Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/103
Sana25.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#260453
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
Bog'liq
odam anatomiyasi fanini organishga kirish.

Tananing orqa tomoni mushaklari 
 
Orqa mushaklari tananing orqa yuzasida dumg’aza va yonbosh suyaklari 
qirrasidan kalla asosigacha bo’lgan sohani egallaydi. Ular ikki: yuzaki va 
chuquur guruhlarga bo’linadi.
Orqaning yuzaki guruh mushaklari uch qavat bo’lib, birinchi qavatda ikki: 
trapetsiyasimon va orqaning serbar mushaklari joylashadi. 
Trapetsiyasimon mushak, uchburchak shaklidagi yassi mushak bo’lib, 
orqaning yuqori qismida joylashgan. O’ng va chap mushaklar birgalikda 
trapetsiya shakliga o’xshaydi. Bu mushak tashqi ensa bo’rtig'i, yuqorigi ensa 
chizig’i, ensa boylami va barcha lo’krak umurtqalarining qirrali o’simtalaridan 
boshlanib, o’mrov suyagining akromion uchi, akromion va kurak qirrasiga 
birikadi. Trapetsiyasimon mushak kurakni harakatini ta’minlaydi. 
Orqaning serbar mushagi ham uchburchak shaklidagi yassi mushak bo’lib 
orqaning pastki qismida joylashgan. Bu mushak pastki oltita ko’krak, barcha bel 
umurtqalarining qirrali o’simtalaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan 
boshlanib yelka suyagi kichik bo’rtig'i qirrasiga yopishadi. Bu mushak 
qisqarganida qo’lni tanaga yaqinlashtiradi va pronatsiya qiladi. 
Orqaning yuzaki mushaklar guruhining ikkinchi qavatida kurakni 
ko’taruvchi, kichik va katta rombsimon mushaklar joylashib, ularning qisqarishi 
kurashni holatini o’zgartiradi. 
Uchunchi qavatda orqadagi yuqorigi va pastki tishsimon mushaklar 
joylashgan. Orqaning yuqorigi tishsimon mushagi qisqarganida qovurg’alarni 
ko’tarib nafas olishda ishtirok etadi. Orqaning pastki tishsimon mushagi esa 
nafas chiqarishda ishtirok etadi. 
Orqaning chuqur mushaklari umurtqalarning qirrali va ko’ndalang 
o’simtalari: ko’ndalang o’simtalar va kovurg’alar burchagi o’rtasidagi bo’ylama 
egatlarda uch qavat bo’lib joylashadi. 
Yuza qavatda bosh va bo’yinning tasmasimon va umurtqa pog’onasini 
tiklovchi mushaklar yotadi.
Bosh va bo’yinning tasmasimon mushaklari asosan bosh va bo’yinni orqa
tomonga tortadi, agarda bir tomonlama qisqarsa o’z tomonga buradi. 
Umurtqa pog’anasini tiklovchi mushak birikish sohasiga qarab uch qismga: 
lateral qovurg’alarga birikuvchi yonbosh-qovurg’a, oraliq ko’ndalang 
o’simtalarga birikuvchi uzun va medial qirrali o’simtalarga birikuvchi qirrali 
mushaklarga bo’linadi. 
11 
Yonbosh qovurg’a mushagi joylashish sohasiga qarab uch qismga bo’linib, 
qisqarganida umurtqa pog’onasini yozadi, bir tomonlama qisqarsa, umurtqa 
pog'onasini bir tomonga bukadi qovurg’alarni pastga tushiradi. 


Uzun mushak ham uch qismdan iborat bo’lib, qisqarganida umurtqa 
pogonasini yozadi, yon tomonga bukadi. Bosh qismi boshni orqaga tortib, yuzni 
o’z tomonga buradi. 
Qirrali mushak ham uch qismga bo’linib, qisqarganida umurtqa pog’onasini 
yozadi. 
Ko’ndalang-qirrali mushak umurtqalarning ko’ndalang va qirrali o’simtalari 
o’rtasidagi egatda bir necha qavat bo’lib joylashgan. Bu mushakning tolalari 
uzunligi turlicha bo’lib, nechta umurtqaning ustidan o’tishiga qarab uch 
guruhiga bo’linadi. Ko’ndalang- qirrali mushakning yuza joylashgan yarim 
qirrali mushak qismi 4-6 umurtqa ustidan o’tib birikadi. uning o’rta qavatida 
joylashgan ko’p bo’lakni mushak 2-4 umurtqa ustidan o’tib biriksa, chuqur 
joylashgan burovchi mushak bir umurtqa ustidan o’tib, keyingisiga birikadi. 
Ko’ndalang-qirrali mushak qisqarganida umurtqa pog’onasini bo’ylama o’q 
atrofida buradi. 
Orqa mushaklari, ayniqsa chuqurlari kam taraqqiy etgan. Ularning 
qisqaruvchi qismi payiga nisbatan katta. Orqa mushaklari bolalikning birinchi va 
balog’at davrlarida tez o’sadilar. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish