Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


XXIV bob. FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQIY DAVLAT



Download 1,37 Mb.
bet260/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

XXIV bob. FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQIY DAVLAT


Fuqarolik jamiyati Fuqarolik jamiyati insoniyat tarixiy
1-§.tushunchasi va taraqqiyotining alohida yetuklik davri sifamohiyati tida uning ma’rifiy shakllanish, komillikka erishish va ravnaq topish bosqichlarini o‘z
qamroviga oladi. Bunday ideal jamiyat haqidagi g‘oyaning paydo bo‘lishidan uning hayotiy voqelikka aylanishigacha bo‘lgan amaliyotni ilmiy jihatdan tahlil etish hozirgi kunning dolzarb mavzusidir. Bashariyat o‘z tamaddunida ulkan taraqqiyot darajasiga erishganligiga qaramay, bugunga qadar fuqarolik jamiyati g‘oyasining tub ma’nosi, mohiyati bo‘yicha yagona nuqtayi nazar shakllanmadi, uning yagona ilmiy ta’rifini yaratishga erishilmadi. Xo‘sh, «fuqarolik jamiyati» kategoriyasining ma’no-mazmuni, ilmiy talqini, mohiyatiga oid xususiyat-belgilari qanday? Bu borada adabiyotlarda, jumladan, huquqshunoslik sohasidagi adabiyotlarda qanday fikr-mulohazalar mavjud, degan savollar o‘zining ilmiy yechimini kutmoqda.
Fuqarolik jamiyati qadimdan alloma – mutafakkirlar nazdida jamiyat va davlat siyosiy tuzumining adolat, erkinlik, tafakkur zamiriga qurilgan ideal namunasi tarzida ifodalanib kelgan. Masalan, Aristotel jamiyatni davlatdan alohida tasavvur etmagan; davlatni fuqarolarning umumiy jamoasi deb ta’riflagan. «Davlat fuqarolar yig‘indisining o‘z ehtiyojlarini yetarli darajada qondirish qobiliyatiga ega bo‘lib yashashidir». Mark Tulliy Sitseron jamiyatda fuqarolarning huquqiy jihatdan tengligini isbotlashga uringan: «… qonun fuqarolik jamiyatini bog‘lovchi bo‘g‘ini, huquq esa, qonun bilan o‘rnatilib, barcha uchun bir xil bo‘ladi». Taraqqiyotning bu bosqichida fuqarolik jamiyati davlat bilan aynan bir deb e’tirof etilgan.
«Fuqarolik jamiyati» tushunchasi tarixan insoniyat taraqqiyotining turli davrlarida yashagan mutafakkirlarning adolatli ijtimoiy tuzum modelini yaratish yo‘lidagi intilishlari bilan tavsiflanadigan alohida bir davrni aks ettiradi.
Hozirgi sharoitda fuqarolik jamiyatini barpo etish dunyodagi aksariyat davlatlarning siyosiy dasturlarida, konstitutsiyalarida mustahkamlangan maqsadiga aylangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ham mustaqilikka erishgach, o‘z oldiga adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini strategik maqsad qilib belgiladi. Zotan, mamlakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat prinsiplariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘lmog‘i lozim.
Konstitutsiyaning mazmun va mohiyatidan shu narsa qat’iy ayonki, mamlakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat prinsiplariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir»1. U yana quyidagilarga e’tiborni qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi»23.
Xo‘sh, fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, u qanday jamiyat?
Eng umumiy tarzda lo‘nda ta’rif beriladigan bo‘lsa, fuqarolik jamiyati – ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvidan, ma’muriy tazyiqlardan holi bo‘lgan hamda insonlarning xususiy turmush sohasini tashkil etuvchi munosabatlar majmuidir. Hozirgi davrda falsafiy, siyosiy va yuridik adabiyotlarda fuqarolik jamiyatini ta’rif va tavsif etishga faol harakat qilinmoqda. Bu ta’riflardan ba’zilarini talqin etaylik.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish