Odam bolasi o’zining qaysi qobiliyati bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi?



Download 0,58 Mb.
bet16/39
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#275194
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
5-sinf adabiyot test to'plam Javobsiz

Zahiriddin Muhammad Bobur

  1. «Bobur» so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
    A) fors tilida «sher» degani
    B) fors tilida «yo‘lbars» degani
    C) arab tilida «yo‘lbars» degani
    D) arab tilida «sher» degani

  2. Bobur nechta devon tuzgan va bizgacha shulardan nechtasi yetib kelgan?
    A) to‘rtta, ikkita B) uchta, ikkita
    C) uchta, bitta D) ikkita, bitta

  3. Hozirda adabiyotshunoslar qo‘lida Boburning qancha she’ri bor?
    A) yuzga yaqin B) ikki yuzdan ortiq
    C) uch yuzga yaqin D) to‘rt yuzdan ortiq

  4. Boburning bizgacha yetib kelgan she’rlarining qanchasi ruboiy hisoblanadi?
    A) yuzga yaqini B) ikki yuzdan ortig‘i
    C) uch yuzga yaqini D) uch yuzdan ortig‘i

  5. Quyidagi ruboiyning yozilish tarixi bilan bog‘liq voqealarni toping.
    Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi
    Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
    Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda,
    Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
    1) Samarqandni ikki marta qo‘lga kiritib, ikki marta ham tashlab chiqishga majbur bo‘lgan paytlar.
    2) 19–20 yoshlarida, g‘ayrati dunyoga sig‘magan paytlar.
    3) Andijon xiyonatchilar qo‘liga o‘tgan paytlar.
    4) Ikki-uch yil tog‘-u toshlarda sarson-sargardon yurgan paytlar.
    5) Hindistonni zabt etgan paytlar.
    A) 1, 2, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4

  6. Bobur ruboiylarida qaysi mavzu yetakchilik qiladi?
    A) go‘zal yor sog‘inchi va ilohiy muhabbat mavzusi
    B) Vatan sog‘inchi va ilohiy muhabbat mavzusi
    C) Vatan sog‘inchi, ona diyorni qo‘msash mavzusi
    D) ona tabiatga muhabbat mavzusi

  7. Bobur ruboiylarining ko‘pchiligida sevimli yor, vasl va hajr qanday ma’nolarni anglatgan?
    A) Olloh, Ollohga yetishmoq, Ollohdan uzoqda bo‘lmoq
    B) go‘zal yor, go‘zalga yetishmoq, go‘zaldan uzoqda bo‘lmoq
    C) Vatan, Vatanga yetishmoq, Vatandan uzoqda bo‘lmoq
    D) tabiat, tabiat go‘zalligidan bahra olmoq, tabiat go‘zalligidan yiroqda bo‘lmoq

  8. Boburning qaysi ruboiysi mazmunini shoirning hayotdagi shiori edi deyish mumkin?
    A) «Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi»
    B) «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen»
    C) «Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur»
    D) «Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur»

  9. Bobur «Ey bodi sabo» deb boshlanuvchi ruboiysida qayerdagi yoriga xabar yuboradi?
    A) Hindistondagi B) Andijondagi
    C) Farg‘onadagi D) Xurosondagi

  10. Boburning qaysi ruboiysida yaxshilikning sharofati, yomonlik-ning kasofati, vafoga vafoning, jafoga jafoning qaytajagi haqida so‘z ketadi?
    A) «Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur»
    B) «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen»
    C) «Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi»
    D) «Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur»

  11. Bobur qaysi janrning tengsiz namunalarini yarata olgan?
    A) ruboiy B) g‘azal C) qit’a D) tuyuq

  12. Boburning quyidagi ruboiysi necha yoshlarida yozilgan?
    Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi,
    Yo barcha murodlarni tark etsa kishi...
    Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda,
    Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
    A) 12–14 B) 15–18 C) 19–20 D) 25–28

  13. Bobur butun ko‘rgan-kechirganlarini qaysi asarida mufassal bayon qilgan?
    A) «Xatti Boburiy»da
    B) «Mubayyin al-zakot»da
    C) «Muxtasar»da
    D) «Boburnoma»da

  14. Bobur qalamiga mansub quyidagi misralar qanday janrda yozilgan va «sarrishtayi aysh» birikmasining ma’nosi nima?
    Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
    Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
    Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor
    Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
    A) ruboiy; maishat, turmush tutumi
    B) ruboiy; tong shamoli, mayin shabada
    C) tuyuq; maishat, turmush tutumi
    D) tuyuq; tong shamoli, mayin shabada

  15. Umarshayx Mirzo qayerning hokimi edi?
    A) Toshkentning B) Samarqandning
    C) Farg‘onaning D) Qo‘qonning

  16. Bobur Samarqandni ne­cha marta egallagan?
    A) 1 marta B) 2 marta C) 3 marta D) 4 marta

  17. Bobur ruboiylarida ko‘pincha nimalar aks etadi?
    A) tabiat tasviri
    B) go‘zal yorga bo‘lgan sof muhabbat
    C) ilohiy ishq talqinlari
    D) shoirning hayoti manzaralari

  18. Zahiriddin Muhammad Boburning otasi kim?
    A) Abulqosim Mirzo B) Shohrux Mirzo
    C) Umarshayx Mirzo D) Yunusxon

  19. Boburning quyidagi ruboiysida qo‘llanilgan «siym» va «laim» so‘zlarining ma’nolarini toping.
    Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen,
    Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.
    Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,
    Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.
    A) bezak, savdogar B) oltin, kumush; gado
    C) banda, hammol D) inson, gado

  20. Bobur qaysi shaharlarni jangsiz egallaydi?
    A) Kobul va Agrani B) Agra va Dehli
    C) Dehli va Kobulni D) Kobul va G‘aznani

  21. Boburning quyidagi ruboiysidagi «g‘urbat» so‘zini izohlang.
    Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
    Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatda kishi.
    Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh,
    G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.
    A) g‘ariblik, vatandan uzoqda bo‘lish
    B) azob, mashaqqat
    C) nochorlik, tinimsiz harakat
    D) kambag‘allik, bilimsizlik

  22. Bobur necha yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi va necha yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi?
    A) 12, 13 B) 13, 14 C) 15, 16 D) 16, 17

  23. Boburning quyidagi ruboiysidagi «beqayd» so‘zining ma’nosi?
    Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen,
    Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.
    Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,
    Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.
    A) erkin B) kishansiz
    C) oltin-kumushsiz D) A va B

  24. Bobur ruboiylarida qo‘llangan «ahbob», «payom» so‘zlarining ma’nolarini toping.
    A) do‘stlar, yorlar; xat
    B) sahobalar; xabar, darak
    C) do‘stlar; xat, maktub
    D) do‘stlar; xabar, darak

  25. Boburning onasi kim?
    A) Zuhrabegim B) Bibixonim
    C) Qutlug‘nigorxonim D) Gavharshodbegim

  26. Toshkent hokimi Yunusxon Boburga kim bo‘ladi?
    A) ota tomondan bobosi
    B) ona tomondan bobosi
    C) katta tog‘asi
    D) kichik amakisi

  27. Boburning quyidagi ruboiysidagi «ijtinob» so‘zining ma’nosini toping.
    Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
    Sen shu’lasen, ul shu’lag‘a kuldurmen.
    Nisbat yo‘qdur, deb ijtinob aylamakim,
    Shohmen elga, vale senga quldurmen!
    A) yiroqlashish B) tortinish, chekinish
    C) saqlanish D) barcha javoblar to‘g‘ri

  28. Otasi bevaqt vafot etgach, Farg‘ona hokimligi necha yoshli Boburning zimmasiga tushadi?
    A) 10 yoshli B) 12 yoshli
    C) 15 yoshli D) 16 yoshli

  29. Bobur qachon va qayerda tug‘ilgan?
    A) 1473-yilning 9-fevralida Andijonda
    B) 1473-yilning 14-fevralida Farg‘onada
    C) 1483-yilning 14-fevralida Andijonda
    D) 1483-yilning 9-fevralida Farg‘onada

  30. Bobur qachon, qayerda vafot etadi va keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, qaysi shaharga ko‘chiriladi?
    A) 1530-yilning 26-dekabrida Agrada, Dehliga
    B) 1530-yilning 26-dekabrida Agrada, Kobulga
    C) 1526-yilning 26-dekabrida Dehlida, Kobulga
    D) 1526-yilning 26-dekabrida Dehli, Agraga

  31. Boburning ikki-uch yil tog‘-u toshda sarsonsargardon yurgan paytlarida yozilgan ruboiysi qaysi?
    A) “Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi”
    B) “Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi”
    C) “Ko‘ngli tilagan murodiga yetsa kishi”
    D) “Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen”

  32. Boburning qaysi devoni bizgacha yetib kelgan?
    A) “Hind” devoni B) “Kobul” devoni
    C) “Samarqand” devoni D) “G’azna” devoni



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish