2-bob. Odam savdosiga qarshi kurashishni tashkil etish
5-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |