Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
10
library.ziyonet.uz/
farzandning oilada olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltirishini hamma
biladi. Otaning ish-amali farzandiga singsa, uning xulqida jilvagar boʻladi.
Bolani tergab-nazorat qilish ota-ona yuzining yorugʻligini ta’minlaydi. Tarbiyadan
tashqaridagi bola bebosh va yaramaslik sari ogʻadi. Erka boʻlib oʻsgan oʻgʻil-qizlar xatti-
harakati ota-onaga mung va alam keltiradi. Shu bois ham Abdulla Avloniy ta’kid
etganlaridek: «tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat
- yo falokat masalasidur» deyilmish fikrni barchamiz birdek shior sifatida qabul
qilmogʻimiz lozim boʻladi.
Afsuslarkim, ayrimlarimizning koʻngillarimiz koʻchaga bogʻlangan. Ishga, ulfatga
muhabbat oilaga boʻlgan muhabbatdan ortiq. Choyxonalarda, restoranlarda, turli
ziyofatlarda yayrashga umrimizning hisobsiz soatlarini behuda sarflaymiz. Bola
tarbiyasiga esa vaqtni qizgʻanamiz. Sariq chaqaga arzimas matohlarimiz farzandlarimizga
nisbatan qiymatliroq. Piyolani sindirib qoʻysa ayamay uramiz, guldonni sindirsa
doʻpposlaymiz. Agar aka ukasini ursa yana jazolaymiz. Holbuki, kattaning kichik,
kuchlining kuchsiz ustidan hokim ekanini oʻzimizning aynan shu harakatimiz bilan
oʻrgatyapmiz: gapga kirmagan kichikni yoki kuchsizni urish mumkin!
Bola shoʻxlik qilsa «hali qarab tur, dadangga aytaman», deb qoʻrqitamiz. Ota kelganda
bola yomonlanadi. Ayni shu holatda ota-bola orasiga dushmanlik urugʻi sochilganini
fahm etmaymiz. Otani jazolovchi inson sifatida koʻrsatmay, ota kelganda uni izzat-
hurmat bilan kutib olishni oʻrgatish afzalroq emasmikin?
Abdurauf Fitrat hazratlarining bizga bir oz keskinroq, hatto qoʻpolroq tuyulishi mumkin
boʻlgan bayonlari bor. Birga oʻqiylik: «...koʻraylik-chi, biz musulmonlar, xususan
turkistonliklar, oʻz farzandlarimizga tarbiya beryapmizmi yoki yoʻqmi? Savolning
oxiridagi soʻz bunga javob boʻla oladi, ya’ni «yoʻq!» Men buni shunday isbot qilaman:
biz, turkistonliklar bolalarimizdan koʻra mollarimizga yaxshiroq qaraymiz. Eshak va
qoʻylarimizni farzandlarimizdan ham koʻproq yaxshi koʻramiz, deb aytmayapman. Yoʻq-
yoʻq, bolalarimiz jonimizdan ham aziz. Ular nazarimizda hammadan suyukli va ardoqli.
Lekin baxtimizga qarshi shuni e’tirof qilish lozimki, shuncha muhabbat va mehrga
qaramasdan, eshak va qoʻylarimizdan kamroq tarbiyalaymiz! Mening bu soʻzlarimdan
hayron boʻlmang, sabr qiling, da’vomni isbotlayman. Falon narsani tarbiyalash, ya’ni uni
asta-sekin kamolga yetishtirishdir. Nazarimizda qoʻyning kamoli uning semizligi va
sogʻlomligidadir. Eshakning kamoli uning kuchi, oyoqlarining baquvvatligi va yaxshi
yurishidadir. Faraz qiling, qoʻzi yoki hoʻtik sotib olib uyga keltirasiz. Diqqat bilan ularga
qarab, bir muddatdan keyin qoʻyni semirtirib, eshakni baquvvat va yoʻrgʻa qilasiz, ya’ni
ularni tarbiyalab, kamolga yetishtirasiz. Ammo aziz farzandlaringizga shunday diqqat
bilan tarbiya bermaysiz. Bahona qilasizki, bolangiz ham kamolga yetishgan. E’tiroz
bildirishingiz mumkinki, biz mollarimizni boqishga qancha urinsak, farzandimiz
tarbiyasiga ulardan yuz barobar koʻproq harakat qilamiz, deb.
Bu da’voingiz ma’lum boʻlsa-da, ammo toʻgʻri emas. Dalil shulkim, kimning uyida moli
boʻlsa, tekshirsa koʻradiki, yil davomida uning mollaridan bittasi ham kasal boʻlmagan,
ammo farzandi hech boʻlmasa, uch marta xastalikka chalingan. Bas, ma’lum boʻladiki, u
kishi molining kasal boʻlmasligiga koʻproq e’tibor berar ekan. Soʻzingiz toʻgʻri boʻlsa
ham mening da’voyimga hech zarari yoʻq, chunki bolaning sogʻligʻiga e’tibor berish ham
farzand tarbiyasi bilan shugʻullanishni bildirmaydi. Haqiqatdan agar odam qoʻy va
Do'stlaringiz bilan baham: |