Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi



Download 1,37 Mb.
bet102/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Mazkur prinsip quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, mamlakatda barcha fuqarolar teng holat va maqomga egaligi. Davlat o‘z qonunlari bilan fuqarolarga bir xil sharoit va teng imkoniyatlar yaratib beradi. Hamma bir xil huquq va majburiyatlarga ega. Biroq, ulardan foydalanish amalda turlicha bo‘ladi. Masalan, birov oliy o‘quv yurtiga kiradi, boshqa fuqaro esa, bu huquqdan foydalanmaydi. Ikkinchidan, bu prinsip umumfuqaroviy huquqlarning tengligida ifodalanadi. Bu huquqlar, avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi. Bular fuqarolarning saylov huquqi va saylanish huquqi, mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi, tibbiy yordamdan foydalanish huquqi, turar joyga, xususiy mulkka ega bo‘lish huquqi va hokazolar. Uchinchidan, bu prinsip fuqarolarning qonun oldida birdek mas’ulligida ifodalanadi. Qonunni buzgan har bir fuqaro, har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs) istisnosiz o‘z qilmishi uchun javob berishi shart.
Davlat va shaxsning o‘zaro mas’ulligi prinsipi. Davlat bilan shaxs bir-biri bilan muayyan huquq va majburiyatlar orqali bog‘liq bo‘lishi lozim. Bu demokratik siyosiy tizim va adolatli davlat boshqaruvining muhim talablaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ana shu talab o‘z ifodasini topgan: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas» (19-modda). Ayni vaqtda, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
O‘z navbatida, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy itoat etishlari, jamiyat manfaatlariga muvofiq ish tutishlari, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, qonun bilan belgilangan soliqlarni to‘lashlari lozim. Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart (20-modda). Basharti, bir tomondan, davlat, davlat organlari va mansabdor shaxslar, ikkinchi tomondan, fuqarolar o‘z zimmalaridagi qonuniy majburiyatlarini buzsalar, tegishli yuridik javobgarlik kelib chiqadi. Bunday hollarda fuqaro davlat oldida, davlat esa (o‘z mansabdor shaxslari va organlari orqali) fuqaro oldida qonunda belgilangan majburiyatlarni bajaradi. Mazkur yuridik munosabat hamda aloqadorlik huquqiy davlat barpo etishning zaruriy shartidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu yerda gap «davlat suvereniteti» va «shaxs suvereniteti»ning o‘zaro dialektik aloqadorligi, bog‘liqligi xususida bormoqda.
Umumiy huquqiy prinsiplar qatoriga, shuningdek, ijtimoiy adolat, teng huquqlilik, huquq va majburiyatlar birligi, huquqning ustuvorligi kabilar ham kiradi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish