O’lchov birligi
|
ЕKG-5A
|
Zaboyning maksimal balandligi
|
Нз max
|
m
|
|
Qazishdagi maksimal radius
|
Rч max
|
m
|
14.5
|
Maksimal choʼmichlash balandligi
|
Нч max
|
m
|
10.3
|
Maksimal choʼmichlash balandligidagi choʼmichlash radiusi Нчmах*
|
Rч
|
m
|
14
|
Maksimal choʼmichlash choʼmichlash radiusidagi Rchmax* choʼmichlash baladligi
|
Нч
|
m
|
5,2
|
Kovshni boʼshatishning maksimal radiusi
|
Rp max
|
m
|
12.65
|
Kovshni boʼshatishning maksimal balandligi
|
Hp max
|
m
|
6.7
|
Maksimal choʼmichlash balandligidagi Hp max* kovshni boʼshatish radiusi
|
Rp
|
m
|
8,2
|
Maksimal choʼmichlash choʼmichlash radiusidagi Rpmax* kovshni boʼshatish balandligi
|
Hp
|
m
|
6,9
|
Ekskavator turgan sathdagi choʼmichlash radiusi
|
Rч.y.
|
m
|
9.04
|
Karerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini kovjoydan ajratib olib, uni transport vositalriga yoki kon jinslari ag’darmalariga eltib berishni o’z ichiga oladi. Qazish va yuklash ishlarini, asosan, ekskavatorlar bajaradi. Shu sababli qazish va yuklash ishlari bitta jarayon bo’lib, qazish-yuklash ishlari deb yuritiladi. Karerlarda qazib-yuklash ishlari uzlukli va uzluksiz prinsipda ishlaydigan ekskavatorlar yordamida bajariladi. Bir cho’michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g’ildirakli skreperlar, buldozerlar va shu kabi mexanizmlar sikill qazib-yuklovchi mashinalar hisoblanadi. Uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar esa ko’p cho’michli, zanjirli va rotorli ekskavatorlar kiradi.
Karerlarda to’g’ri mexanik bir cho’michli, teskari bir cho’michli va draglaynlar keng qo’llaniladi.
Karer mexanik kuraklari turli qattiqlikdagi yumshoq va maydalangan tog’ jinslarini qazish uchun qo’llaniladi. Kovshining hajmi 2 m3 dan 20 m3 gacha, qazib olinadigan pog’ona balandligi 6 m dan 20 m gacha va ishlab chiqarish unumdorligi turlich bo’lgan karerlarda qo’llaniladi.
Karer va ochuvchi mexanik kuraklarini qo‘llashda qazib olinadigan pog‘ona balandligi xavfsizlik shartlari bo‘yicha yumshoq tog‘ jinslarida ekskavatorning maksimal cho‘michlash balandligidan oshmasligi lozim:
Nu ≤ Nch.max
Sochma holdagi portlatib maydalangan tog‘ jinslarida ularni o‘pirilib tushish extimoli bulmagan hollarda:
Nu = (2,5….2,7) Nch.max.
O‘rtacha bo‘lakli bog‘lovchi – sochma holdagi portlatib maydalangan tog‘ jinslarida:
Nu = (1,05….1,15) Nch.max.
Yirik bo‘lakli bog‘lovchi – sochma holdagi portlatib maydalangan tog‘ jinslarida:
Nu ≤ Nch.max
Mexanik kuraklarni transport vositalariga yuqoridan yuklab ishlash jarayonida pog‘ona balandligi yuklash radiusi va balandligi bilan chegaralanadi.Pog‘ona balandligi quyidagicha aniqlanadi:
Yuklash balandligidan maksimal holatda foydalanish shartidan kelib chiqqan holda:
Nu = Nrmax- hv – e,
bu yerda: hv – transport vositasining balandligi; m, e – yuklash vaqtida mashina kuzovi va ekskavator kovshi orasidagi xavfsiz masofa, m;
Yuklash radiusidan to‘liq foydalanish shartidan kelib chiqqan holda:
Nu = (Rr – Rchu – s)tg, m,
bu yerda:Rr–maksimal yuklash balandligida yuklash radiusi, m; Rchu – ekskavator joylashgan gorizontdan yuklash radiusi, m; s – yo‘l o‘qidan pog‘onaning yuqori brovkasigacha bo‘lgan minimal masofa, s 3 m; - pog‘ona qiyalik burchagi, grad;
turg‘un tog‘ jinslarida ( = 60…70o) pog‘ona balandligi yuklash balandligi bilan chegaralanadi, turg‘un bo‘lmagan yumshoq tog‘ jinslarida esa – yuklash radiusi bilan aniqlanadi.
Qoplovchi tog’ jinslari uchun. Ekskavatorning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |