Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
22 
library.ziyonet.uz/ 
Sahobai kiromlar Rasulullohdan (s.a.v.): «Goʻzal axloq nima, ya Rasulalloh?» deb 
soʻrashganida, Sayyidimiz javob qildilarkim: «Senga zulm qilganni kechir, senga 
bermaganga sen ber, sendan aloqasini uzgan bilan aloqa oʻrnat, bordi-keldi qil». Axloq - 
insonlar orasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi muhim omil ekan, bu kabi hadisi 
shariflarni nazardan chetda qoldirishimiz mumkin emas. 
Yovuzlik, yomonlik, razolat - insondagi yomon xulqning suyukli farzandlari hisoblanadi 
va uning uch manbai bor: 1.Nafs. 2.Shayton. 3.Jaholat. Nafs va jaholat mavzuiga alohida 
bob ajratganimiz bois, ayni oʻrinda shayton xususida soʻzlashib olsak: 
Shayton - biz koʻrolmaydigan, ammo mavjudligi Qur'oni Karimda bildirilgan maxluq. 
Barchamiz «Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas uni dushman tutinglar», deb Alloh 
tomonidan ogohlantirilganmiz. Shaytonning oʻz hizbi, guruhi bor: «shaytonul ins va jin», 
ya’ni insonlar va jinlar toifasidan ham shaytonlar mavjud. Kishilar orasida 
shaytonlashgan odamlar bor, koʻrinmaydigan jinlardan ham shaytonlar mavjud, deydilar. 
Shaytonning oʻz olami bor - uni «shaytanat» derlar. Sulton saltanatni boshqargani kabi, 
shayton shaytanatni boshqaradi. 
Dunyodagi insonlar ikki hizb - guruhdan iboratdurlar: birinchisi - hizbulloh, ikkinchisi -
hizbushshayton. (Bu atamalarning siyosiy yoʻnalishdagi guruh va oqimlarga mutlaqo 
aloqasi yoʻq. Bu oʻrinda ruhiy olam tafovuti nazarda tutilyapti.) 
Shayton inson ustidan qat'iy hukm yurgiza olmaydi. Agar insonda mayl boʻlmasa shayton 
unga oʻz ta’sirini oʻtkaza olmaydi. Alloh taborak va taolo marhamat qiladi: «Albatta 
iymon keltirgan va yolgʻiz Parvardigorlariga tavakkul qilgan zotlar ustida (shayton) 
uchun hech qanday saltanat - hukmronlik yoʻqdir. Uning (shaytonning) hukmronligi faqat 
(uni) doʻst tutib, (Allohga) sherik qilib oladigan kimsalar ustidadir». Demak, shayton 
moʻ'minlarga osonlikcha ta’sir eta olmaydi. Faqatgina vasvasa qiladi. Gunoh ishlarni 
insonning koʻz oʻngida birma-bir jilolantirib, ulardan birini tanlash uchun inson qalbini 
vasvasaga soladi. La’natlangan shaytonning Rasululloh (s.a.v.) bilan boʻlgan suhbatida 
uning oʻzi buni ta’kid etadi: «...qaraganlarga ayolni chiroyli qilib koʻrsataman. Unga 
ba’zi ishlarni qildiraman. Masalan, «qoʻlingni, bilaklaringni tashqariga chiqar, koʻrsat 
hammaga», deyman. Ayol darhol bu amrni bajaradi. Qoʻl-bilaklarini ochib, koʻrsatadi. 
Keyin bu ayolning hayo pardasini tirnoqlarim bilan yirtaman... Ey Muhammad, biron 
kimsani zalolatga olib borish uchun qoʻlimda imkon yoʻq. Men faqat vasvasaga solaman, 
bir narsani chiroyli qilib koʻrsataman, xalos. Agar zalolatga olib borish uchun qoʻlimda 
imkoniyat boʻlsa edi, yer yuzida «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh», 
deydiganlarni, roʻza tutadiganlarni, namoz oʻqiydiganlarni hech holi qoʻymasdim. 
Barchasini zalolatga boshlardim...» 
Ba’zan bir ayb ish qilib qoʻygan birodarimiz afsus chekadi-da «shayton yoʻldan urdi», 
deb oʻzini oʻzi himoya qilib ham qoʻyadi: agar shayton adashtirmasa shu aybni qilmas 
edi. Lekin nima uchun shayton aynan shu birodarimizni yoʻldan ozdira oldi? Nima uchun 
boshqa birodarimiz shu gunoh ishni qilmadi? 
Endi tarbiyada shaxs namunasining oʻrni haqida fikrlashsak. Birovga nasihat qilinganda 
«Falonchiga oʻxshasang boʻlmaydimi?» yoki «falonchidan oʻrnak olsang-chi!» degan 
dashnomni eshitib qolamiz. Chindan ham odamda boshqa bir odamning yaxshi 
fazilatlariga intilish mavjud. Ba’zan buning aksi ham boʻlishi mumkin, ya’ni 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish