Odam bolasi o’zining qaysi qobiliyati bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi?



Download 0,58 Mb.
bet4/39
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#275194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
5-sinf adabiyot test to'plam Javobsiz


“Uch og’a-ini botirlar” ertagi


  1. Xalq og'zaki ijodining eng qadimiy, ommabop turlaridan biri nima?
    A) topishmoq B) ertak
    C) maqol D) masal

  2. Ertak deb nimaga aytiladi?
    A) Majoziy xrakterdagi qisqa hikoyalar.
    B) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lmay, xayoliy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar.
    C) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar.
    D) Barcha xalq og’zaki ijodining eng sevimli va qiziqarli turi.

  3. Ertakning paydo bo’lishida nimalar muhim o’rin tutgan?
    1) qadimiy nurf-odat; 2) marosimlar; 3) jonivorlar: 4) xalqning orzu umidlari;
    5) tabiat hodisalari
    A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4
    C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 5

  4. Mos javoblarni tanlang. Ertaklar qayerda, qanday ataladi?
    1) Surxondaryo; 2) Buxoro; 3) Samarqand; 4) Farg‘ona;
    5) Xorazm; 6) Toshkent.
    a) matal; b) ushuk; s) varsaki; d) cho‘pchak.
    A) 1-a, 2-b, 3-s, 4-d, 5-a, 6-a
    B) 1-a, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-d
    C) 1-a, 2-b, 3-a, 4-d, 5-s, 6-d
    D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-a

  5. Ertak aytuvchilarni qadimda nima deb atashgan?
    A) “ertakchi”, “masalchi”
    B) “ertakchi”, “folklorchi”
    C) “ertakchi”, “matalchi”
    D) “matalchi”, “masalchi”

  6. Ertaklar mavzu jihatdan qanday turlarga bo'linadi?
    A) hayvonlar haqidagi, maishiy, hajviy, sehrli, majoziy
    B) maishiy, hajviy, sehrli, hayvonlar va o'simliklar haqidagi
    C) hayvonlar haqidagi, maishiy, hajviy, sehrli, topishmoq
    D) hayvonlar haqidagi, sehrli, hayotiy-maishiy, hajviy

  7. Qanday ertaklarda asosiy mazmun majoziy, ya’ni ko’chma ma’noga ega bo’ladi?
    A) hayvonlar haqidagi B) sehrli
    C) hayotiy-maishiy D) hajviy

  8. Hayvonlar haqidagi ertaklarda ayyorlik va munofoqlik qaysi hayvon orqali ifoda etiladi?
    A) bo’ri B) tulki C) ayiq D) chumchuq

  9. "Zumrad va Qimmat", "Oygul bilan Baxtiyor", "Ziyod botir", "Tohir va Zuhra", "Ozodachehra", "Farhod va Shirin", "Malikayi Husnobod", "Uch og'ayni botirlar" kabi ertaklar qaysi turkumdagi ertaklarga mansub?
    A) sehrli B) majoziy
    C) hayvonlar haqida D) hayotiy-maishiy

  10. Ertaklar qanday shaklda bo’ladi?
    A) nasriy B) she’riy
    C) nasriy yoki she’riy D) aralash

  11. Ertakning boshlanmasiga e’tibor bering va nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
    «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga…».
    A) tog‘ B) najot C) hayot D) bog‘

  12. Ertaklarning boshlanmalarida nima «quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan» deb ta’riflanadi?
    A) qirg‘ovul B) qora qarg‘a
    C) to‘rg‘ay D) tovus

  13. Odatda ertaklarning boshlanmasida karnaychi qanday jonivor bo`ladi?
    A) o`rdak B) qarg’a
    C) chumchuq D) g’oz

  14. Odatda ertaklarning boshlanmasida surnaychi qanday jonivor bo`ladi?
    A) o`rdak B) qarg’a
    C) chumchuq D) g’oz

  15. Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «azonchi» deyiladi?
    A) qora qorg’a B) o’rdak
    C) g’oz D) ola qarg‘a

  16. Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «qozonchi» deyiladi?
    A) qora qorg’a B) o’rdak
    C) g’oz D) ola qarg‘a

  17. Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «chaqimchi» deyiladi?
    A) qora qorg’a B) to’rg’ay
    C) tulki D) chumchuq

  18. Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «to’qimchi» deyiladi?
    A) qora qorg’a B) to’rg’ay
    C) bo’ri D) chumchuq

  19. Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «bakovul» deyiladi?
    A) qora qorg’a B) to’rg’ay
    C) tulki D) bo’ri

  20. Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «dumi kalta» deyiladi?
    A) qora qorg’a B) to’rg’ay
    C) tulki D) bo’ri

  21. Ertakning boshlanmasidagi tushib qolgan so‘zlarni toping.
    «Ertagi-yo ertagi, echkilarning … , qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, … mingan ekan, … singan ekan».
    A) bo‘rtagi, ko‘k muzga, muruti
    B) ermagi, ko‘p muzga, soqoli
    C) burtagi, ko‘k shoxga, soqoli
    D) ermagi, shoxga, mo‘ylovi

  22. Ko’pchilik ertaklarda necha kecha-kunduz to’y qilinadi?
    A) yetti B) uch C) qirq D) yetmish

  23. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim podshohdan kenja botirni afv etishini so‘raydi?
    A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
    C) podshohning qizi D) Kenja botirning o‘zi

  24. Uch og`a ini botirlar” ertagida ota farzandlarini o`zidan keyin baxtsiz bo`lib qolmasligi uchun nima qiladi?
    A) o`qitadi B) ishlatadi
    C) kaltaklaydi D) safarga jo’natadi

  25. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota botirlarni tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Bular qaysilar?
    1) Odob-axloqli qilib tarbiyalaydi.
    2) Qurol-yarog‘ bilan tanishtiradi.
    3) Qo‘rqitmay o‘stiradi.
    4) Kurashga tayyorlaydi.
    5) Sog‘lom qilib tarbiyalaydi.
    A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4
    C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5

  26. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota o‘g‘illariga uch narsani nasihat qiladi. Bular qaysilar?
    A) sog‘lom o‘stirish, yarog‘ bilan tanishtirish, qo‘rqitmay o‘stirish
    B) yarog‘ bilan tanishtirish, to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik
    C) to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik, dangasalik qilmaslik
    D) to‘g‘rilik, sog‘lomlik, qo‘rqmaslik

  27. "Uch og'ayni botirlar" ertagida ota o'g'illariga uqtirgan uch narsadan biri "To’g’ri bo’ling" hikmatini davom ettiring?
    A) davlatli bo'lasiz B) bexavotir bo' lasiz
    C) xijolat tortmaysiz D) baxtsiz bo'lmaysiz

  28. "Uch og'ayni botirlar" ertagida ota o'g'illariga uqtirgan uch narsadan biri "Maqtanchoq bo’lmang" hikmatini davom ettiring?
    A) davlatli bo'lasiz B) bexavotir bo' lasiz
    C) xijolat tortmaysiz D) baxtsiz bo'lmaysiz

  29. "Uch og'ayni botirlar" ertagida ota o'g'illariga uqtirgan uch narsadan biri "Dangasalik qilmang" hikmatini davom ettiring?
    A) baxtli bo'lasiz B) bexavotir bo' lasiz
    C) xijolat tortmaysiz D) baxtsiz bo'lmaysiz

  30. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim uch qizini ularga berib og’a-inilarni o’ziga kuyov qilib oladi?
    A) vazir B) bog’bon
    C) cho’pon D) podshoh

  31. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida “…o’qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o’zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan” deb kim(lar) ta’riflanadi?
    A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
    C) Kenja botir D) uchala botir

  32. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi aka-ukalarning yoshlarini aniqlang.
    A) 20; 18; 16 B) 21; 18; 16
    C) 21; 20; 18 D) 20; 18; 17

  33. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi og‘a-inilarga otalari safarga qanday otlarni hozirlab qo‘yadi?
    A) qora toy, bo‘z toy, saman toy
    B) bo‘z toy, qora toy, saman ot
    C) qora toy, saman toy, ko‘k toy
    D) bo‘z toy, qora toy, ko‘k toy

  34. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota safarga otlanayotgan o‘g‘illarining xurjunini qancha muddatga yetadigan ovqat bilan to‘ldiradi?
    A) bir necha kunlik ovqat bilan
    B) bir haftalik ovqat bilan
    C) bir oylik ovqat bilan
    D) bir necha haftalik ovqat bilan

  35. Navbatma-navbat qorovullikda turgan botirlarning boshidan nimalar o‘tadi?
    A) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir ajdarhoni o‘ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan o‘g‘rilarni qirib tashlaydi.
    B) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja botir o‘g‘rilarni qirib tashlaydi.
    C) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan xoinlarni qirib tashlaydi.
    D) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir xoinlarni o‘ldiradi, Kenja botir ajdarhoni o‘ldiradi.

  36. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi? «…podshoh degani it go‘shtidan ham qaytmaydi…»
    A) O‘rtancha botir B) Kenja botir
    C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti

  37. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi? «…va’da – ulug‘ muqaddas narsa, uni buzish yaramaydi. Va’dani buzmoq – og‘ir gunoh».
    A) O‘rtancha botir B) to‘ti
    C) To‘ng‘ich botir D) Kenja botir

  38. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi? «Podshoh deganning marhamatidan qahri ortiq, podshoh bilan sherga yaqin bo‘lmoq hikmatdan emas».
    A) Kenja botir B) to‘tining qarindoshi
    C) O‘rtancha botir D) To‘ng‘ich botir

  39. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida «Podshohlik – qonxo‘rlik demak» degan fikrni kim aytgan?
    A) O’rtancha botir B) To‘ng‘ich botir
    C) Kenja botir D) vazir

  40. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida go‘sht qo‘zi go‘shti ekanligini, u it emib katta bo‘lganini kim topadi?
    A) Kenja botir B) vazir
    C) O‘rtancha botir D) To‘ng‘ich botir

  41. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida shinniga odam qoni qo‘shilganligi haqidagi fikrni kim bildiradi?
    A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
    C) Kenja botir D) vazir

  42. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Saralab yemoq faqirning ishi» jumlasi kimning tilidan aytiladi?
    A) O‘rtancha botirning B) Kenja botirning
    C) To‘ng‘ich botirning D) to‘tining

  43. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida nonni taxlagan kishining ota novvoy ekanligi haqidagi fikrni kim bildiradi?
    A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
    C) Kenja botir D) vazir

  44. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Albatta, yolg’on so’zlamaymiz, bu voqeaga aralashgan bo’lsak aytmoq lozimi» jumlasi kimning tilidan aytiladi?
    A) O‘rtancha botirning B) Kenja botirning
    C) To‘ng‘ich botirning D) to‘tining

  45. “Uch og`a ini botirlar” ertagida bog`bon uzum o`g`risini qanday o`ldiradi?
    A) shashpar to`qmoq bilan boshiga tushiradi
    B) pichoq bilan yaralaydi
    C) miltiq bilan yaralaydi
    D) tosh bila o’ldiradi

  46. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida nonni kim taxlagan edi?
    A) novvoy B) vazir
    C) bakovul D) podshoh

  47. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida podshoh aslida kimning o‘g‘li edi?
    A) bog‘bonning B) dehqonning
    C) novvoyning D) temirchhining

  48. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh nima uchun o‘z qizlarini musofir yigitlarga turmushga berishga rozi bo‘ladi?
    A) boyligi uchun B) tarbiyasi uchun
    C) pahlavonligi uchun D) merganligi uchun

  49. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim(lar) gavharga o’xshatiladi?
    A) uch og’a-ini botirlar
    B) podshohning uch qizi
    C) botirlarning otasi
    D) tarbiyali inson

  50. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim yoki nima baxt qushiga o’xshatiladi?
    A) uch og’a-ini botirlar
    B) podshohning uch qizi
    C) diydor
    D) tarbiyali inson

  51. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kimni ko’proq yaxshi ko’rardi?
    A) To‘ng‘ich botirni B) O‘rtancha botirni
    C) Kenja botirni D) kenja qizini

  52. Uch og’ayni botirlar” ertagida qanday voqeadan so’ng podshoh kenja botirni zindondan xalos etadi?
    A) to’ti haqidagi ertakni eshitgach
    B) vazirning xoin ekanini bilgan
    C) qizi afv etishini iltimos qilgach
    D) tush voqeasidan so’ng

  53. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida Kenja botir nima haqida hikoya qilib beradi?
    A) uzum haqida
    B) novvoy haqida
    C) podshohning to‘tisi haqida
    D) podshoh haqida

  54. “Uch og`a ini botirlar” ertagida kenja botirning hikoyasidagi to`ti qayerdan bo`ladi?
    A) Hindiston B) Xitoy
    C) Yaponiya D) Eron

  55. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida to‘ti necha kunga uyiga borib kelish uchun ruhsat so‘raydi va podshoh unga necha kunga ruxsat beradi?
    A) 20 kunga, 3 haftaga ruxsat beradi
    B) 3 haftaga, 15 kunga ruxsat beradi
    C) 20 kunga, 15 kunga ruxsat beradi
    D) 2 haftaga, 10 kunga ruxsat beradi

  56. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘ti qancha vaqtda Hindistonga yetib boradi?
    A) 7 kunda B) 6 kunda
    C) 3 kunda D) 15 kunda

  57. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘ti oilasi bag’rida qancha vaqt o’tkazadi?
    A) 7 kun B) 6 kun
    C) 3 kun D) 5 kun

  58. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida to’ti nima uchun podshohning oldiga qaytishga majbur bo’ladi?
    A) podshoh tayinlagani uchun
    B) va’da bergani uchun
    C) onasi aytgani uchun
    D) yoshartiruvchi mevani berish uchun

  59. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh to‘tini necha yil qafasda saqlaydi?
    A) 4 yil B) 3 yil C) 7 yil D) 5 yil

  60. “Uch og`a ini botirlar” ertagida kenja botirning hikoyasidagi to`ti kimning maslahati bilan podshoga 3 meva olib keladi?
    A) onasining B) otasining
    C) do’stining D) akasining

  61. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida sehrli mevalarga kim zahar qo’shib qo’yadi?
    A) vazir B) saroybon
    C) podshoh D) bir oshpaz

  62. “Uch og`a-ini botirlar” ertagida zaharlangan mevalarni kimlar yeyishadi?
    A) zindondagi ikki nafar odam
    B) ikki nafar qul
    C) ikki nafar askar
    D) vazir tayinlagan xizmatchilar

  63. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘tini qay tarzda o‘ldiradilar?
    A) Dorga osadilar.
    B) Qanotini qirqib, qoyadan tashlaydilar.
    C) Suvga cho‘ktiradilar.
    D) Kallasini tanasidan uzib tashlaydilar.

  64. “Uch og`a-ini botirlar” ertagida kenja botirning hikoyasidagi uchinchi olmani kim eydi?
    A) zindondagi bir qari chol B) vazir
    C) shohning ayoli D) shohning o’zi

  65. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida uchinchi sehrli mevani yegan chol necha yashar yigit holiga kelib qoladi?
    A) 18 B) 16 C) 20 D) 25

  66. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida kim podshohga yaqin bo’lganning “mukofoti”nigina ko’rdi?
    A) vazir B) Kenja botir C) to’ti D) qul

  67. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida aka-ukalar qancha muddatda otalari huzuriga qaytib kelishadi?
    A) 3 yilda B) 2 yilda C) 2 oyda D) 12 oyda

  68. "Uch og'ayni botirlar" ertagidagi novvoy kim?
    A) botirlarning otasi B) podshohning otasi
    C) vazirning otasi D) bog'bonning otasi

  69. "Uch og'ayni botirlar"da to'tining taqdiri qanday tugadi?
    A) vazir zahar berib, o'ldirib yubordi.
    B) podshoh vaziriga ishonib, uni o'ldirib yuboradi
    C) qafasdan qutilib uyiga ketadi
    D) o'zi olib kelgan mevalardan zaharlanib o'ladi

  70. “Uch og`a ini botirlar” ertagida podsho olmaning zaharlanganini nimadan bilib oladi?
    A) piyoladan B) kosadan
    C) ko’zadan D) olmaning o’zidan

  71. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida qanday nomlanadi?
    A) ushuk B) varsaki
    C) cho’pchak D) matal

  72. Ertak qayerda “ushuk” tarzda nomlanadi?
    A) Samarqand B) Buxoro
    C) Toshkent D) Xorazm

  73. Ertak qayerda “varsaki” tarzda nomlanadi?
    A) Samarqand B) Buxoro
    C) Toshkent D) Xorazm

  74. Ertak qayerda “cho’pchak” tarzda nomlanadi?
    A) Samarqand B) Buxoro
    C) Toshkent D) Xorazm

  75. Ertaklarning mavzu jihatdan turlari to’g’ri berilgan javoblarni belgilang.
    1. hayvonlar haqidagi ertaklar; 2. sehrli ertaklar; 3. she’riy ertaklar; 4. hayotiy-maishiy ertaklar; 5.qiziqarli ertaklar;
    6. qadimiy ertaklar; 7. hajviy ertaklar;

    A) 1, 2, 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 4, 5, 7
    C) 1, 2, 4, 7 D) 1, 2, 4, 6, 7

  76. Hayvonlar haqidagi ertaklarda tulki hayvoni nimaning ramzi bo’lib keladi?
    A) chaqimchilikning B) ayyorlikning
    C) munofiqlikning D) B va C

  77. «Uch og‘ayni botirlar» ertagidagi shashpar to‘qmoq bilan o‘g‘rining boshiga urib o‘ldirgan qahramon kim edi?
    A) Kenja botir B) O‘rtancha botir
    C) bog‘bon D) To‘ng‘ich botir

  78. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga zahar sochmoqchi bo‘lib turgan ilonni kim o‘ldiradi?
    A) O‘rtancha botir B) Kenja botir
    C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti

  79. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga uch dona yoshartiruvchi mevani qaysi obraz beradi?
    A) Kenja botir B) vazir
    C) O‘rtancha botir D) to‘ti

  80. "Uch og'ayni botirlar"da to'ti qafasdan qutilishni istab nima qiladi?
    A) qafasda o'zini o'likka solib yotadi
    B) uyiga borib, qaytib kelmaydi
    C) onasini aytganidek podshohga uchta yoshartiradigan meva olib keladi
    D) podshohni zaharlab o'ldirmoqchi bo'ladi



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish