Oda miyli k mul ki ( I qis m) Tohir Malik 1 library ziyonet uz/ Odamiylik mulki (I- qism)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/78
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#534613
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
Bog'liq
odamiylik mulki i- qism

Oda miyli k mul ki ( I - qis m)
Tohir Malik
21 
library.ziyonet.uz/ 
oʻrgansinlar. Uyatsizlik, andishasizlikdan Alloh saqlasin! 
Butun dunyoda goʻzal axloqqa ehtiyoj bor. Turli dinlar, guruhlar, jamoalar har xil yoʻllar 
orqali bu goʻzallikka erishish uchun harakat qiladilar, yoʻllar axtaradilar. Ularning aksari 
adash yoʻllarda sarsari boʻlib oʻtadilar bu dunyodan, ayrimlari esa halokat jariga ham 
qulaydilar. 
Insonlarni qanday tarbiyalashni Islom yaxshi biladi. Soʻzdan - ma’noga, shakldan - 
ruhga, zohirdan - botinga kirib borishni biladi. Shu bois Islom shaklga ham e’tibor 
beradi. Chunki shakllar alaloqibat amalda goʻzal ma’naviyatni yuzaga keltiradi. Masalan, 
salom berilib-berilib oʻzaro muhabbat paydo boʻladi. Shu zaylda Islom muhabbatga, 
oʻzaro birodarlikka tashviq qiladi. 
Muhabbatning esa buyuk savobi bordir. Bir-birlari bilan xafalashganlarning odatlari 
ma’lum: salom-alik qilmaydilar va shu harakatlari bilan muhabbatni boʻgʻadilar. Oqibat 
esa bu muhabbatni butunlay oʻldirib qoʻyishlari ham mumkin. Holbuki, bir inson boshqa 
bir insonning toʻgʻri yoʻlga kirishiga vasila boʻlishi, uni jahannam yoʻlidan qaytarib, 
jannat yoʻliga boshlashi, jannatiy boʻlishiga sababchi boʻlishi dunyodagi barcha narsaga 
ega chiqishdan koʻra yaxshiroq va xayrliroqdir. 
Musulmonlik - goʻzal, ammo musulmonlar orasida qusurli, nuqsonli birodarlarimiz, opa-
singillarimiz ham borki, bu bizning afsusimiz, bu bizning qalbimiz jarohatidir. 
Birodarlarimiz, opa-singillarimizni qusur va nuqsonlardan qutulishlariga har birimiz 
imkonimiz qadar koʻmaklashishimiz lozim boʻladi. Buning uchun dinni bilishimiz kerak 
va bu bilimni tinmay boyitib borishimiz shart. Fiqh kitoblarida «Inson foydasiga va 
zarariga boʻlgan narsalarni bilishi lozimdir», deb ta’kidlanadi. «Qaysi narsa mening 
foydamga, qaysisi zararimga - buni bilsam, dinni yaxshi bilaman», degani bu. Din - 
axloqni tuzatishning eng yaxshi yoʻlidir. 
Kishi Islomga kirdi, besh vaqt namoz oʻqiyapti, degani hali Islom axloqini egalladi, 
degan gap emas. Namozini oʻqib, gʻiybatdan boʻshamaydiganlar ozmi, boshqalarga zulm 
qiluvchilar-chi? Poraning nomini «hadya» deb oʻzgartirib, haromdan qaytmayotganlar-
chi? Ha, musulmon, agar oʻzini oʻzi tarbiya etolmasa oqibatda bu yomon odatlarning 
quliga aylanib qolish ehtimoli ham bor. Kin, adovat, hasad, kibrlanish, baxillik... kabilar 
yomon odatlardan ekanini va bular «axloqi zamima» deb atalishini bilamiz, ammo 
afsuski, undan qutulishga hammamiz ham ragʻbat qilmaymiz, namozimizni oʻqib 
yuraveramiz. Bir birodarimiz boshqa birov bilan achchiqlanib qolsa, darrov portfelidan 
joynamozini chiqarib: «nima deyapsan, men namoz oʻqiyman!» deb da’vo qiladi. Biz 
buni Islom axloqi, deya olamizmi? Albatta yoʻq! (Bu oʻrinda muhtaram 
suhbatdoshlarimizga uzrimizni ham aytib oʻtmogʻimiz lozim: illatlarni tilga olgan 
kezlarimizda bular Islom diniga taalluqli degan fikr zinhor xayolingizga kelmasin. Yana 
ta’kid etamizkim, Islom dini benuqson, qusur bizlarda bor va tanqidimiz ham dinga emas, 
oʻzimizga, ayrim birodarlarimizga qaratilgan. Maqsad - biron bir birodarlarimizni 
malomat qilish emas, balki qaysi illatlardan qay tarzda qutulish masalasiga 
barchalarimizning diqqatimizni tortish. Ayrim nuqsonlarni gapirganimizda ba’zi 
birodarlarimiz oʻzlarini koʻrsalar, bizdan ranjimasinlar. Chunki biz faqat bir kishiga xos 
nuqsonlarni tilga olmaymiz. Bir kishiga xos ayb uning oʻziga aytiladi. Adabiyotda koʻpga 
xos boʻlgan gaplar qalamga olinadi.) 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish