Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik

library.ziyonet.uz/ 
ogʻirroq chiqqach, shunga yarasha jazoga tortish haqida amr berilganida, kipriklaridan bir 
tolasi tilga kirib, deydiki: 
-Ey Rabbim, sening rasuling hazrati Muhammad - unga saloming yogʻilsin - «Kim Alloh 
qoʻrquvidan yigʻlasa, Alloh u koʻzni jahannam otashiga harom qiladi», deb buyurgan edi. 
Men dunyodaligimda sendan qoʻrqib yigʻlagan edim-ku?! 
Shunda Alloh oʻsha kishini afv etadi, dunyoda Rabbidan qoʻrqib yigʻlagan bir kiprik 
tolasidagi nam tufayli uni azobdan qutqaradi. Jabroil esa: 
-Falon kishi Allohdan qoʻrqib yigʻlagan bir kiprik tolasi hurmati, jazodan ozod qilindi,-
deb e’lon qiladi”. 
Biz tilimizda «axloq» degan soʻzni tez-tez ishlatamiz. Ammo unga sifat bermaymiz. 
Odam zotiga qanday axloq zarur? Albatta ilohiy axloq - ya’ni Alloh tomonidan 
buyurilgan axloq. Buni «Rasulullohning axloqlari» deb atasak ham boʻladi. 
Ustozlar hikoya qiladilar: 
«Bir odam choʻlda ketayotib badbasharani koʻradi va undan «Sen kimsan?»- deb 
soʻraydi. Badbashara «Men sening yomon amallaringman»,-deydi. U odam: «sendan 
qutulishning iloji bormi?»- deb soʻraganida, u: «bor, buning uchun paygʻambarimiz 
Muhammadning (s.a.v.) goʻzal axloqiga ega boʻlishing va unga salotu salom yoʻllashing 
kerak!»-deb javob bergan ekan. 
Ana shunday goʻzal ilohiy axloqqa yetishmoqlik barchamizga nasib etsin! Bu baxtga 
odamiylik mulkiga ega boʻlmoqlik ila erishish mumkinligini unutmasak bas. Yusuf Xos 
Hojib hazratlari aytadilarkim: «Qiz ermas bu yalnchuq, kishilik qiz oʻl» («yalnchuq» - 
odam demakdir, «kishilik» - odamiylik, «qiz» - «qadrli» degan ma’noni anglatadi. 
Hikmatning mazmuni: «Odamning oʻzi qadrli emas, odamiyligi qadrlidir».) Ana shu 
qadrga yetishmoqlik yoʻllarini izlab koʻraylik. Siz, muhtaram kitobxon bilan bu safargi 
suhbatlarimiz shu xususda boʻladi, insha Alloh. 
Duo qilaylik: 
-Ya Rabbimiz Alloh! Oʻzingga erta-yu kech zorilik qilamiz: ishlarimizni pishiq 
qilmogʻimizni, xom qoldirmasligimizni nasib et. Riyo, kibru hasaddan va barcha axloqi 
zamimadan bizlarni xalos qil, ulardan bezor boʻlguvchilardan qilgin bizlarni. Axloqi 
hamidalar bilan ziynatlanganlar safidan bizlarga joy ber. 
-Ya Rabbimiz Alloh! Oʻzingning kaloming va rasuling hadisi shariflariga asoslanib 
tarbiya kitoblarini yozgan ulugʻ salaf allomalar, donishmandlarni Oʻzing magʻfirat ayla. 
U sharafli zotlarning kitoblaridagi hikmatlarni anglash uchun bizlardagi aql-zakovatni 
ziyoda etib, ularga amal qilishga muvaffaq qil. Bizlarni zohiriy va botiniy ilmlar bilan 
muzayyan qilgin. Qalb va koʻngil koʻzlari ochiq, ma’naviy-ruhoniy olamning turli-tuman 
goʻzal his tuygʻulariga sohib boʻlgan insonlardan ayla. Ichki olami nurga toʻlgan, iymon 
ziyosi bilan munavvar boʻlgan e’tiqodli, shafqatli, marhamatli, goʻzal axloqli 
qullaringdan ayla! Omiyn, ya rabbal olamiyn! 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish