Odil sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati haqidagi qonunchilikning axloqiy asoslari Reja



Download 24,13 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi24,13 Kb.
#11837

Aim.uz

Odil sudlov va huquqni muhofaza qilish faoliyati haqidagi qonunchilikning axloqiy asoslari

Reja:

1. Inson huquqlari haqidagi xalqaro-huquqiy normalarning axloqiy asoslari.

2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni.

3. O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining axloqiy mazmuni.




  1. Inson huquqlari haqidagi xalqaro-huquqiy normalarning axloqiy asoslari.

Odil sudlov davlat faoliyatinig bir turi hisoblanadi. Odil sudlovni amalga oshirish insonning huquq va manfaatini himoya qilishga, adolatni ta’minlashga chaqiriladi. Bunday muhim vazifani bajarish uchun esa odil sudlov huquqiy va axloqiy asoslarga suyanishi kerak bo’ladi. Odilsudlovda esa qonuniylik bilan axloqiylik ajratib bo’lmas birlikda bo’ladi. Qonun axloqiylik talablariga javob berishi lozim, uning sud tomonidan qo’llanishi esa axloqiy normalarga sid bo’lmasligi kerak. Qonuniylik va axloqiylikning birligi inson huquqi va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qiladi. Shaxsning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash odil sudlovning bosh axloqiy vazifasini ifoda etadi va bunga xalqaro hamjamiyat alohida ahamiyat berib kelmoqda.

Inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarning axloqiy mazmuni qiziqish uyg’atadi, chunki ularda mujassamlangan axloqiy tamoil va normalar O’zbekiston qonunchiligini isloh qilish asosiga qo’yilgan. Bu holat O’zbkistonda inson huquqlari sohasida ijobiy ishlar olib borilayotganligining belgisidir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan ushbu huquq va erkinliklar oily qadriyat hisoblanadi, qonunlarni qo’llashning mazmunini, mohiyatini, davlat hokimiyati organlarining faoliyatini aynan ular aniqlab berishi lozim.

O’rganilganda inson huquqlari bo’yicha har davrlarda, turli xil mamlakatlarda qabul qilingan yuridik aktlar o’rganib chiqilganda ildizi inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro huquqdan kelib chiqib qabul qilinganligini bildiradi. Faqat sud hukmi bilan aybdor deb topish, huquqbuzarlik bilan jazoning mutanosibligi, aybsizlik prezumptsiyasi, so’zga chiqish erkinligi, so’z erkinligi, matbuot erkinligi, vijdon erkinligi, mamlakatdan chiqib ketish va qaytib kelish, mansabdor shaxslarning fuqarolarning huquqlarini buzganligi uchun javobgarligi birinchi marotaba Buyuk ozodlik xartiyasida (1215) kiritilgan edi, angliyaning Huquqlar to’g’risidagi Billda, Fuqaro va inson huquqlari Dekloratsiyasida rivojlantirilgan. Bu o’rinda qadimgi grek faylasoflarining ijtimoiy adolat va tenglik to’g’risidagi g’oyalarni aytib o’tish o’rinli bo’ladi.

Davlatlarning inson huquqlari bo’yicha hamkorligiga Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan millatlar tashkilotining tashkil etilishi bilan asos solindi. Birlashgan millatlar tashkilotining Ustavida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va insonparvarlik xususiyatidagi muommalarni hal qilish bo’yicha xalqaro munosabatlarni amalgam oshirish va barchaning millati, jinsi, tili, dinidan qat’i nazar inson huquqlariga va asosiy erkinliklariga hurmatni rag’batlantirish va kuchaytirish belgilab qo’yilgan bo’lib qo’yilgan. Xalqaro munosabatlar tarixida inson huquqlari bo’yicha davlatlarning keng hamkorligiga asos solgan ko’p tomonlamalik birinchi shartnoma bu BMTning Ustavi bo’ldi. BMTning Ustavi davlatlar zimmasiga biron bir kamsitishlarga yo’l qo’masdan insonning asosiy huquq va erkinligiga rioya qilish yuridik majburiyatini yuklagan.

BMT birinchi bosqichda inson huquqlari to’g’risidagi Xalqaro Bill uchta hujjatdan iborat bo’lishligi haqida qaror qabul qildi. Birinchisi inson huquqlari haqida Dekloratsiya, ikkinchsi inson huquqlari to’g’risida Pakt va uchinchisi Paktni to’ldirish choralari haqida.

1948 yilning 10 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tantanali ravishda Inson huquqlari bo’yicha Umumjahon Dekloratsiyasini qabul qildi. O’sha paytdan boshlab 10 dekabr butun dunyoda inson huquqlari kuni tariqasida nishonlanib kelmoqda.

Inson huquqlari bo’yicha Umumjahon Dekloratsiyasi tomonidan elon qilingan demokratik normalar va tamoillar milliy qonunchilikning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Urushdan keyingi Italiya, Yaponiya, GFR konstitutsiyalarida inson huquqlari alohida maxsus bo’limlarda berilhan. Frantsiyada asosiy siyosiy va fuqrolik huquqlari 1946 yildagi Konstitutsiyasining muqaddimasida berilgan.

Butunjahon Dekloratsiyasini qabul qilgandan ko’p o’tmay Bosh Assambleya o’zining birlamchi qarorini bekor qilib, inson huquqlari bo’yicha bitta Pakt o’rniga ikkita Pakt qabul qilishni taklif etgan. Natijada Bosh Assambleya 1966 yilda ikkita shartnoma qabul qildi, bular Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Pakt va Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi Pakt.. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Pakt ga asosan Inson huquqlari bo’icha Komitet tuzilgan bo’lib, Paktda tan olingan huquqlarni hayotga tatbiq etish bo’yicha ko’rilhan choralar bo’yicha hisobotlar, ayrim shaxslarning shuningdek davlatlararo shikoyatlarni ko’rlb chiqadi. 1989 yilning 15 dekabrida Bosh Assambleya Xalqaro Paktda o’lim jazosini bekor qilish haqidagi ikkinchi fakultativ Protokolni qabul qildi.

1949 yilda tashkil etilgan Evropa Kengashi eng birinchi regional tashkilotlardan hisoblanadi. Bu tashkilot doirasida inson huquqlari bo’yicha 150 dan ortiq konventsiya va bayonnomalar qabul qilingan.

Evropa konventsiyasi 1948 yildagi Inson huquqlari bo’yicha Umumjahon Dekloratsiyasining o’ziga xos davomi va rivoji bo’ldi. Ammo Umumjahon Dekloratsiyadan farqli o’laroq Konventsiya nafaqat asosiy huquqlarni elon qildi, balki ularni himoya qilishning mexanizmini ham ishlab chiqdi. Avval bosgda bu mexanizm o’z ichiga uchta organni oldi, qaysikim Konventsiya ishtirokchi davlatlar tomonidan majburiatlarga amal qilishni nazorat qildi. Bular Inson huquqlari bo’yicha Evropa komissiyasi, inson huquqlari bo’yicha Evropa Sudi, Evropa Kengashining minisrlar komiteti.

1998 yilning 1 noyabridan boshlab birinchi ikki organ doimiy harakatda bo’lgan inson huquqlari bo’yicha Evropa Sudi bilan almashtirilgan. Inson huquqlari bo’yicha Evropa Sudi Strasburgda (Frantsiya) Inson huquqlari Saroida joylashgan, Evropa Kengashining o’zi ham shu erda joylashgan. Evropa Sudi 1959 yilda ish boshlagan. Konventsiyadagi normalar, tamoillar davlatning huquqiy vakolati doirasini sezilarli cheklaydi, fuqarolik jamiyatining demokratik tuzilmalarining rivoji uchun va insonning asosiy huquq va erkinligini ta’minlashga asos bo’lib xizmat qiladi.

2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining axloqiy mazmuni.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat tarixida huquq va erkinlik sohasida xalqaro standartlarning, xorijiy mamlakatlarning demokratik qonunchiligi ta’siri, tajribasi asosida tuzilgan, inson huquq va erkinlligining keng turlarini o’z ichiga olgan huquqiy hujjat hisoblanadi.

Konstitutsiyaning muqaddimasida inson huquqlariga sodiqligini tantanali ravishda elon qilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum etirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko’zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida O’zbekiston xalqi maskur Konstitutsiyani qabul qilganligi alohida qayd etilganligi buning aynan dalili hisoblanadi.

Konstitutsiyaning 13-moddasida O’bekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qjnunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo’yilgan.

Konstitutsiyaning 17-moddasida O’bekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub’ektidir va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalariga asoslanishi ko’rsatib o’tilgan.

Konstitutsiyaning 18-moddasida O’bekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’I nazar, qonun oldida tengdirlar, ta’kidlangan va davlat tomonidan barcha fuqarolarning huquq va erkinlari kafolatlanadi va himoya qilinishi belgilangan, 19-moddasida fuqarolarning Konstitutsiya va qjnunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklaab qo’yishga hech kim haqli emasligi alohida belgilab qo’ylgan, 22-moddasida O’bekiston Respublikasi o’z hududida ham, uning tashqarisida ham o’z fuqoralarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko’rsatishni kafolatlaydi va fuqarlik pasportida “Ushbu pasportning egasi O’bekiston Respublikasining himoyasidadir” yozib qo’yilgan, 25-moddada esa har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mimkin emasligi alohida qayd etilgan, 27- moddasida har kim o’z sha’ni va obr’siga qilingan tojovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligigi huquqiga egaligi belgilangan, 43-moddasida esa davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi, deb, davlatning mas’ulligi belgilab qoyilgan.

Umuman olganda, muhim xalqaro-huquqiy hujjatlarning axloqiy-huquqiy qadriyatlarini tan olgan, qabul qilgan holda O’bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o’zbekiston qonunchiligining asosini jiddiy takomillashtirganligini ko’rib turibmiz.

3. O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining axloqiy mazmuni.

O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining axloqiy mazmuni jinyat-protsessual qonunchilikning ayrim qat’iy normalari bilan tanishish barobarinda yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasining yangi jinoyat-protsessual kodeksi “Jinoyat protsessi printsiplari” deb nomlangan maxsus 2-bob mavjud.

Ma’lumki jinoyat protsessual qonuunchilikda adolad faqat qonuniylik tamoilining ishlashi sharoitlaridagina ta’minlanadi.

Chuqur axloqiy mazmunga ega bo’lgan Jinoyat-prorsessual kodeksning qonuniylik tamoiliga bag’ishlangan 11-moddadasida sud’ya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shartligi belgilab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning konstitutsion tamoillaridan hisoblangan “Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish” deb nomlangan 9-moddasi axloqiy-etik jihatdan juda dolzarb hisoblanadi, chunki jinoyat sudlob ishini yuritisgda turli xil majburlav choralarini qo’llash imkoniyati bilan shaxsning bir qator huquqlari va erkinliklarining harakatini cheklash bilan bog’liq. Bu o’rinda Jinoyat-prorsessual kodeksning 9-moddasida sud’ya, prokupop, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shartligi belgilangan. Bir qator xalqaro konventsiyalarning qoidalaridan kelib chqib, hech kim qiynoqqa solinishi, zo’rovonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emaslig qat’iy belgilab qo’yilgan.

Inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sog’ligini xaf ostiga qo’yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va ma’naviy azob-uqubat etkazadigan harakatlar qilish yoki bo’lmasa shunday qarorlar chiqarish taqiqlanadi deb belgilanganligi o’ta ahamiyatlidir.

Jinoyat ish yurituvining axloqiy tamoillariiga rioya qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning shaxsning daxlsizligi tamoiligiga bag’ishlangan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish” deb nomlangan 18-moddasi alohida ahamiyatli hisoblanadi va unda jinoyat ishini yuritish uchun mas’uliyatli barcha dalat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shartligi alohida belgilab qo’yilgan.

Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlqnishi mumkin emas;

Sud va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum eetilgan yoki qonun yoki sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan har qanday shaxsni darhol ozod qilish shart, shlab turish muddati ushlangan militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvch boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab ko’pi bilan 72 soatni tashkil rtadi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va etarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qo’shimcha ravishda 48 soatga uzaytirilishi mumkin;

Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, o’zaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefon orqali so’zlashuvlarining sir saqlanishi qonun bilan qo’riqlanishi belgilab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning “Haqiqatni aniqlash” ga bag’islangan 22-moddasida gumon qilinuvchidan, ayblanuvchdan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxalardan zo’rlash, qo’rqitish,huquqlarni cheklash va qonunga xilof bo’lga o’zgacha choralar bilan ko’rsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning “Aybsizlik prezumptsiyasi” deb nomlangan 23-moddasida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi, qat’iy belgilab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning “Sudda ishlarni yuritishda tortishuv” ga bag’ishlangan 25-moddada birinchi instantsiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko’rilayotganda ish yuritish taraflarning o’zaro tortishuvi asosida amalgam oshirilishi belgilangan, 27-moddasida protsess ishtirokchilari va boshqa shaxlar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor bo’lgan korxonalar,muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qo’yilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud’ya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shkoyat berishga haqliligi belgilab qo’yilganligi, asosiy etirof talab qiladi.

Albatta axloqiy mazmunga ega bo’lgan tamoillar O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-prorsessual kodeksning boshqa moddalarida o’z ifodasini topgan. Bu normalar haqida kelgusi ma’ruzalarda o’rganiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Karimov I. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat // “Xalq so’zi”. 2005, 10 dekabr.

  2. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.: O’zbekiston, 2009

  3. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. T.: Adolat, 2001

  4. O’zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi. O’zbekiston Respublikasi 22.09.1994 y. 2015-XII-son Qonuni bilan tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kiritilgan O’zgartirish va qo’shimchalar bilan birgalikda.

  5. O’zbekiston Respublikasining Davlat mustakqilligi asoslari to’g’risida 1991 yil 31 avgust Qonuni // O’zR OKA, 1991, №9-12, 268-m.

  6. O’zbekiston Respublikasi Konstusion sudi sudyasining sha'ni to’g‘risidagi kodeks (O’zbekiston Respublikasi Konstusion sudi qarori bilan tasdiqlangan 05.07.1996 y.)

  7. O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kasb odobnomasi (O’z.Res. Ichki Ishlar Vazirligi 1993 yil 30 dekabr,446-sonli buyruq).

  8. O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimining Kasb odobnomasi ( Kasb odobnomasi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2005 yil 7 apreldagi 45-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan)

  9. “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi 1992 yil 2 iyul Qonuni // O’zR OKA,1992, №9, 338-m

  10. Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyul Qonuni // O’zR OKA, 1992, №9, 344-m.

  11. Jazoni ijro etish muassasalaridan bo’shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma`muriy nazorati to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabr Qonuni // O’zR OKA, 1993, №1, 33-m.

  12. Hojiev E. Samiјjonov F. Ma`muriy qonunchilik tizimi. O’quv qo’llanma. - T.: TDYUI, 2005. - 219 b.

  13. Hudoyberdieva V.J., Hojiev E. Ma`muriy huquq. O’quv qo’llanma.-T.: TDYUI, 2001.

  14. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. T.: Yulduzcha, 1990

  15. Olim Sultonmurod. Navoiy – yoshlarga. T.: “Abu matbuot-konsalt”, 2008

  16. Muqimov Z. Amir Temur tuzuklari (tarixiy-huquqiy tadqiqot). Samarqand.: SamDU, 2008.

  17. Kaykovus. Qobusnoma. T.:”O’qituvchi”, 2006

  18. Boliev A. Rahbar madaniyati. – T.: “Ma'naviyat”, 2002.

  19. Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi. T.: “Yangi asr avlodi”, 2007.

  20. Temur tuzuklari. T.: 1996.

  21. Muhammadiev N. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb etikasi va estetik madaniyati. T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1998.

  22. Nosirxo’jaeva G.A. Etika. Estetika. –T.: TDYuI. 2007

  23. Etika. Ma'ruza matnlari. Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, 2010.

  24. Sher A. Axloqshunoslik. T.: O’zMU, 2010

  25. Krasnikova e.A. Etika i psixologiya professionalnoy deyatelnosti. M., «FORUM», «INFRA-M», 2003

  26. Generalnыe prinsipы etiki advokatov mejdunarodnoy assosiasii yuristov. //Rossiyskaya yustisiya, 1996, № 2

  27. Etika. T.: TDIU, 2008.

  28. Muxammadiev A.A. Sudlar faoliyatini tashkil etish. T.,TDYuI. 2010.

  29. Muxammadiev A.A. Sudlar faoliyatini tashkil etish.T.,TDYuI. 2010.

Muxammadiev A.A. Organizasiya deyatelnosti sudov.T.,TGYuI. 2012.
Download 24,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish