdek davlat va huquqqa qadriyat tarzida yondashuvchi yuridik aksiologiya ilmiy yo‘nalishini rivojlantirish lozim. Huquqni (qonunni) o‘rganishning ma’naviy-axloqiy jihatlarini teran tahlil etish, aholi turli qatlamlari huquqiy madaniyatini yuksaltirishning sotsiologik negizlarini mustahkamlash yo‘llarini izlash, siyosiy faollik, siyosiy madaniyat bilan huquqiy madaniyatning o‘zaro nisbatini aniqlovchi tadqiqotlarni amalga oshirish ham muhimdir.

  2. Horijiy mamlakatlar yurisprudensiyasida huquq hodisasining sotsiologik talqiniga katta e’tibor qaratib kelinayotganligi ma’lum. Аfsuski, mamlakatimiz yurisprudensiyasida huquq amal qilishining sotsial mexanizmi tahliliga, huquq ijodkorligi(shu jumladan, qonun ijodkorligi)ni sotsiologik ta’minlash masalalariga, huquqni qo‘llashning ijtimoiy omillariga lozim darajada e’tibor qaratilmayapti. Vaholanki, ijtimoiy hayot bilan bog‘lamasdan turib davlat hodisalari va huquqiy institutlarning harakati hamda rivojlanishini to‘la tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois, «huquqiy siyosat sotsiologiyasi», «qonunchilik sotsiologiyasi», «huquqiy ongning sotsiologik tahlili», «huquqiy munosabatlar sotsiologiyasi», «huquqiy tarbiyaning sotsial jihatlari», huquqbuzar shaxsning sotsial portretini yaratish (profayling usuliga e’tibor qaratish), «qonunni qo‘llashning sotsial mexanizmi» kabi dolzarb mavzular ustida ilmiy tadqiqot ishlarini faollashtirish lozim.



Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish