SHTRIXOVKA CHIZIQLARI.
Qirqim yoki shtrixovka chiziqlari ob‘ekt kesilgan yuzasining ko’rinarli qismida
bajariladi. Qirqim chiziqlari orasidagi masofalar bir hil bo’lishi va ingichka tutash chiziq
bilan bajariladi, bu chiziqlar qiyaligi detal konturiga yoki qirqimning o’q chizig’iga nisbatan
45
0
tashkil qiladi.
Qirqim chiziqlarini bajarishda quyidagi qoidalarga rioya qilinishi kerak:
Qirqim chiziqlari detalning kontur chiziqlari yoki simmetriya chiziqlariga nisbatan 45
0
ostida chizilishi kerak.
Qirqim chiziqlari orasidagi masofa bir hil, qirqim berilayotgan ob‘ekt yuzasining
kattaligidan kelib chiqib 1mm dan 3mm gacha bo’lishi mumkin. Ob‘ekt uchun tanlangan
shtrixovka qoidalari orasidagi masofa va og’ish burchagi shu detal uchun bir hil qolishi
kerak.
Shtrixovka chiziqlari orasidagi masofa bir hil bo’lishi uchun 45
0
uchburchak shaffof
chizg’ichga chizilgan yo’naltiruvchi chiziqdan foydalanish mumkin, bu chiziq chizg’ich
chetidan kerakli masofada va parallel joylashishi kerak. 45
0
uchburchak chizg’ichni bir
tomonini boshqa chizg’ichga gorizontal qo’yib, qirqim chizig’ini 45
0
ostida chizib,
chizg’ichni siljitganda avval chizilgan chiziq chizg’ichdagi yo’naltiruvchi chiziqqa to’g’ri
kelishi kerak. Shu yo’l bilan qolgan shtrixovka chiziqlari bajariladi.
Qirqimda kesuvchi tekislik, kovurg’a yoki detalning yupqa qismi bo’ylab kesib o’tsa bu
yupqa qismning qalinligi haqida noto’g’ri tasavvur bo’lmasligi uchun kesuvchi takeslikka
tushgan bu yupqa yuza shtrixlanmaydi. Qirqim ko’rinishida qovurg’a qirqilgandek
tasvirlanadi 6- rasm. Agar kesuvchi tekislik yupqa jismning katta yuzasiga perpendikulyar
joylashsa, (bunda kesilgan jismning yuzasi o’zgarmasa) shtrixovka chiziqlari qirqilgan
yuzada bajariladi.
6-rasm
Yig’ish chizmalarida, yonma-yon joylashgan ikki detal qirqilganda, qirqim chiziqlari
birinchi detal konturiga nisbatan 45
0
ostida va ikkinchi detalda unga qarama-qarshi
yo’nalishda bajariladi. Agar 3-detal ham ikki detal yonida joylashsa, unda shtrix chiziqlar 45
0
ostida bajarilib, chiziqlar orasidagi masofa o’zgaradi. Odatda, qirqilgan kichik yuzaning
shtrix chiziqlari orasidagi masofa kichik va katta yuzalarda bu masofa katta olinadi (7-rasm).
7-rasm
Turli materiallarning shtrixjvkasi- farqlanishi uchun, qirqim chizig’ining turli
standartlari mavjud 8- rasmda Hindiston standartlari tomonidan tavsiya etilgan shtrixlash
turlari ko’rsatilgan.
1
1
M.B.Shah, B.C.Rana. Engineering Drawing, India by Sai Print-O-Pac Pvt.Ltd, India, 260-262 b., mazmunidan foydalanildi.
8-rasm
Mavzuga oid topshiriq
Do'stlaringiz bilan baham: |