Suyaklarning fizik xossalari. Suyklarning mustahkam bo‘lishi uning tarkibidagi mineral va organik moddalarning nisbati me’yorida bo‘lishiga bog‘liq. Agar yosh organizm suyagida kalsiy tuzlari kamaysa uning suyagi egiluvchan bo‘lib qiyshayib qolishi, ya’ni qomatida buzilish bo‘lishi mumkin.
Keksalar suyagining tarkibida mineral tuzlarning ko‘payishi esa suyakning mo‘rtlashuviga, tez sinuvchan bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib suyakning fizik xususiyatlari uning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |