Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
38
library.ziyonet.uz/
bordilar. Shayxda na Islom, na iymon maslagidan asar qolgan, na aql, na zuhdu taqvo
andishasidan nishon qolgan edi.
Shayx shogirdlarini tanimay, ulardan yuzlarini teskari burdilar, choʻchqalar toʻdasi
yurgan tomonga qaradilar. Soʻfiylik yoʻlini tutuvchi solik bu holni koʻrgach, shayxi
uchun koʻngli buzilib oh urdi. Soʻng shaharga qaytib, butxona boshligʻini topdi va
maqsadini aytdi. Keyin ibodatga berilib, kecha-kunduz iltijo yoshlarini toʻka boshladi.
Iztirob bilan koʻp-koʻp duolar qildi va nihoyat Alloh uning duosini qabul etdi...
Tong shamoli mushk hid taratib esa boshladi. Xudo farzini toʻgʻri ado keltirib, sajdadan
uzoq vaqt bosh koʻtarmadi. Soʻng ashoblari hamrohligida Shayx tomon yoʻlga tushdilar.
Bu paytda Shayxdan ham gumrohlik daf' boʻlib, ul zotga gʻoyibdan ogohlik yetgan edi.
Kofirlar kiyimini tashlab, bellariga bogʻlangan zunnorni uzib tashlagan edilar. Koʻzlari
hijolat yoshlarini oshkor etib, ohu nadomat alangasi avjda edi.
Shogirdlar kelishgach, Shayx koʻngillariga ulugʻlik yetishdi. Hazor-hazor shukrlar
aytishib, shodmon boʻlishdi. Shayx gʻusl qilib, xirqa kiygach, barchalari Ka’ba sari
yoʻlga chiqdilar.
Ular yoʻlda bora tursinlar, biz tarso qizi sari qaytaylik:
U pari noz uyquda yotar ekan, bir tush koʻrdi. Tushida quyosh osmondan pastga tushib,
Isodan (alayhissalom) shunday xabar yetkazdi:
-Ey vafo bobida xomu noraso! Zamona ahlining murshidi boʻlgan Shayx San'on sening
butxonangga mehmon boʻlib keldi. Ammo sen mezbonlik odatini bilmasdan,
mehmonning boshiga ne kunlarni solmading?! Hozir u butxona mehmonligini tark etib,
mezbonlik qilish uchun Ka’baga yoʻl oldi. Uning orqasidan yetib, diniga musharraf boʻl,
undan kechirim soʻrab, uning jufti haloli boʻl!
Gʻayridin qiz Shayx oyogʻining izi boʻlishni istagan holda uyqudan uygʻondi. Qilgan
ishlari yodiga tushib, noshod koʻngliga oʻtlar tutashdi. Oh urganicha oʻrnidan turib,
Ka’ba ehromi sari yoʻlga tushdi. U zor yigʻlab borar, koʻzlaridan osmondagi yulduzlar
kabi yoshlar toʻkilardi. U Shayx tomon xuddi yel uchirgan toza gul bargi yangligʻ tez
yurib borar edi. Charx esa qilgan ishlari uchun kinakashlik koʻrsatmoqda edi. Ayniqsa,
bu kinakashlikning biyobon ichra shiddati haddan oshib, qizni vahima, qoʻrquv va hayrat
bosib kela boshladi. Unga bu nihoyasiz choʻlu biyobonda kasallik va ojizlik yuzlandi. U
Yaratganga yolbordi:
-Yo Rabbim! Ojizu sargashta bir holda koʻz va koʻnglim qoniga belanganman. Zaifu
bechoradurman, rahm qil! Bekasu ovoradurman, rahm qil! Garchi mening gunoh va
jinoyatdan oʻzga narsam yoʻq boʻlsa-da, sendan boshqa panohim ham yoʻqdir!
Kimsasiz va chorasiz qiz oʻz holiga zor-zor yigʻladi. Uqubat shunchalik oʻz kuchini
koʻrsatdi-ki, holsizlanib, tuproqqa yuztuban tushdi. Hushidan ketdi. Tuprogʻ ustida xoru
dardnok boʻlib yotib qoldi.
Yuqori martabali Shayxga bu hodisa kashf boʻldi. Nainki ul zot, hamrohlik qilayotgan
muridlari ham bu sinoatdan xabar topdilar. Shayx ular hamrohligida izlariga qaytdilar.
Sarvinoz yotib qolgan yerga yetib kelishgach, Shayx uning hushsiz boshini qoʻyinlariga
Do'stlaringiz bilan baham: |