Mavjud jadval asosida boshqa jadvalni tuzish. Bizning ma‘lumotlar bazamizda bitta «Modellar» nomli jadval bor. Endi mijozlarning ism – shariflari, manzillari, ularning buyurtmalari haqidagi ma‘lumotlar jam bo’lgan ikkinchi jadval «Mijozlar» jadvalini tuzishga kirishamiz.
Maqsad: «Mijozlar» jadvalini, «Modellar» jadvali bilan bog‘lash.
Model kodi asosida har bir mijoz uchun, «Modellar» jadvalidan buyurtma berilgan avtomobil haqida kerakli axborotlarni olish mumkin.
Xuddi birinchi jadvalni tuzgandek yana bitta «Mijozlar» nomli yangi jadval to’zing. «Mijozlar» jadvalidagi maydonlarning nomi 2-jadvalda keltirilgan.
«Mijozlar» jadvalida esa avtomobil modeli kodi bir necha marta uchrashi mumkin. Chunki ma‘lum modelli avtomobilni bir necha kishi xarid qilishi mumkin.
Eslatma: telefon maydoni («текстовий»formatida berilyapti. Bunga sabab telefon raqamlarini yozganda maxsus belgilar, masalan ‘-»; ‘(« ishlatiladi. Misol uchun: (371)-223-44-66.
«Числовой» formatida sonlar, nuqta, vergul belgilaridan boshqa belgilarni ishlatish mumkin emas.
9 – Tayyor bo’lgan jadval loyihasini «Mijozlar» deb nomlang.
10 – Endi loyihasi tuzilgan «Mijozlar» nomli jadvalga, 2– jadvalda keltirilgan ma‘lumotlarini kiritish:
• «Mijozlar» jadvaliga ma‘lumotlar kiritayotganda istagan manzillarni, telefon raqamlarini, familiya kiritishingiz mumkin. Model kodini kiritayotganda ehtiyot bo’lish kerak.
• Bu jadvalimizdagi model kodi «Modeller» jadvalidagi model kodi bilan mos tushishi kerak. Chegirma maydonida doimiy mijozlar uchun chegirma o’lchamlarini foizda ko’rsatish mumkin.
• (Boshqa mijozlar uchun bu maydonga 0 raqami qo’yiladi).
• Bu maydonni Access 100 ga ko’paytirib foiz belgisi qo’yib beradi. Faraz qilaylik, mijozga 10% chegirma beriladi. Bunda 0, 1 soni qo’yiladi. Jadvallarni bog’lash Accessda bir-biri bilan bog’lanish xususiyatiga ega jadvallarni bog’lash uchun, bir jadvalning boshlang’ich kalit maydonini boshqa jadvalning unga mos keluvchi maydoni bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi.
Biz ko’rib chiqayotgan misolda «Modeller» va «Mijozlar» jadvallarini bog’lashimiz kerak.
11 – «Modeller» va «Mijozlar» jadvallarini bog’lashimiz uchun, «Сервис» menyusidan, «Схема данных» buyrug’ini tanlang. Ekranda «Добавление таблицы» muloqot oynasi paydo bo’ladi. «Добавление таблицы» muloqot oynasi.
12 – «Таблицы» dan «Modellar» jadvalini belgilab, «Добавить» tugmachasini bosing.
13 – Xuddi shu operatsiyani «Mijozlar» jadvali bilan bajarib, « Закрыть » tugmachasini bosing. Sichqoncha yordamida «Modellar» jadvalidagi ‘Model kodi‘ maydonini «Mijozlar jadvali» dagi «Model kodi» maydoni bilan bog’lash. Sichqoncha yordamida «Modellar» jadvalidagi «Model kodi» maydonini «Mijozlar jadvali» dagi «Model kodi» maydoni bilan bog’lash. Jadvallarni bir-biriga bog’lashni shunday amalga oshirish kerakki, «Mijozlar» jadvali bilan ishlayotganda avtomobillarning ma‘lum bir turi haqidagi axborot kerak bo’lsa model kodini kiritishning o’zi yetarli bo’lsin. Ekranda «Изменение связей» muloqot oynasi paydo bo’ladi.
14 – Создать tugmasi bosilsa jadvallar orasidagi bog’lanish grafik ko’rinishda beriladi. Endi bir nechta mijozlar bir modeldagi avtomobilni band qilish uchun buyurtma qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |