Odam savdosi- davr muammosi



Download 49,5 Kb.
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi49,5 Kb.
#79205
  1   2
Bog'liq
Odam savdosi- davr muammosi.


Odam savdosi- davr muammosi

Xorijiy tillar fakulteti ingiliz tili va adabiyoti yoʻnalishi

3- kurs talabasi Daminova Gulnoza

Ilmiy rahbar-M. Xodjayorov

Alloh taolo insonni aziz va mukarram qilib, uni koʻplab ne' matlar bilan ziynatlagan. Insonni oʻz erkiga ega boʻlishi, tinchlik xotirjamlikda hayot kechirishi bu ne'matlarning eng ulugʻlaridan biridir. Vatanimiz mustaqillikka erishgach barcha uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratildi, lekin bu erkinlikning xurlikning qadriga yetmayotgan insonlar ham topilishi kishining koʻnglini naqadar xira qiladi.

"Arzimagan sariq-chaqa uchun ertayu kech yelib-yugurish jonga tegdi, xorijga ketaman. Ana mahalladoshim bir yilda o‘zini tiklab oldi. Yana katta-katta to‘ylar qilib, el oldidan o‘tdi. Bugun tagida mashinasi bor…"

— Chetga deysizmi? Istasangiz, mening bir o‘rtog‘im bor. Uning chet ellardagi tanishlari doim ishchi so‘raydi. Har xil korxona yoki firmalarga oddiy ishlarga joylashtiradi. Ammo oyligiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas — ming, ikki ming…

— Zo‘r-ku, borish qanchaga tushadi, hozir tayyorgarligim ham yo‘q, yana hujjat masalasi…

— Ey, bular muammo emas, o‘ylamang! Bir zumda yo‘l chiptasiga yetadigan pul jo‘natadi. Xarid qilasizu uchasiz. Borgach, ish haqingizdan to‘lab beraverasiz. Bu yog‘iga mana biz kafil!

— Oson ekan-ku… Menga ma’lumotlaringizni bering, tezda aloqaga chiqaman!

Tez-tez qulog‘imizga chalinib turadigan bunday suhbatlar aslida o‘zga yurtdagi qullik sari birinchi qadam bo‘lishi mumkin. Afsuski, unga begona emas, oldindan tanish kishimiz yoki mahalladoshimiz bo‘lgan odam boshlab boryapti. Xalqimizning “Har yerni qilma orzu, har joyda bor toshu tarozu” iborasini e’tiborsiz qoldirgan ayrim yurtdoshlarimiz ularning chaqirig‘iga “Labbay” deya javob qaytaryapti. Oqibatda keyin pushaymon bo‘lmoqda.

Yigirma birinchi asr taraqqiyot asri boʻlishi bilan bir qatorda, jiddiy global muammolari bilan insoniyatni xavotirga solayotgani ham sir emas.

Ularni yuksak aql-idrok, aniq va chuqur oʻylangan amaliy chora-tadbirlar, taklif va tashabbuslar orqali hal etish bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan eng muhim vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.

Insoniyat tarixidagi eng mudhish qullik tushunchasi oʻtmishda qolib ketgani yoʻq, u hamon turli shakl-shamoyilda davom etmoqda. Endi kimningdir qoʻliga kishan solib, yelkasiga qamchi bilan urish shart emas. Zamonaviy qullar zoʻravonlik, qoʻrqitish va tahdidlar ostida uy xizmatchilik, fohishalik, ogʻir sharoitlarda ishlashga majbur qilinmoqda. 2003-yili BMT ishchi guruhi majburiy nikohni, traffiking (odam savdosi) va jinsiy ekspluatatsiyani qullikning zamonaviy shakllari deb tan olgandi. Maʼlumotlarga koʻra, bugun dunyoda 45 million erkak, xotin-qiz va bolalardan qul sifatida foydalanilmoqda.

Ayni vaqtda odam savdosi oʻta xavfli boʻlib, turli jinoyatlarning sodir etilishiga zamin hozirlaydi. Odam savdosining jinoiy bozori giyohvandlik vositalari va qurol-yarogʻ savdosidan keyin uchinchi oʻrinni egallayotgani uning nechogʻlik xavfli illat ekanligidan dalolatdir.

Odam savdosi yer yuzi boylab koplab davlatlarda amalga oshirilmoqda. Odam savdosi jinoyati transmilliy xarakterga ega bolgani bois uning oldini olish, jabrlanuvchilarni himoya qilish va aybdorlarni jazolash uchun barcha davlatlarning ozaro hamkorligiga ehtiyoj tugilmoqda. Odam savdosi insonlarni huquq va erkinliklaridan mahrum qiladi, butun dunyoda uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishiga sabab boladi.

Soʻnggi yillarda respublikada fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish boʻyicha keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu jumladan, ustuvor yoʻnalish hisoblangan odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatni tag-tomiri bilan yoʻqotish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Odam savdosi qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shunday jinoyatlar qurboniga aylangan fuqarolarga tibbiy, psixologik va boshqa yordam koʻrsatish, odam savdosiga aloqador shaxslarni tergov qilish va javobgarlikka tortish, shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilmoqda.

Bolalar mehnatiga barham berildi, qishloq xoʻjaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek qoʻyish boʻyicha misli koʻrilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoyalash hamda xalqaro maydonda davlatimiz imijini oshirish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillari va mazkur sohadagi xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash boʻyicha ish olib borilmoqda.

Shu bilan birga hozirgi vaqtda odam savdosiga va majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi samarali kurashishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator salbiy omillar saqlanib qolayotganligini tahlillar koʻrsatib turibdi. Jumladan:

birinchidan, vakolatli organlarning tashabbuskorligi yetarli boʻlmayapti, vakolatli organlarning yagona rahbarlik ostida yetarli darajadagi idoralararo hamkorligi mavjud emas;

ikkinchidan, mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida xolis va ishonarli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar uygʻunlashtirilmagan;

uchinchidan, qonunchilik bazasi xalqaro standartlarga nomuvofiq, bu esa odam savdosiga va majburiy mehnatga aloqador shaxslarni samarali taʼqib qilish va jazolashga toʻsqinlik qilmoqda.

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini olgʻa surishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning taʼsirchan tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017-2021yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi boʻyicha belgilangan vazifalarga muvofiq qarorlar imzolandiMana shunday jinoyatlarni oldini olish va kamaytirish maqsadida yurtimizda juda ko’plab islohotlar, tadbirlar, anjumanlar hamda seminar yig’ilishlari bo’lib oʻtmoqda.

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro va davlat ichki huquqining birlashib ketishi, bir-biriga  ta’siri kuchayishi bugungi kunda har qachongiga qaraganda ham chuqurroq sodir bo’lishi ta’kidlab o’tildi. Bugungi kunda butun dunyoda insonlarni kamsitish, ularning huquqlarini tan olmaslik, odam savdosi kabi jinoyatlarning ko’payib borayotgani barchamizni tashvishga solayotgani, odam savdosi aslida qullikning zamonaviy shakli bo’lib, qul savdosining yangi ko’rinishi ekanligi ta’kidlab kelinmoqda.

Xalqaro migratsiya tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra odam savdosi bilan shug’ullanuvchi jinoiy guruhlar odamlarni nafaqat jinsiy yoki mehnat eksplutatsiyasi uchun, balki ularning ichki organlarini transplantatsiya qilish, narkotik moddalarni tarqatish, boshqa turdagi jinoyatlar sodir etish uchun ham yollab majburlamoqdalar.  Xalqaro ekspertlarning ma’lumot berishicha, har yili dunyo miqyosida 2 million 700 ming kishi odam savdosi qurboniga aylanadi. Odam savdosi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solayotgan muammolardan biridir. O‘tgan asrning 90-yillari boshlaridan e’tiboran u MDH mamlakatlariga ham yoyila boshladi.

Odamlarni majburiy mehnatda foydalanish uchun aldov yo‘li bilan o‘z yurtidan chet davlatlarga olib chiqib ketish holatlarining ko‘payib borishida aksariyat hollarda fuqarolarimizning chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligini yaxshi bilmasliklari, chet ellarda ishlash uchun qaysi idoraga murojaat qilish lozimligini tushunmasliklaridan kelib chiqmoqda.

Ayni kunda O‘zbekiston fuqarolari Rossiya, Kozog‘iston, Birlashgan Arab Amirligi, Janubiy Koreya, Malayziya, Tailand, Kosovo, Isroil davlatlariga chiqib ketishmoqda. Odam savdosi qurboni bo‘lganlarning ozchilik qismi mahalliy melitsiyaga murojat qilishib, uyga qaytadilar. Ko‘pchilik qurbonlar murojaat qilishga qo‘rqadi. Qurbonlarni qiynash, o‘ldirish holatlari uchraydi.

Odam savdosiga qarshi kurashda asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

· odam savdosiga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish;

· odam savdosi ko‘lami, holati va tendentsiyalari to‘g‘risida axborot to‘plash va tahlil etish;

· odam savdosi jabrdiydalariga yordam ko‘rsatish va himoya qilish ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

· odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

· odam savdosiga qarshi kurashish masalalari to‘g‘risida aholini xabardor qilish, tadbirlarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet ellarda mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan hukumatlararo, idoralararo shartnomalar asosida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Toshkent, Buxoro, Nukus, Farg‘ona, Qarshi shaharlarida joylashgan Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha mintaqaviy byurolarning ko‘magida amalga oshirishlari mumkin.Ushbu jinoyatchilikdan tushayotgan noqonuniy daromad esa 7 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi. Dunyo miqyosida har yili 600 mingdan 800 ming nafargacha  ayollar va bolalar aldov yo’li bilan chet ellarga olib ketilib sotiladi. Ayniqsa, odam savdosidan jabrlanganlarning 80 foizini ayollar yoki yosh bolalar tashkil etayotgani ayanchli holatdir. Yurtimizda odam savdosi, narkobiznes kabi illatlarning oldini olish maqsadida turli ilmiy amaliy konferensiyalar va uchrashuvlar oʻtkazilmoqda,

Mana shunday uchrashuvlarning o'tkazilishi yoshlarning ma'naviy salohiyatini ortishiga, huquqiy madaniyatini yuksaltirishiga hamda kelajak  avlodning jismoniy va ma'naviy tahdidlar qurshoviga tushib qolmasligiga  katta xizmat qiladi.

Bugungi kunda masofa va chegara bilmas muammo sifatida e’tirof etilayotgan Odam savdosi jinoyati dunyo xalqlarini tashvishga solmoqda.

Shaxs jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, kuchi sanaladi. Shu bois, O‘zbekiston ham o‘z xalqining tinchligini, osoyishtalagini saqlash yo‘lida ko‘pgina samarali ishlar olib bormoqda. Bu borada mamlakatimizda normativ-huquqiy baza yaratildi. “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida“gi Qonun hamda Prezident I.Karimovning “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining qabul qilinishi mazkur muammoning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan.

Odam savdosi transmilliy jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik ahamiyatlidir. Shu bois mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha 60 dan ortiq xalqaro xujjatga qo‘shilib, odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan ko‘pgina shartnomalarni imzolagan. Xususan, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Respublika idoralararo komissiyasi, Birlashgan millatlar tashkiloti YeXHT kabi ko‘pgina xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish, jabrdiydalarni aniqlash, ularni qutqarish, jinoyat qurbonlarining huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qator loyihalarni ishlab chiqmoqda.Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida mamlakatimizni halqaro maydondagi ijobiy imidjini olg‘a surishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5775-sonli Farmoniga asosan “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tashkil etildi.

Ushbu Prezident farmoniga asosan, 2019 yilning 25 sentyabr kuni viloyat hokimi raisligida “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish viloyat komissiyasi tashkil etildi.

O‘tgan davr mobaynida viloyat komissiyasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, odamlarni ogohlantiruvchi ko‘rgazmali vositalar shahrimizda tuman markazlarida ko‘rinadigan joylarga o‘rnatilmoqda. Xorijda mehnat qilish istagi bo‘lganlar bilan suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Shunga qaramay, hozir xorijda ko‘plab erkak va ayollar bu baloga giriftor bo‘lib jafo chekmoqdalar. Ularning ko‘plari hali ham o‘z huquqlarini anglab etmagan, adashgan va vataniga qaytish yo‘llarini izlayotgan kimsalardir.Yuqoridagilardan xulosa kelib chiqadiki, mamlakatimizning o‘zida tirikchilik qilish imkoniyati bo‘laturib, ba’zi yurtdoshlarimizning xorijga olib ketib sotilishi, xo‘rlanishi, qullikka yollanishida fuqarolarimizning soddaligi va ishonuvchanliklari, tez vaqt ichida moddiy muammolarni hal etish ilinji, yengil ish topish orzusi, huquqiy bilimlarga ega bo‘lmaslik, jinoyatdan jabrlanganlarning dunyoqarashining torligi, sayozligi kabi xislatlari bilan ko‘p hollarda o‘zlari sababchi bo‘lib qolmoqdalar.

Men ushbu maqolam orqali, respublikamizning barcha fuqarolari hamda xorijiy davlatlarda mehnat migranti sifatida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni aldanib, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi kimsalar tuzog‘iga tushib qolmaslikka, oson va mehnatsiz boyish kabi yolg‘on vadalarga ishonib qolmaslikka, atrofda ro‘y berayotgan global muammolarga qarshi kurashish jarayonlarini faol kuzatishga va eng muhimi ogoh bo‘lishga chaqirib qolaman.


Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish