Ochiq dars ishlanmasi



Download 10,96 Kb.
Sana28.09.2021
Hajmi10,96 Kb.
#188424
Bog'liq
7 - sinflar uchun ochiq dars


Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 68-son umumta'lim
maktabning kimyo fani o'qituvchisi


Xalilova Malikaning
7- sinfda bir soatlik


OCHIQ DARS ISHLANMASI

2020-yil


Sinf:________ Sana:_______
Mavzu: Metallmaslar va metallar.

Darsning maqsadlari:

Ta'limiy:o'quvchilarga metallmaslar va metallar, murakkab moddalarning toifalanishi haqida ilmiy tushunchalar berish;

Tarbiyaviy:o'quvchilarda o'zgalar fikrini tinglash,o'z fikrini aniq va
lo'nda qilib bayon eta olish, munozara qilish madaniyati shakllantirib boriladi;


Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning kimyo faniga qiziqishlarini rivojlantirish,mustaqil ishlay olish layoqatini kuchaytirish;
Dars turi: aralash.

Dars usuli: guruhlarda ishlash, savol - javob, noan'anaviy usullar.

Fanlararo bog'lanishi: fizika, biologiya, matematika.

Dars shiori: Kuch - birlikda!

Kerakli jihozlar: tarqatma materiallar, plakatlar, slayd, reaktivlar.
Dars o’tish rejasi:

1. Tashkiliy qism: (5 daqiqa)

a)Salomlashish;

b)Davomatni aniqlash.

2. O'quvchilar ikki guruhga bo'linadi: "Metallar" va "Metallmaslar"

3. Guruhlar o'rtasida turli o'yinlar o'tkaziladi. Guruhlarni baholash “rag'bat” va “jarima” kartochkalari bilan aniqlanadi.

4. Darsni yakunlash, g'olib jamoani aniqlash. Faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.
Ikkita o'quvchi davraga chiqadi va kimyoviy she'r bilan ochiq darsni boshlab beradilar:
1 - o'quvchi: Bag'ri keng o'zbekning kimyogarlari

Xush ko'rdik, marhabo eng aziz kalom.

Istiqlol yurtining Metallmaslari

Metallar gruppasi yo'llaydi salom.
2 - o'quvchi: Keling do'stlar davramizga, davramizga marhabo,

Kuch sinashar mana bugun metallar-u metallmaslar

Elementlar olamiga qilajakmiz sayohat,

Kimyogarlar kechasiga taklif qildik, marhamat.
O'quvchilar guruhlarga bo'lingandan so'ng, o'tilgan mavzular bo'yicha har bir guruhga 1 - shart - bittadan krassvord savollari beriladi, o'quvchilar guruh bo'lib ishlaydilar, ikki daqiqadan so'ng yig'ishtirib olinadi.
To'g'ri va noto'gri javoblar hakamlar tomonidan quyidagicha hisoblab boriladi: Har bir to'g'ri javobga bitta "rag'bat", har bir noto'gri javobga bitta "jarima" kartochkalari beriladi.
2 - shart - har bir guruhdan bittadan o'quvchi doskada 2 daqiqa mobaynida formula tuza olishi hisobga olinadi. Har bir to'g'ri yozilgan fomulaga bittadan “rag'bat” yoki “jarima” beriladi.
3 - shart - Doskaga metallar va metallmaslar aralashtirib yozilgan tarqatmalar yopishtiriladi. Guruhlardan bittadan o'quvchi chiqib ularni metallar va metallmaslarga bo'lishlari kerak bo'ladi (3 daqiqa). To'g'ri va noto'gri javoblar hisobga olinadi.Har bir to'g'ri javobga bitta "rag'bat", noto'gri javobga esa " jarima" kartochkasi beriladi.

4 - shart - metallar guruhidan boshqa o'quvchi metallarning xossalarini so'zlab beradi. Metallmaslar guruhidan ham boshqa o'quvchi metallmaslar xossalarini so'zlab beradi. Ular stol ustida turgan metall va metallmaslar namunalaridan foydalanib, ularni farqlaydilar.( 5 daqiqadan)
5 - shart - test savollari: Har bir o'quvchiga ochiq test savollari tarqatiladi, 5 daqiqa vaqt beriladi.

O'quvchilarni baholash va rag'batlantirish: ( 5 daqiqa)

Dars yakunida faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantiradi va g'olib guruh aniqlanadi. Buning uchun guruhlar yig'gan barcha “rag'bat” kartochkalari jamlanadi, bunga intizom uchun qo'yilgan "rag'bat" yoki "jarima" kartochkalari qo'shiladi va g'olib guruh aniqlanadi.Faol qatnashgan o'quvchilar alohida rag'batlantiriladi.

Uyga vazifa ( 3 daqiqa): Darslikdagi savol va topshiriqlarni bajarish. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko'rib kelish.
Download 10,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish