Aristotel (Arastu) (eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan). Yunon haqoni Iskandar Zulqarnayni tarbiyachisi bo’lgan. U Gippokratning qon tomirlar bosh miyadan boshlanib tanaga tarqaladi degan fikriga qarshi chiqib, qon tomirlar yurakdan boshlanishini aytib beradi. Shuningdek Arastu paylarni nervlardan, suyakni tog’aydan ajratgan va aortani birinchi marta aniqlagan.
Misrni yunonlar bosib olganidan keyin Nil daryosi bo’yida Iskandariya (Aleksandriya) shahri barpo etiladi. Bu shaharda 700000 kitobga ega bo’lgan kutubxona barpo etilib, bu erdan ilm fan dunyo bo’ylab tarqaladi. Tibbiyot va biologiya fanlari ravnoq topa boshlaydi. Aleksandriya davri olimlaridan Gerofil va Erazistrat anatomiya fanini ravojlanishiga ma’lum bir hissa qo’shganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |