Oddiy hujjatlar formatlangan matndan iborat



Download 16,31 Mb.
bet12/162
Sana31.12.2021
Hajmi16,31 Mb.
#227805
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   162
Bog'liq
Leksiya toplam

Tizimiy blok
Foydalaniladigan tizimiy plataning o‘lchamlari va joylashtirilishi, ta'minot blokining minimal quvvati (ya'ni ulanuvchi uskunalarning ulash mumkin bo‘lgan soni) va to‘plovchilarning o‘rnatiladigan uzatmalarining maksimal miqdori tizimiy blok korpusining qanday tipda bo‘lishiga bog’liqdir.

Foydalanuvchilarning tizimiy blokka bo‘lgan talablari doimo o‘zgarib turadi. Bugun undan faqat uyda foydalanayotgan kompyuterlarda emas, ish joyda ishlatiladiganlarida ham mul'timediya imkoniyatlariga ega bo‘lishi talab qilinmoqda. Masalan, firma mahsulotini reklama qilish uchun mul'timediya kliplarini yaratuvchi dasturlar mashhurdir.

3.4-rasmda eng keng tarqalgan konfiguratsiyali tizimiy blok ko‘rsatilgan. Biz shuni ko‘rishimiz mumkinki, kompyuter egiluvchan disklarning 3 dyumli diskovodi va kompakt disklarni o’quvchi qurilma bilan ta'minlangan. Chet (periferiya)ga o’rnatiladigan bu ikki uskuna kompyuterlar o‘rtasidagi axborot almashishni quyidagi disklar vositasida ta'minlaydi. Bular magnit qatlamli egiluvchi disklar va lazer kompakt disklari (CD-ROM yoki CD-RW)dir.


Tizimli blok.
a) tashqi yuza paneli;

1 - kompakt-disklar uzatmasi;

2 - egiluvchi disklarning diskovodi;

3 - "tarmoq" indikatori;

4 - "Vinchester" indikatori;

5 - ta'minotni ulash tugmachasi;

6 - RESET tugmachasi;

b) AT shakl-omilning orqa paneli;

7 - klaviaturani ulash uchun joy:

8 - modemni yoki sichqonni ulash uchun COM portlar;

9 - monitorni ulash uchun joy;

10 - tarmoq xaritasi;

11 - tovush xaritasi;

12 - monitorni ulash uchun rozetka;

13 - tarmoq rozetkasi;

14 - printer uchun parallel port;

v) - ATX shakl omilining orqa paneli;

15 – PSG interfeysli sichqonni ulash uchun joy;

16 – PSG interfeysli klaviaturani ulash uchun joy;

17 - USB-uskunasini ulash uchun joy;

18,20 - modem yoki sichqonni ulash uchun ketma-ket COM-portlar;

19 - printer uchun parallel port;

21 - mikrofonni ulash uchun joy;

22 - chiziqli ovoz chiqish joyi;

23 - okustik tizimini ulash uchun joy;

24 - joystikni ulash uchun joy;

25 - monitorni ulash uchun joy;

26 - ichki modemning xaritasi;

27 - USB-uskunalarini ulash uchun qo‘shimcha joylar;

28 - tarmoq xaritasi;

29 - tarmoqning ajratish joyi;

30 - tarmoq viklyuchateli.

Endi tizimiy blokning ichiga nazar tashlaymiz. 3.5-rasmda zamonaviy mul'timediyaviy kompyuter tashkil topgan hamma qismlar ko‘rsatilgan.

Rasmning markazida tizimiy plata aks ettirilgan. Uni ko‘pincha ona plata deb atashadi. Tizimiy plata kompyuterning asosidir, unda asosiy elektron unsur (element)lar: bazaviy mikroprotsessor, tezkor xotira, kvars rezonator va boshqa mikrosxemalar joylashgan.

Ochiq me'morchilik tamoyiliga muvofiq mos keluvchi IBM PC kompyuterlarining katta qismi tarkibida faqat asosiy

qismlargina bo‘lgan tizimiy plataga egadirlar, aloqa unsur (element)lari esa masalan, to’plovchilarning uzatmalari, monitor va chet (periferiya)dagi uskunalar bilan aloqa elementlari mavjud bo‘lmaydi. Bunday holda tizimiy platada yo‘q bo‘lgan bu unsurlar alohida chop etuvchi platalarida joylashadilar. Ular buning uchun tizimiy platada ko‘zda tutilgan kengaytirish raz'yomlari (ajratish joylari)ga tiqiladilar. Bu qo‘shimcha platalar shu'ba platalar, tizimiy plata esa ona plata deb ataladi. Uskunalarni ko‘pincha kontrolyorlar yoki adapterlar, shu'ba platalarning o‘zlari esa kengaytirish platalari deb ataladilar. Kengaytirish slottlariga o‘rnatiluvchi tashqi uskunalar uchun teng ma'noli ikkita atama karta va plata ishlatiladi. "Karta" termini inglizcha "Ekpansion card" (kengaytirish platasi, kengaytirish kartasi) terminidan kelib chiqqan.

Tizimiy platada kompyuter ularsiz ishlay olmaydigan hamma element (unsur)lar: protsessor, xotira mikro sxemalari va chetda joylashgan uskunalarning ishini tashkil etuvchi, chipset deb atalauvchi mikrosxemalar to‘plami joylashadi.



Tizimiy blokning asosiy qismlari.

Tizimiy plataga chet (periferiya)dagi hamma uskunalar ulanadi.

Ularning ikkita usuli mavjud. Bular: chet (periferiya) kartasini tizimi plataning kengaytirish stoliga o’rnatish va interfeys kabeli yoramida ulash, soddalashtirish uchun rasmda chetda (periferiya)dagi hamma uskunalari alohida ko‘rsatilgan.

Kompyuterlar usiz ishlamaydigan eng muhim periferiya platasi (agar tizimli platada qo’shib ishlangan, o‘rnatilgan videoadapter bo‘lmasa), bu videokarta yoki videoadapterdir (3.6-rasm). Videoadapterga 1,8 metrgacha uzunlikdagi kabel yordamida monitor ulanadi. Videoadapter protsessordan olingan buyruqlarni monitor ekranidagi tasvir nuqtalarining yorqinligini boshqaruvchi uchta analog: qizil, yashil va ko‘k signal qilib qayta ishlaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, ko‘pgina tizimiy platalar o‘rnatilgan (qo‘shib ishlab chiqarilgan) videoadapterga ega bo‘lib, u asosan idoraviy ilovalar uchun yaraydi, shuning uchun mul'timediya ilovalarining ishlashini yaxshilash uchun baribir "tashqi" videoadapter o‘rnatishga to‘g’ri keladi.


p Vidia Vanta 16 M bayt

AGR videoadapterning platasi.

Vinchester yoki qattiq magnit diskdagi to’plovchi (3.7-rasm) tizimiy blokning ichida joylashgan va foydalanuvchi kompyuterni bo‘laklarga ajratmasdan unga murojaat qila olmaydi. Vinchester kompyuterda axborot saqlanuvchi asosiy joydir. Siz foydalanadigan hamma dasturlar vinchester ichida doimo aylanib turuvchi alyumin disklarining ustiga qoplangan magnit qatlamiga yozilgan.



3.7-rasm. Quantum Frailbiaser vinechesteri.

Axborot to’plovchining eng eski tipi - egiluvchan disklarning diskovodidir (3.8-rasm). Garchi zamonaviy kompyuter usiz ham ishlay olsada, dasturiy ta'minotni sozlash bo‘ycha deyarli barcha ishlar bu diskovodning mavjudligini hisobga oladilar. Bundan tashqari, foydalanuvchilar egiluvchan disklardan kompyuterlar korxonaning lokal tarmog’iga ulanmagan, konfedensial (maxfiy) axborot almashish uchun internetdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan paytda bir-biri bilan axborot almashish uchun foydalanadilar.




. Egiluvchan 1,44 M baytli,

3,5 dyyumli disklarning diskovodi.

Hozirgi kunda eng mashhur ommalashgan axborot saqlovchi lazer kompakt disklardir. Ko‘p hollarda CD-ROM yoki DVD (3,9-rasmdagi) uzatmalardan foydalanadilar. Bular kompakt disklardagi axborotni o’qib olishlari va qaytarishlari, masalan, musiqani eshittirishi yoki yangi dastur o’rnatishlari mumkin. Keyingi vaqtlarda esa narxlar pasayganidan so’ng CD-R yoki CD-RW turdagi kompakt-disklarga axborotni yoza oladigan CD-RW uzatmalari ommalashib ketdi, endi CD ROM va egiluvchan disklarning diskovodlari o‘rniga CD-RW uzatmalarini o’rnatish tendensiyasi paydo bo‘ldi.



DVD kompakt disklarini o‘qish uskunasi.


Download 16,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish