Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
34
library.ziyonet.uz/
etmoqqa ishorat qiling.
Shayx dedilar: -Koʻz yoshimdan oʻzga suvim yoʻq, bagʻrimdan har dam koʻzlarimga qon
yoshlari keladir.
...birlari dedilar: - Afzali gʻusl qilmoqlikdir, u koʻngilni pok etishdan tashqari gʻamdan
ham qutqarajak.
Shayx dedilar: - Men yoʻqlik dengizida gʻarq boʻldim. Mendan yana nima istaysan?
...birlari dedilar: - Tasbehga mashgʻul boʻling-da, bu parishon holatdan oʻzingizni
qutqaring.
Shayx dedilar: - Tasbehimning tori uzildi, uning oʻrniga zunnor ipini bogʻladim...
...yana dedilar: -Safarimiz tamom boʻldi, Vatan sari yoʻlga tushsak durustroq boʻlardi.
javob qildilar: - Ehsonli Alloh oʻzi muruvvat koʻrsatib, bu butxonani menga haqiqiy
vatan etibdir.
...yana dedilar: -Sizning avvalgi vajhu holatingiz - e’tiqodingiz qani? Zuhd va ibodatda
oʻtkazgan pokiza vaqtlaringiz qani?!
javob qildilar: - Holatim - butxonada turmoqdan iborat, bordi-yu vaqtu soatim yuzta
boʻlsa ham hammasi shundayligicha kechardi.
Qavm oʻsha kechasi yuz bor kuyina-kuyina Shayx ahvolidan iztirob chekdi. Ular
Shayxga ta’nalar qilishar, ammo Shayx bularga parvo qilmasdilar. Ular Shayxga oʻgitlar
berishar, ammo ul zot bularni fahmlamas edilar.
Ertalabgacha butxonadagi kishilar gʻavgʻo qilib, din ahlining bu holini tomosha qildilar.
Ular din ahli rasm-rusmlarini masxara qilish bilan oʻz dinlari tariqatidan lof urib,
maqtanib qoʻyishardi. Shayx hamrohlarining baxtsizlikka duchor boʻlganlari bir fojia
boʻlsa, butxona ahlining bu savdodan sevinishi fojia ustiga fojia boʻlib tushmoqda edi.
Butxona ahli ular bilan diniy qoidalar xususida bahs yuritishganda Shayx oʻz qavmlariga
e’tibor bermay, butxona ahli yonini ola boshladilar. Bunday mudhish hol musulmonlarga
koʻp malollik yetkazdi.
Tongda butparastlar oʻzlarining katta qoʻngʻiroqlarini chaldilar. Butxona ahli Shayx ishqi
va ahvoli haqida mojaro qoʻzgʻab, millatiga quvvat bagʻishlovchi bu holdan shod
boʻlishardi. Musulmonlarning esa bundan hijolatlari tobora oshib boraverdi. Bechora
Shayx butxonadagi bolalarga ham masxara boʻldilar. Oshiqu zor, gʻarib bir holda
koʻzlarini tarso qizi tomon tikkancha yoʻl uzra yuztuban boʻlib yotaverdilar. Kishilar
tahqirlab, va masxaralab bosib oʻtsalar ham mutlaqo parvo qilmas edilar. Chekkan
azoblaridan gʻoyibu hozirlarning ham, ingrashlaridan moʻ'minu kofirlarning ham rahmi
kelardi. Oqibat shu boʻldi-ki, muridlar nomusga chiday olmay pirlarini yolgʻiz tashlab,
turli tomonlarga tarqab ketishga majbur boʻldilar.
Shayxning kunduz kunini shu tariqa qaro qilgan va uni din yoʻlidan chiqarib, kofirlar
Do'stlaringiz bilan baham: |