Tuzilishi, o‘sishi, yoshga bog‘liqlik xususiyatlari
Suyaklar ikki qavat bo‘lib, ustki qavati qattiq, zich plastin-
kasimon, ichki qavati g‘ovaksimon tuzilishga ega. Ichki qavatida
ko‘plab ingichka kanalchalar bo‘lib, ularda qon tomirlari va nerv
tolalari joylashadi. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (periost) —
suyakusti pardasi
bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvchi to‘qimadan
iborat bo‘lib, unda juda ko‘p mayda qon va limfa tomirlari, nerv
tolalari bo‘ladi. Suyakusti pardasi suyakni oziq moddalar bilan ta’-
minlashda, uning o‘sishida, singanda, yorilganda, jarohatning
bitishida katta ahamiyatga ega (15- rasm).
Ø
Ø
Ø
Ø
Ø
Do'stlaringiz bilan baham: |