“ODAM SAVDOSI-DAVR MUAMMOSI” Ismoilov Farrux Bahodir o’g’li ismoilovfarrux08@gmail.com tel:+998902252552 Termiz Muhandislik Texnalogiyalar Instituti Yengil sanoat va kimyo texnalogiyalar fakulteti Hayot Faoliyati Xavfsizligi ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi
Alloh taolo insonni aziz va mukarram qilib, uni koʻplab ne' matlar bilan ziynatlangan. Insonni oʻz erkiga ega boʻlishi, tinchlik xotirjamlikda hayot kechirishi bu ne'matlarning eng ulugʻlaridan biridir. Vatanimiz mustaqillikka erishgach barcha uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratildi, lekin bu erkinlikning xurlikning qadriga yetmayotgan insonlar ham topilishi kishining koʻnglini naqadar xira qiladi.
Yigirma birinchi asr taraqqiyot asri boʻlishi bilan bir qatorda, jiddiy global muammolari bilan insoniyatni xavotirga solayotgani ham sir emas.Ularni yuksak aql-idrok, aniq va chuqur oʻylangan amaliy chora-tadbirlar, taklif va tashabbuslar orqali hal etish bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan eng muhim vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.
Insoniyat tarixidagi eng mudhish qullik tushunchasi oʻtmishda qolib ketgani yoʻq, u hamon turli shakl-shamoyilda davom etmoqda. Endi kimningdir qoʻliga kishan solib, yelkasiga qamchi bilan urish shart emas. Zamonaviy qullar zoʻravonlik, qoʻrqitish va tahdidlar ostida uy xizmatchilik, fohishalik, ogʻir sharoitlarda ishlashga majbur qilinmoqda. 2003-yili BMT ishchi guruhi majburiy nikohni, traffiking (odam savdosi) va jinsiy ekspluatatsiyani qullikning zamonaviy shakllari deb tan olgandi. Maʼlumotlarga koʻra, bugun dunyoda 45 million erkak, xotin-qiz va bolalardan qul sifatida foydalanilmoqda.
Ayni vaqtda odam savdosi oʻta xavfli boʻlib, turli jinoyatlarning sodir etilishiga zamin hozirlaydi. Odam savdosining jinoiy bozori giyohvandlik vositalari va qurol-yarogʻ savdosidan keyin uchinchi oʻrinni egallayotgani uning nechogʻlik xavfli illat ekanligidan dalolatdir.
Odam savdosi yer yuzi boylab koplab davlatlarda amalga oshirilmoqda. Odam savdosi jinoyati transmilliy xarakterga ega bolgani bois uning oldini olish, jabrlanuvchilarni himoya qilish va aybdorlarni jazolash uchun barcha davlatlarning ozaro hamkorligiga ehtiyoj tugilmoqda. Odam savdosi insonlarni huquq va erkinliklaridan mahrum qiladi, butun dunyoda uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishiga sabab boladi.
Soʻnggi yillarda respublikada fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish boʻyicha keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu jumladan, ustuvor yoʻnalish hisoblangan odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatni tag-tomiri bilan yoʻqotish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Odam savdosi qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shunday jinoyatlar qurboniga aylangan fuqarolarga tibbiy, psixologik va boshqa yordam koʻrsatish, odam savdosiga aloqador shaxslarni tergov qilish va javobgarlikka tortish, shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilmoqda. Bolalar mehnatiga barham berildi, qishloq xoʻjaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek qoʻyish boʻyicha misli koʻrilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoyalash hamda xalqaro maydonda davlatimiz imijini oshirish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillari va mazkur sohadagi xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash boʻyicha ish olib borilmoqda.
Shu bilan birga hozirgi vaqtda odam savdosiga va majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi samarali kurashishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator salbiy omillar saqlanib qolayotganligini tahlillar koʻrsatib turibdi. Jumladan:
birinchidan, vakolatli organlarning tashabbuskorligi yetarli boʻlmayapti, vakolatli organlarning yagona rahbarlik ostida yetarli darajadagi idoralararo hamkorligi mavjud emas;
ikkinchidan, mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida xolis va ishonarli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar uygʻunlashtirilmagan;
uchinchidan, qonunchilik bazasi xalqaro standartlarga nomuvofiq, bu esa odam savdosiga va majburiy mehnatga aloqador shaxslarni samarali taʼqib qilish va jazolashga toʻsqinlik qilmoqda.
Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini olgʻa surishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning taʼsirchan tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017-2021yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi boʻyicha belgilangan vazifalarga muvofiq qarorlar imzolandiMana shunday jinoyatlarni oldini olish va kamaytirish maqsadida yurtimizda juda ko’plab islohotlar, tadbirlar, anjumanlar hamda seminar yig’ilishlari bo’lib oʻtmoqda.
Odam savdosi transmilliy jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik ahamiyatlidir. Shu bois mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha 60 dan ortiq xalqaro xujjatga qo‘shilib, odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan ko‘pgina shartnomalarni imzolagan. Xususan, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Respublika idoralararo komissiyasi, Birlashgan millatlar tashkiloti kabi ko‘pgina xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish, jabrdiydalarni aniqlash, ularni qutqarish, jinoyat qurbonlarining huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qator loyihalarni ishlab chiqmoqda.Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida mamlakatimizni halqaro maydondagi ijobiy imidjini olg‘a surishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5775-sonli Farmoniga asosan “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tashkil etildi.
Ushbu Prezident farmoniga asosan, 2019 yilning 25 sentyabr kuni viloyat hokimi raisligida “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish viloyat komissiyasi tashkil etildi.
O‘tgan davr mobaynida viloyat komissiyasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, odamlarni ogohlantiruvchi ko‘rgazmali vositalar shahrimizda tuman markazlarida ko‘rinadigan joylarga o‘rnatilmoqda. Xorijda mehnat qilish istagi bo‘lganlar bilan suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Shunga qaramay, hozir xorijda ko‘plab erkak va ayollar bu baloga giriftor bo‘lib jafo chekmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |