Odam bolasi o’zining qaysi qobiliyati bilan boshqa mavjudotlardan farq qiladi?



Download 0,58 Mb.
bet27/39
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#275194
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
5-sinf adabiyot test to'plam Javobsiz

Nodar Dumbadze

  1. Nodar Dumbadze qachon va qayerda tug‘ilgan?
    A) 1928-yil 14-iyulda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida
    B) 1918-yil 14-iyulda Italiya poytaxti Rim shahrida
    C) 1948-yil 14-iyulda Gretsiya poytaxti Afina shahrida
    D) 1938-yil 14-iyulda Ispaniya poytaxti Madrid shahrida

  2. Nodar Dumbadze qaysi millatning ardoqli adibi hisoblanadi?
    A) grek B) gruzin C) ingliz D) nemiz

  3. Nodar Dumbadzening «Kukaracha» asari qaysi janrda yozilgan?
    A) qissa B) roman C) hikoya D) dram

  4. Nodar Dumbadzening romanlarini toping.
    A) «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni», «Qishloq bolalari»
    B) «Abadiyat qonuni», «Qishloq bolalari», «Kukaracha»
    C) «Oq bayroqlar», «Kukaracha», «Quyoshni ko‘ryapman»
    D) «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni», «Quyoshni ko‘ryapman»

  5. Nodar Dumbadzening «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni» singari romanlari kim tomonidan ona tilimizga o‘girilgan?
    A) Mirkarim Osim B) Nizom Komil
    C) Mirtemir D) Usmon Nosir

  6. Nodar Dumbadzening qaysi asari asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan ko‘p qismli videofilm suratga olingan?
    A) «Men, buvim, Iliko va Illarion»
    B) «Abadiyat qonuni»
    C) «Quyoshni ko‘ryapman»
    D) «Hellados»

  7. Nodar Dumbadzening ilk hikoyalar to‘plamini toping.
    A) «Quyoshni ko‘ryapman»
    B) «Quyosh kechasi»
    C) «Qishloq bolalari»
    D) «Abadiyat qonuni»

  8. Nodar Dumbadzening dastlabki yirik asarlari qaysilar?
    A) «Qishloq bolalari», «Kukaracha»
    B) «Men, buvim, Iliko va Illarion», «Quyoshni ko‘ryapman»
    C) «Quyoshni ko‘ryapman», «Qishloq bolalari», «Kukaracha»
    D) «Men, buvim, Iliko va Illarion», «Qishloq bolalari»

  9. Nodar Dumbadzening 1978-yilda yaratilgan qaysi asari nafaqat Gruziyaning o‘zida, balki ko‘plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o‘qiladigan asarlar qatoridan joy oldi?
    A) «Qishloq bolalari»
    B) «Abadiyat qonuni»
    C) «Kukaracha»
    D) «Men, buvim, Iliko va Illarion»

  10. N. Dumbadze qaysi asarida insonning hayotdagi o‘rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, adolatparvarlik xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritadi?
    A) «Qishloq bolalari»
    B) «Abadiyat qonuni»
    C) «Kukaracha»
    D) «Men, buvim, Iliko va Illarion»

  11. Nodar Dumbadzening «Hellados» asari qaysi janrda yozilgan?
    A) drama B) hikoya C) roman D) qissa

  12. «Cho‘pday ozg‘in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko‘zlari charosdek qop-qora, qo‘llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan o‘n to‘rt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd Azroilning o‘zi edi» misralari qaysi asar qahramonining tasviri?
    A) «Abadiyat qonuni»
    B) «Hellados»
    C) «Kukaracha»
    D) «Men, buvim, Iliko va Illarion»

  13. «Hellados» hikoyasida Venetsian ko‘chasida, Chalbash daryosining bo‘yida yashaydigan bola kim?
    A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Petya

  14. «Hellados» hikoyasida qaysi bola onasini eslolmaydi – chaqaloqligidayoq yetim qolgan edi?
    A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Petya

  15. «Hellados» hikoyasida Yanguli va otasining bor-yo‘q davlati nimalardan iborat edi?
    A) bittagina sigir va eshak-arava
    B) bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshak
    C) bittagina sigir, bitta buzoq va eshak
    D) bir parcha tomorqa, bittagina sigir, bitta buzoq va eshak

  16. «Hellados» hikoyasida Yanguli va otasi qanday qilib kun ko‘rishardi?
    A) Oshko‘k, sut-qatiq sotishardi.
    B) Otasi aravakashlik qilardi, sut-qatiq sotishardi.
    C) Yanguli bezorilik qilib chaqa topardi.
    D) Tomorqadan chiqqan sabzavotlarni sotishardi.

  17. «Hellados» hikoyasi qahramoni Jamolning xolavachchasi kim edi?
    A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Petya

  18. «Hellados» hikoyasi qaysi qahramonning tilidan hikoya qilinadi?
    A) Jamol B) Koka
    C) Yanguli D) Petya

  19. «Hellados» hikoyasida, odatda, Yangulining to‘dasi qayerda to‘planardi?
    A) qishloqdagi omborda
    B) temir ko‘prik ostida
    C) qishloqdagi xarobada
    D) temiryo‘l kesib o‘tiladigan joyda

  20. «Hellados» hikoyasida Yangulining to‘dasida qaysi bolalar bor edi?
    1) Petya; 2) Fema; 3) Kurlik; 4) Pancho; 5) Koka; 6) Jamol; 7) Tena
    A) 1, 4, 5, 7 B) 2, 3, 5, 6
    C) 1, 2, 3, 4, 7 D) 2, 3, 4, 5, 6

  21. «Hellados» hikoyasida Yangulining o‘ng qo‘li hisoblanadigan bola qaysi?
    A) Fema B) Petya C) Pancho D) Kurlik

  22. «Hellados» hikoyasi qahramoni Jamolning xolasi kim?
    A) Mida B) Aniko C) Nina D) Tina

  23. «Hellados» hikoyasi qahramoni Yanguli yoqtirgan qizning ismini toping.
    A) Mida B) Aniko C) Nina D) Tina

  24. «Hellados» hikoyasi qahramoni Yangulining sevimli ko‘ylagi qaysi edi?
    A) qora satin ko‘ylak B) yashil satin ko‘ylak
    C) oq satin ko‘ylak D) qizil satin ko‘ylak

  25. «Hellados» hikoyasi qahramoni Yangulining qayeriga ko‘kish rangdagi lotin harflari bilan «Hellados» so‘zi yozilgan edi?
    A) o‘ng to‘shining ustiga
    B) chap to‘shining ustiga
    C) chap qo‘liga
    D) chap qo‘liga

  26. Quyidagi parcha Nodar Dumbadzening qaysi asaridan olingan?
    «Bolalar, men, Yanguli Aleksandridi, sizlar saylagan sardor, sizlarga, Venetsian ko‘chasining hur farzandiga murojaat qilaman. Ro‘parangizda tbilisilik rangpar laqma bilan uning jiyani - vatan va qabila xoini, mishiqi Koka turibdi...»
    A) «Hellados»
    B) «Men, buvim, Iliko va Illarion
    C) «Quyoshni ko‘ryapman»
    D) «Abadiyat qonuni»

  27. «Hellados» hikoyasida Yan­guli va uning o‘ng qo‘li Petya qaysi musiqa asbobini sindirib tashlaydi?
    A) barabanni B) nayni
    C) skripkani D) gitara

  28. «Hellados» hikoyasida abxaz kishiga turmushga chiqqan grek ayolining qizi kim?
    A) Mida B) Aniko
    C) Nina D) Tanya

  29. «Hellados» hikoyasida «Vatan – ichkariroqda, naq yurakning o‘zida!» jumlasini kim aytadi?
    A) Jamol B) Yangulining otasi
    C) Yanguli D) muallif

  30. «Hellados» hikoyasida Suxumiga Gretsiyadan kelgan kemaning nomini toping.
    A) «Artemida» B) «Poseydon»
    C) «Ellada» D) «Hellados»

  31. «Hellados» hikoyasida Yanguli Jamol bilan xayrlashayotib kemada «Jamol, ego agapo imana su!» deb qichqiradi. Buning ma’nosini toping.
    A) Jamol, hayotni yaxshi ko‘raman!
    B) Jamol, oyingni yaxshi ko‘raman!
    C) Jamol, Vatanimni yaxshi ko‘raman!
    D) Jamol, sizlarni yaxshi ko‘raman!

  32. «Hellados» hikoyasida Yangulining jasadini qaysi daryoning qirg‘og‘idan topadilar?
    A) Kelasuri B) Chalbash
    C) Qora daryo D) Poseydon

  33. «Hellados» hikoyasida «O‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini olish»ni kasbiga aylantirib olgan bola kim?
    A) Jamol B) Kokan C) Yanguli D) Petya

  34. «Hellados» asaridagi «Tbilisilik rangpar laqma» kim?
    A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Petya

  35. «Hellados» hikoyasida Jamolning qaysi xislati oxir-oqibatda «dushmanlari»ning do‘st bo‘lishiga, Yangulidek «zo‘ravon» e’tirofini qozonishiga olib keladi?
    A) qat’iyligi B) o‘zini xor qildirib qo‘ymasligi
    C) jasurligi D) barcha javoblar to‘g‘ri

  36. «Hellados» hikoyasida Yanguli va Jamolning oxirgi olishuviga kim guvoh bo‘ladi?
    A) Petya B) hech kim
    C) osmon va qushlar D) eshak

  37. «Hellados» hikoyasida Yanguli va otasi kemada qayerga qaytishlari kerak edi?
    A) Elladaga B) Gruziyaga
    C) Ispaniyaga D) Italiyaga

  38. N. Dumbadzening «Hellados» hikoyasidagi «vatan va qabila xoini» kim?
    A) Koka B) Yanguli C) Petya D) Pancho

  39. N. Dumbadzening «Hellados» hikoyasida Jamol daryodan topilgan Yanguli jasadini qanday taniydi?
    A) sevimli qora satin ko‘ylagidan
    B) bo‘ynidagi sevimli tumoridan
    C) o‘ng qo‘lidagi «Hellados» yozuvidan
    D) chap to‘shidagi «Hellados» yozuvidan

  40. «Hellados» hikoyasida suxumilik grek Xrista Aleksandridining o‘g‘li kim?
    A) Jamol B) Koka C) Yanguli D) Petya

  41. «Hellados» hikoyasi qahramoni Yanguli necha yoshda edi?
    A) 12 B) 13 C) 14 D) 15

  42. «Hellados» hikoyasi qahramoni Jamolning onasining ismini toping.
    A) Mida B) Aniko C) Nina D) Tina

  43. «Hellados» hikoyasida «…Xudo siylagan yerimizni, dengizi-mizni, jamiki daryolarimiz, oltin va kumushlarimiz, o‘tloqlarimizni o‘ziniki qilib olmoqchi...» jumlalari kimning tilidan aytiladi?
    A) Jamolning B) Kokaning
    C) Yangulining D) Petyaning

  44. «Hellados» hikoyasi qahramoni Yanguli qayerda o‘qigan?
    A) «Mziuri» maktabida
    B) «Mziuri» kollejida
    C) Suxumidagi eski maktabda
    D) Hech qayerda o‘qimagan.

  45. «Hellados» hikoyasida Jamolning «mishiqi» do‘sti kim?
    A) Koka B) Yanguli C) Petya D) Pancho

  46. «Hellados» hikoyasida Jamol Yanguli bilan qachon uchrashib qolganligini aytadi?
    A) o‘ttiz to‘qqizinchi yilning kuzida
    B) o‘ttiz to‘qqizinchi yilning yozida
    C) o‘ttiz sakkizinchi yilning kuzida
    D) o‘ttiz sakkizinchi yilning yozida

  47. «Hellados» hikoyasida Yanguli va Jamol qancha vaqt kelishmay yuradilar?
    A) yarim yilcha B) bir yilcha
    C) bir yarim yilcha D) ikki yilcha

  48. Nodar Dumbadzening 1967-yilda va 1972-yilda chop etilgan, zamonaviy mavzulardagi, insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlar ulug‘langan asarlarini toping.
    A) «Qishloq bolalari», «Kukaracha»
    B) «Quyosh kechasi», «Quyoshni ko‘ryapman»
    C) «Oq bayroqlar», «Kukaracha»
    D) «Oq bayroqlar», «Quyosh kechasi»

  49. Nodar Dumbadzеning ilk hikoyalar to’plamini aniqlang?
    A) “Qishloq bolalari” B) “Mеn, buvim, Iliko va Illarion”
    C) “Quyosh kеchasi” D) “Quyoshni ko’ryapman”

  50. Nodar Dumbadzening" hikoyalari, "Kukaracha" qissasi, "Oqbayroqlar", "Abadiyat qonuni" singari romanlari o'zbek tiliga kim tomonidan tarjima qilingan?
    A) Nosir Fozilov B) Asqad Muxtor
    C) Nizom Komil D) Mirtemir

  51. Nodar Dumbadzening qaysi asarlarida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlaridagi og'ir va mashaqqatli hayot manzaralari,bir-biriga o'xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan?
    A) "Oq bayroqlar", "Abadiyat qonuni" romanlari
    B) "Quyoshni ko'ryapman" romani, "Men, buvim, Iliko va Illarion" qissasi
    C) "Quyosh kechasi", "Oq bayroqlar" romanlari
    D) "Abadiyat qonuni" romani va "Hellados" hikoyasi

  52. N.Dumbadzening "Hellados" asaridagi Paganini, Stradivari ismlari kimning tilidan aytilgan va ular kimlar?
    A) Yanguli: mashhur vatanparvarlar
    B) Nina xola: mashhur skripkachilar
    C) Jamol: mashhur skripkachilar
    D) Xrista Aleksandridi: suxumilik vatanparvarlar

  53. N.Dumbadzening "Hellados" hikoyasidagi quyidagi ta'rif kim haqida? "O'n to'rt yoshli bu zolim Venetsian ko'chasida istiqomat qiluvchi barcha ustidan, jumladan, xolavachcham Koka ustidan ham tanho hukmronlik qilardi".
    A) Yanguli B) Yangulining otasi
    C) Jamol D) Xrista Aleksandridi

  54. "Bizning tanishuvimiz o'ttiz sakkizinchi yilning kuzlarida boshlangan". N.Dumbadzening "Hellados" asaridagi ushbu gap kimning tilidan aytilgan?
    A) Yangulining B) Jamolning C) Kokaning D) Nina xolaning

  55. N.Dumbadzening "Hellados" asaridagi Aniko kim?
    A) Jamolning xolasi B) Jamolning onasi
    C) Kokaning onasi D) Yangulining onasi

  56. Nodar Dumbadzе tashabbusi bilan ochilgan bolalar bog’i nomi?
    A) Bolajon B) Quyoshjon C) Oftoboy D) Oymomo




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish