Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Huquqiy 4-§. madaniyat va uning tuzilishi



Download 1,37 Mb.
bet153/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy 4-§. madaniyat va uning tuzilishi

Huquqshunoslikda huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat kategoriyalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu

tushunchalar bir-birini to‘ldiradi va o‘zaro uz-
viy aloqadordir. Huquqiy madaniyat – huquqiy ong va huquqiy tarbiyaning mahsuli. «Huquqiy madaniyat» tushunchasiga tavsif berishdan oldin «madaniyat» iborasining mazmun va mohiyatini tushunib olish maqsadga muvofiqdir, chunki huquqiy madaniyat «huquq» va «madaniyat» kabi tushunchalarning birlashmasi natijasida yuzaga kelgan va shakllangan. Madaniyatning umumiy ta’rifiga nazar tashlasak, bugungi kunda ijtimoiy fanlar doirasida «madaniyat» tushunchasi turli-tuman, qarama-qarshi talqin va fikrlarga boy bo‘lgan boshqa ijtimoiy hodisani topish qiyin.
Misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, chet ellik olimlarning hisobkitoblariga qaraganda, 1919-yilga qadar «madaniyat» tushunchasiga yettita ta’rif berilgan, 1950-yilga kelib bu son 164 taga, 1970-yillarda esa – 250 taga yetgan1. Amerikalik olimlar A. Kreber va K. Klakxonlar esa, 1950-yillarning boshida «madaniyat» tushunchasining 257 ta ta’rifi mavjudligini ta’kidlaganlar2.
Ijtimoiy fanlar miqyosida madaniyatga oid yondashuvlarni antropologik, sotsiologik yondashuv va falsafiy yondashuv3 kabi uch guruhga bo‘lish mumkin. Antropologik yondashuvda madaniyat tabiat yaratgan narsalardan farqli ravishda, inson tomonidan yaratilgan ne’matlarning yig‘indisi deb tushuniladi. Sotsiologik yondashuv esa, madaniyatni ma’naviy qadriyat deb talqin etadi. Bu yerda madaniyat ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida qatnashadi. Falsafiy yondashuvda madaniy hodisalar ijtimoiy rivojlanishga bog‘liq bo‘lmagan, sof tahliliy holda ajratilib ko‘rsatiladi.
Madaniyat ijtimoiy hayotning xilma-xil tomonlari va doiralarining namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Uning afzalligi «madaniy» va «huquqiy madaniyat» ni hayotda qo‘llanish hollariga qarab taqqoslaganda yanada aniq ko‘rinadi. Huquqiy madaniyat jamiyat va shaxsning huquqiy holati timsolida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan alohida ijtimoiy hodisadir. Huquqiy madaniyat nazariyasiga oid barcha muammolar atroflicha o‘rganilishi zarur. Shu bilan birga, har bir muayyan holatda madaniyatning turlicha ko‘rinishlarini tushunishda qat’iy belgilanadigan u yoki bu jihati ustun bo‘ladi. Chunonchi, huquqiy hayotda, ma’rifatparvarlikning shakllanishini ta’minlashda, inson omilini oshirish nuqtayi nazaridan yondashilganda, avvalambor, huquqiy madaniyatning mazmuniga e’tibor qaratish zarurligi namoyon bo‘ladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish