Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
45
library.ziyonet.uz/
Na hojat yer yuzining shohi boʻlsang. deyilmoqchiki, sen shu koʻngil mulkining shohi
boʻlsang, yer yuziga sulton boʻlishlikka aslo hojat qolmaydi. Zeroki, dunyo podshohligi -
foniy, oxirat shohligi - boqiy.
Alhol, hazrati shayx Ibrohim bin Adham (qoddasallohu sirrahul aziz) qissalarini eslash
oʻrni keldi.
Balxning podshohi Ibrohim bin Adhamning qirq nafar oltin qalqonli quli dabdaba bilan
uning oldida borar, yana qirq nafari esa ortida yurar edi. Bir kecha saroyda yotsalar
tomning tepasida dupur eshitildi. «Ul nimadur?» - deb tovush bergan edilar, «Tuyani
qidiryapman» degan sado keldi. «Tuyani tomning ustida qidiradilarmi?» - degan edilar,
javob keldiki: «Ey gʻofil, Allohni shohi koʻrpalar ichida qidiradilarmi?»
Bu soʻzni eshitishlari bilan ul zotning jonlariga oʻt tushdi. Tongga qadar uxlay olmadilar.
Ertalab mutaassir boʻlib taxtga oʻtirdilar. Arkoni davlat va qullari kelib, qoʻl bogʻladilar.
Shu zamon haybatli zot eshikdan kirib kelib, taxt yoniga bordi. Biron kishi biror soʻz
soʻzlay olmadi. Tillari tutildi. Ibrohim bin Adham: «Ketgil, bu saroy menikidir, sen
telbamisanki, bu yoqqa kelding?» - degan edilar, ul zot: «Bul karvonsaroydur. Sendan
avval kimniki erdi?» - dedi. «Otamniki, undan oldin bobomniki edi», - deb javob
berdilar. Yana savol berildi: «Ular ne boʻldilar?» Javob qilindi: «Oʻldilar...» Deyildi:
«Demak, mening aytganimdek, bul karvonsaroy emasmidirki, birisi kelib, birisi ketar?»
Oʻshal zot Hizr alayhissalom edilar. Ibrohim bin Adhamning dardlari zoʻraydi. Tasalli
topmoq umidida shikorga chiqdilar. Unda saroy ahlidan ajralib, yolgʻiz ketar ekanlar:
«Intabeh!» (Ogoh boʻl, uygʻon!) degan ovozni eshitdilar. Soʻng yana «Intabeh!» deyildi.
Uchinchi marta esa «Intabeh, qoblan tantabeh!» («oʻlmoqdan avval uygʻon!») -deyildi.
Buni eshitganlari zamon dunyodan qoʻl tortdilar. Otni ilgari surdilar. Roʻparalaridan bir
kiyik chiqdi. Qoʻlga kamon olgan edilar, kiyik tilga kirdi: «Yo, Ibrohim! Hazrati Haq
taolo seni ov qilmoq uchun dunyoga keltirdimi? Boshqa ishing yoʻqmi?» Shu soʻzlarni
eshitar ekanlar yana bir ovoz keldiki: «Sen ov qilmoq uchun yaratilmading!» Bu sas ul
zotni titratdi. Koʻzlariga malaklar koʻrindi. Yigʻlay boshladilar. Shu qadar yigʻladilarki,
kiyimlari hoʻl boʻldi. Jonu dil bilan nasuh tavbasini qildilar. (Nasuh tavbasi - sof, xolis
holda, qayta gunoh qilmaslik ahdi bilan qilinuvchi tavbadir.) Shu holda ketar ekanlar, oʻz
odamlaridan boʻlmish bir choʻponga uchradilar. Choʻponning chakmoni va telpagini
kiyib olib, qoʻylarini unga bagʻishlab yubordilar. Ul zotning bu hollariga malaklar nazar
qildilar: «Podshohlik libosini yechib, jannat va jamolulloh oshigʻi oxirat libosini kiydi»,
dedilar.
Ishq ana shundaydir...
-Ey koʻngil! Diqqat ila quloq tutgilkim, ehtimol senga ham «Intabeh, qoblan tantabeh!»
nidosi kelayotgandir. Ehtimol qalbing quloqlarini, qalbing koʻzlarini nafs pardalari toʻsib
olgandir?! Ziyrak boʻl! Qalbingga boq!
Yana «Sabotul ojiziyn»ga qaytaylik:
Agar xandalcha boʻlsa mehri agʻyor,
Boʻlur botin koʻzi mahjubi asror.
Do'stlaringiz bilan baham: |