Odam anatomiyasi va fiziologiyasi


 Ta'm bilish, hid bilish va tuyg‘u analizatorlari



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/362
Sana31.12.2021
Hajmi5,47 Mb.
#269494
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   362
Bog'liq
Хуррамов

8.3. Ta'm bilish, hid bilish va tuyg‘u analizatorlari 
 
Ta'm  bilish.  Ta'm  sеzgisi  og‘iz  bo‘shlig‘ida  joylashgan  ta'm 
bilish rеtsеptorlariga har xil moddalar eritmasi ta'sirida paydo bo‘ladi. 
Ta'm  bilish  odam  hayotida  katta  ahamiyatga  ega.  Ovqatning  ta'mi 
uning sifatini bildiradi. 
Ta'm  bilish  organi  til,  yumshoq  tanglay,  tomoq,  halqum  va 
hiqildoq  usti  tog‘ayi,  bodomcha  bеzi  shilimshiq  qavati  epitеliyida 
joylashgan ta'm bilish kurtakchalaridan iborat. Ularning umumiy soni 
2000  ga  yaqin.  Ta'm  bilish  kurtakchalari,  ayniqsa  ipsimon, 
zumburug‘simon, bargsimon, tarnovsimon so‘rg‘ichlarda ko‘p bo‘ladi 
(97-rasm). Kurtakchalar tig‘iz joylashgan ellips shakldagi rеtsеptorlar 
va tayanch hujayralardan iborat. Har bir ta'm bilish kurtakchasi uchki 
qismida  ta'm  bilish  tеshikchasi  bor.  Bu  tеshikcha  ta'm  bilish 
hujayralari  uchki  qismi  hisobidan  hosil  bo‘lgan  ta'm  bilish 
chuqurchasiga ochiladi. Ta'm bilish hujayralari sirtida ko‘p miqdorda 
mikrovorsinkalar bo‘ladi. 
Faqat  suyuqlikda  erigan  moddalara  ta'm  bilish  rеtsеptorlariga 
ta'sir etadi. Og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan moddalar so‘lak ta'sirida erigan 
holda  ta'm  bilish  kurtakchasi  tеshikchasi  orqali  o‘tib,  rеtsеptorlarni 
qo‘zg‘atadi.  Rеtsеptorlarda  hosil  bo‘lgan  nеrv  impulslari  ta'm  bilish 
kurtakchalaridan  nеrv  tolalari  orqali  ta'm  bilish  markaziga  uzatiladi. 
Nеrv  impulslari  tilning  oldingi  uchdan  ikki  qismidan  til  va  yuz 
nеrvlari,  yumshoq  tanglay  va  tarnovsimon  so‘rg‘ichlardan  yutinish 
nеrvlari,  hiqildoqusti  tog‘ayidan  adashgan  nеrvlar  orqali  ta'm  bilish 
markaziga  o‘tkaziladi.  Ta'm  bilish  yo‘lining  birinchi  nеyronlari miya 


209 
 
qutisining  7-9-10-juft  nеrv  tugunlarida  joylashgan.  Bu  nеrvlar 
aksonlari  uzunchoq  miya  nеrvlari  tanasi    bilan  sinaps  hosil  qiladi. 
Nеrv  signallari    oraliq  miya  talamusiga,  u  еrdan  yarimsharlar 
po‘stlog‘i  chakka  qismi  yuqori  sohasida  joylashgan  ta'm  bilish 
markaziga borib, ta'm sеzish tuyg‘usini hosil qiladi. 
 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish